1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri




Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#43091
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektr toki 2
9-amaliy, Maliha, Bozor iqtisodiyoti modellari - Vikipediya, 1-mavzu., tafsifnoma, 1,2,3-laboratoriya ishlari
Klinik o‘lim
H
olati 6-8 min davom etadi. Hech qanday yordam
bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi
va klinik o‘lim holati biologik o‘lim holatiga o‘tadi.


Biologik o‘lim

Qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar
butunlay
to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oqsil
strukturalari parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi.

Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy
omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha
ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam
organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta
rol o‘ynaydi.

Inson organizmining tok ta’siriga malum qarshiligi, shuningdek tokning
kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining
qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko‘payishi natijasida organizmdan oqib
o‘tgan tok miqdori oshib ketadi.

Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshililari
yig‘indisi sifatida olinadi.



Teri, asosan quruq va o‘lik hujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil
topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining
qarshiligini ifodalaydi.

Organizmning ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning
quruq, zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yuqori
qarshilikka ega bo‘lgan holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40 - 500
Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki organlari qarshiligiga
teng hisoblanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar
uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om qabul qilingan.

Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning asoratini
belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo‘lsa, uning asorati ham
shuncha katta bo‘ladi.

Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib o‘tsa,
buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.



Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa,
unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi
qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan
simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir
ko‘rsatayotgan elektr simini olib tashlayolmaydi. Bunday tok chegara
miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.

Agar tok miqdori 25 - 50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir
ko‘rsatadi buning natijasida nafas olish qiyinlashadi.

Agar tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa,
unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida o‘lish mumkin.

Ta’sir qiluvchi tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak
muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada

Download 1.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri

Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish