Musiqa savodi
Major va minor uchtovushligi va tovush qatorini nota yozuviga qarab kuylash va ularni lad ohangiga qarab ajratish. Uchtovushliklarni bosh pardasiga tayanib kuylash. Kuylanadigan qo`shiqlarning ohangiga qarab ladini aniqlash. Qaytariq (repriza) haqida tushuncha hosil qilish
(«Qo`shig`imiz avjida»).
Alteratsiya belgilari: diez, bemol, bekar. 2/4 va 3/4 o`lchovlarida belgilangan qisqa kuy mashqlarini o`lchoviga muvofiq takt chiziqlarini qo`yib chiqish.
Dinamik belgilaridan forte va pianoni bilish.
TO`RTINCHI SINF (34 soat)
Yil mavzusi: « O`zbek halq musiqa ijodi»
1-CHORAK (9 soat)
Mavzu: « Xalq aytimlari va cholg`ulari»
Musiqa tinglash
1. « Oh, layli» O`zbek xalq qo`shig`i.
2. «Bilakuzuk» O`zbek xalq qo`shiqlari.
3. «Hur Respublikam» A.Mansurov musiqasi, H.Qayumov she`ri.
4. «Yallama yorim» O`zbek halq yallasi,
5. « Fabrika» O`zbek halq qo`shig`i,
6. «Qalbimda» S.Jalil musiqasi.
7. «Ajam taronalari» an`anaviy cholg`u kuylari
|