• II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
  • "og‘izdan-og‘izga"
  • qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga




    Download 1.18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana21.02.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #43091
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Elektr toki 2
    9-amaliy, Maliha
    qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga
    olib keladi.



    Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomiyliligi ham
    alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson
    organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri
    organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi.

    Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishda muhim rol
    o‘ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi.
    CHastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir
    darajasi keskin kamayadi. Katta chastotadan elektr toklarida tok urish
    bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.

    Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi
    miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 sek
    davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori
    300 mA gacha ortadi.


    II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

    Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar
    ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:

    Tok ta’siridan qutqarish;

    Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

    Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Hammadan
    oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni
    o‘chirishdir.

    Agar buni iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok
    kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi
    yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq
    bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr
    tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr
    izolyasiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.



    Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, uning
    holatiga qarab belgilanadi. Agar jarohatlangan kishi hushini yo‘qotmagan
    bo‘lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yoki uni tezda
    davolash muassasasiga olib borish zarur.

    Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi
    ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va
    yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirt
    hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija
    beradi.

    Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati
    kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga
    sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.

    Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir
    qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.



    Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan
    qutqarib olish
    bilan, uning holatini aniqlashi bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas
    oldirish "og‘izdan-og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam
    ko‘rsatuvchi kishiga o‘z o‘pkasini toza havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi
    og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu toza havoni yuboriladi. Kishi o‘pkasidan
    chiqqan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda
    kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha
    yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi. Havo
    O
    ‘tish yo‘lini ochish uchun boshini
    bir qo‘li bilan peshonasi aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan og‘zidan
    tortib, og‘zini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqda keltiriladi. SHundan keyin
    ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi
    og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan,
    jarohatlangan kishining og‘zini butunlay berkitilishi va yuzi yoki panjalari
    yordamida uning burnini berkitishi kerak (1-rasm, a).


    Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish

    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga

    Download 1.18 Mb.
    Pdf ko'rish