2- ma’ruza: Intellektual boshqaruv tizimlari maqsadi, funktsiyalari va uslubiyati. Ekspert tizimlari. Reja




Download 171.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.09.2022
Hajmi171.08 Kb.
#25734
  1   2   3
Bog'liq
2- ma’ruza Intellektual boshqaruv tizimlari maqsadi, funktsiyal
maqola, maqola 3, Мenejerda boshqaruv madaniyatini shakllantirish zaruriyati, maqola2, 4-мавзу 61-93, 6-мавзу 107-115, илмий фаолият хисоботи 2022, Fan matematik modellashtirish asoslari-fayllar.org, Foydalanilgan adabiyotlar, 2.2Mustaqil ish Loyihalash jarayonlari va bosqichlari, 1-Maruza, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, 2-mavzu. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Reja, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olma-fayllar.org (1)


2- Ma’ruza: 
Intellektual boshqaruv tizimlari maqsadi, funktsiyalari va uslubiyati. 
Ekspert tizimlari. 
 
Reja: 
1. 
Ta’lim jarayonida intellectual tizimlarni qo’llash 
2. Ekspert tizimlari.
Ta’lim jarayonida talabaning kasbiy hamda individual rivojlanishi 
jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv sifatida ixtisoslik fanlarini 
intellektual tizimlar asosida o’qitishning maqsadi, tarkibi va qo’llash 
texnologiyalarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muamolaridan biri 
hisoblanadi. 
O’qitishning intellektual tizimi sun’iy intellekt metodlari va vositalarining 
avtomatlashtirilgan o’qitish sohasida qo’llanishining amaliy natijasi bo’lib, ta’lim 
tizimlarining yangi avlodi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida talabaning bilim 
ko’nikma va malakalarini shakllantirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish 
uchun, ixtisoslik fanlari o’qituvchisi uch asosiy tipdagi bilimlardan foydalanadi: 
o’qitilayotgan ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar, o’qitish metodlari to’g’risidagi 
bilimlar va ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar. O’qitishning an’anaviy 
avtomatlashtirilgan tizimlarida bu bilimlarning ko’pgina qismlari tanlangan 
o’qitish metodikasiga mos ravishda o’quv fanining alohida bo’limlariga qat’iy 
ravishda kiritilgan. O’qitishning intellektual tizimida zarur bo’lgan bilimlar ajratib 
olinadi va sun’iy intellektning turli metodlari va texnologiyalaridan foydalangan 
holda ko’rsatiladi. O’qitishning intellektual tizimida o’quv materialini taqdim 
etishda, bu bilimlardan foydalanib va talabaning psixofiziologik va intellektual 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, eng samarali o’qitish metodlari, usullari va 
sur’atlarini, fanning mazmuni, hajmi va topshiriqlarning murakkablik darajasini 
aniqlash va tartibga solish mumkin bo’ladi. 
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi bilimlar bazasi, 
boshqarish tizimchasi, o’qitish tizimchasi va muloqot tizimchasidan iborat. 
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimining asosi bo’lib bilimlar bazasi 
hisoblanadi. Har bir ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar bazasi o’z navbatida, o’zaro 
bog’langan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi va har biri 
o’qitilayotgan fanning ma’lum bir qismlarini tashkil etadi: «Atamalar va asosiy 
tushunchalar», «Nazariya», «Amaliy-laboratoriya ishlari», «Mustaqil ishlar». 
O’qitish metodlari haqidagi bilimlar «Topshiriqlar» ma’lumotlar bazasida 
yig’ilib boradi, bu bazada o’quv fanining barcha bo’limlari bo’yicha didaktik 
materiallar tasniflangan va tartibli tarzda, o’qitish metodlariga mos ravishda 
namoyon bo’ladi. Ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar «O’qitish natijalari» 
ma’lumotlar bazasida yig’iladi. Bunda har bir talabaning individual kartasi tuzilib, 
unda o’qitilayotgan fan bo’yicha talaba ega bo’lgan bilimlar darajasi va sifati 
haqida, uning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks 
ettiriladi. 


Bilimlar bazasini boshqarish tizimchasi yangi bilimlarni kiritish va to’plash 
uchun mo’ljallangan. Birinchi bosqich tizimni o’rganishdan iborat bo’ladi, 
ixtisoslik fani bo’yicha barcha bilimlar yangi hisoblanadi va bu bilimlarni yig’ish 
tizim va ekspert o’rtasidagi muloqot (dialog) jarayonida amalga oshiriladi. Keyingi 
bosqichlarda yangi bilimlarni izlash avtomatik tarzda amalga oshiriladi: barcha 
qabul qilinayotgan axborotlar mavjud bo’lgan axborotlar bilan solishtiriladi, 
mavjud bo’lgan bilimlarga tayangan holda yangi axborotlar saralanadi, tahlil 
qilinadi va ularning tasnifi bir yoki bir necha variantda taqdim etiladi. Masalan, 
biror buyumga ishlov berishning yangi usuli topilganda, uni bajarish yo’llari, kerak 
bo’ladigan asbob-uskunalar va moslamalar, foydalaniladigan materiallar, 
qo’llaniladigan sohalar haqidagi ma’lumotlar o’rganish uchun taqdim etiladi. 
O’qitish tizimchasi aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil 
etish va qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan hamda bu tizimcha uch moduldan 
iborat bo’ladi: o’qitishni boshqarish, topshiriqlarni shakllantirish, natijalarni tahlil 
qilish. O’qitishning har bir bosqichida, talabaning individual kartasini tahlil qilish 
natijalariga asoslangan holda o’qitishning maqsadi aniqlanadi, o’qitish vazifalari 
tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Agar talaba mustaqil ravishda ishlaydigan bo’lsa, 
uning harakatlari kuzatilib, xatoliklari, duch kelgan qiyinchiliklari qayd qilib 
boriladi, qachon o’quv jarayoniga aralashish, yordam ko’rsatish, talabaning 
individual kartasiga o’zgartirishlar kiritish lozimligi aniqlanadi. Yordam talab 
qilinganda, uni ko’rsatishning optimal shakllari tanlanadi (xatoni ko’rsatish, 
talabaning o’zi xatolarini tuzatishi yoki bilmaganlarini to’ldirishi uchun 
informatsion materiallar taklif etish va h.k.). Barcha qarorlar talabaning individual 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi bois, intellektual tizim ta’lim 
jarayonining talaba uchun optimal tarzda kechishini ta’minlaydi. 
Muloqot tizimchasi ilm oluvchi bilan individual tarzda va tarmoq rejimida 
ishlashda, masofadan turib o’qitish jarayonida o’zaro muloqotni ta’minlash uchun 
xizmat qiladi. Bu tizim talabaning shaxsini aniqlashga, uning o’qitish 
tizimchasidan bilimlar bazasidan, ma’lumotlar va o’quv-axborot materiallaridan 
foydalana olishini ta’minlashga qaratilgan. Talaba va tizim o’rtasidagi muloqot 
tushunish uchun qulay bo’lgan shakllarda va sodda tilda amalga oshirilishi lozim. 
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimini amalga oshirish 
jarayonining umumiy ko’rinishini quyidagi sxema tarzida ifodalash mumkin: 
foydalanuvchining shaxsi tasdiqlangandan keyin, uning tizimga kirish huquqi 
aniqlanadi, o’qitishni boshqarish tizimchasining moduli talabaning individual 
kartasining holatini tahlil qiladi, navbatdagi o’qitishning maqsadi, metodikasi va 
vazifalarini belgilaydi. Topshiriqlarini shakllantirish moduli tanlangan metodika va 
bilimlar bazasi ma’lumotlariga asoslanib, o’qitish vazifasini ishlab chiqadi. Talaba 
qo’yilgan vazifani bajaradi (nazariy materialni o’rganish, amaliy ishni bajarish
test, savollarga javob yozish va h.k.), bunda tizim bilan muloqot ta’minlanib 
turiladi, ya’ni talabaning ishi nazorat qilinib, kerak bo’lsa, yordam ko’rsatib 
turiladi. Natijalarni tahlil qilish moduli yo’l qo’yilgan xatoliklarni, sodir bo’lgan 
qiyinchiliklarni aniqlaydi va talabaning individual kartasiga o’zgartirishlar kiritadi. 
Shu bilan o’qitish sikli yakunlanadi va tizim keyingi jarayon uchun tayyorlik 
holatiga o’tadi. Foydalanuvchining o’zi vazifani aniqlashi mumkin (ekranga 


nazariy materialning kerakli qismini yoki topshiriqni chiqarish, mavjud bo’lgan 
lug’atlar va manbalarga murojaat etish, individual kartani ko’rib chiqish va h.k.). 
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi talabaning individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, yopiq tizimda, avtomatlashtirilgan boshqaruv 
vositasida, mustaqil, individual, jamoaviy va masofaviy shakllarda shaxsning 
kamolotiga yo’naltirilgan, aniq maqsadlarga qaratilgan ta’lim jarayonini amalga 
oshirish imkonini beradi. 
Ekspert tizimlаri bugun bir nechа mingdаgi hаr xil dаsturiy mаjmuаllаrni 
birlashtirаdilаr, ulаrni hаr xil mezonlаr bo’yichа tаsniflash mumkin (12.1-rаsm). 
Hаr bir mezon bo’yichа tаsnifni ko’rib chiqаmiz. Echilаyotgаn vаzifа bo’yichа tаsnif. 

Download 171.08 Kb.
  1   2   3




Download 171.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2- ma’ruza: Intellektual boshqaruv tizimlari maqsadi, funktsiyalari va uslubiyati. Ekspert tizimlari. Reja

Download 171.08 Kb.
Pdf ko'rish