Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
Gimnastika mashqlarini qo`llab dars va tanafus vaqtida o`yinlarga o`rgatish, qo`llar bilan simmetrik va assimetrik harakatlarni bajarish. Bir oyoq tizzasida turib, qo`llarni bosh orqasiga, qo`llarni belga, qo`llarni yonga uzatish. Tizzalarda cho`kkalab, qo`llar yordamisiz tik turish, gimnastika narvonida hamda gimnastika o`rindig`ida mashqlar bajarish.
Buyumlar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish (gimnastika tayoqchalari, gantellar, gardishlar, kichik to`plar, arg`amchi va h.o.)
AKROBATIKA
1. «Yarim shpagat» va «shpagat» o`tirishlarni bajara olish uchun maxsus mashqlar bilan shug`ullantirish.
2. Yonga to`ntarilish uchun ko`nikma hosil qiluvchi mashqlar.
3. Boshda tik turishni o`rgatish (o`g`il bolalar uchun).
4. Kuraklarda tik turishni o`rgatish (qiz bolalar).
-
Mashqlar majmuasi. Dastlabki holat oyoqlar kerilgan, qo`llar yuqorida orqaga engashib «ko`prik» hosil qilish, chap (o`ng) qo`lga tayanib burilib, cho`kkayib tayanish holatini olish, tik turib qo`llar yonda, o`ng (chap) oyoqda «qaldirg`och» hosil qilish, shu holatdan suvga sakrovchilarning start holatiga otish va ikki marta qetma-qet oldinga o`mbaloq oshib, yuqoriga kerishib sakrash.
|