• 6- ma’ruza mashg‘ulot i texnologik x ar i tasi
  • 2 – ma’ruza mashg‘uloti texnologik modeli




    Download 58.52 Kb.
    Sana25.02.2023
    Hajmi58.52 Kb.
    #43528
    Bog'liq
    Oilada bola tarbiyasi
    1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik, 1 dedline raqamli iqtisodiyot, 72b179ed-ab86-462f-bfa6-4a3fec681f15, 1541085433 68057, Untitled-1, MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA, CamScanner 03-12-2022 20.56 (1)

    2 – ma’ruza mashg‘uloti texnologik modeli


    Mavzu: OILADA SOG‘LOM BOLA TARBIYALASHDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK O‘RNI



    Vaqt: 80 daqiqa
    O’quvchilar soni: 90 nafar

    19/1

    19/2

    19/3













    O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi

    Nazariy, yangi mavzu bayoni

    O‘quv mashg‘ulot rejasi / o‘quv mashg‘ulotining tuzilishi




    O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish ahamiyati va yo’llari haqida ilmiy pedagogik tushuncha berish

    Pedagogik vazifalar:
    tayanch so’zlarini izohlash.
    kundalik hayotimizdagi o‘rnini tushuntirish.
    ahamiyatini ochib berish

    O‘quv faoliyati natijalari:
    tayanch so’zlarini izohlaydi.
    kundalik hayotimizdagi o‘rni mavzusida fikr yuritadi.
    ahamiyatini izohlaydi

    O‘qitish metodlari

    Ma’ruza, tushuntirish, ko‘rsatish, namoyish

    O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

    Ommaviy, jamoaviy, guruhlarda ishlash, yakka tartibda

    O‘qitish vositalari

    o‘quv topshirig‘i va uni bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma, grafik tashkil etuvchilar

    O‘qitish sharoiti

    Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan, guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar

    Qaytar aloqaning yo‘l va vositalari

    Tezkor-so‘rov, so‘rov, referat, test



    6- ma’ruza mashg‘uloti texnologik xaritasi



    Ish bosqichlari va vaqti

    Faoliyat

    o‘qituvchi

    o‘quvchi

    1-bosqich
    O‘quv mashg‘uloti va mavzusiga kirish
    (10daq)

    Tashkiliy boshlanish.
    1.1. O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligini va davomatini tekshiradi.
    Tayanch bilimlarni faollashtirish.
    1.2. Uy vazifasi nazorat qiladi va baholaydi.
    1.3. O‘tilgan mavzu bo‘yicha O‘quvchilarga savollar beradi va ularni baholaydi.
    Maqsad va vazifani belgilanishi.
    1.2. Mavzuning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
    1.3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.

    Mashg‘ulotga tayyorlanadilar.
    Uy vazifasini taqdim etadilar.
    Savollarga javob beradilar.
    Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
    Diqqat qiladilar.

    2-bosqich
    (60 daqiqa)

    2.1. Slaydlarni Power point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. (2-ilova).
    2.2. Jalb qiluvchi savollar beradi.
    2.3. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
    2.2. Mavzuning asosiy xususiyatlarini yoritadi. (“Konseptual” jadval) (3- ilova).
    2.3. Madaniyatning inson shakllanishidagi ahamiyatini tushuntiradi.
    Yangi o‘quv materialini mustahkamlash.
    Mavzu bo‘yicha test savollariga tayyorlanish.

    Kuzatadilar.
    Savollarga javob beradilar, ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
    Diqqat qiladilar.
    Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.



    3-bosqich
    Yakuniy
    (10daq.)

    Mashg‘ulot yakuni.
    3.1.Mavzu bo‘yicha yakunlaydi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga O‘quvchilar e’tiborini qaratadi.
    3.2. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantirdi.
    Uyga vazifani berilishi.
    Mavzu bo‘yicha test savollariga tayyorlanish.

    Diqqat qiladilar, xulosalar qiladilar.


    Topshiriqni yozib oladilar.



    MAVZU: OILADA SOG‘LOM BOLA TARBIYALASHDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK O‘RNI
    Reja:

    1. Oila tarbiyaviy maskan sifatida.

    2. Oilada sog‘lom bola tarbiyalashdagi o‘zaro munosabatlar.

    3. Oilada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish.

    Tayanch tushunchalar: oila, jamiyat, shaxs.
    Mustaqil ish: Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan foydalanish.


    Inson bolasi uchun oila asosiy go’sha, hayotga tayyor bo’lib chiqadigan qutlug’ va mo’tabar dargoh. Uning xosiyatu fazilatlarini, odam jismonan va ruhan quvvatu tarbiya olishini oila bilan bog’lasak, turmush kechirishdagi hissasi g’oyat ulug’ ekanini his etamiz. Bizda oila – jamiyatning bir bo’lagi, binobarin, u qancha mustahkam va har tomonlama barkamol bo’lar ekan, demak, jamiyat ham shuncha tez rivojlanadi. Inson bolasining ruhiyatida shunday bir xislat borki, u oilada olganlarini bir umr unutmaydi va har qachon o’shanga taqlid qilib yashaydi. Shuning uchun xalqda "Qush uyasida ko’rganini qiladi" degan naql bor. Shunday ekan, bolaga juda katta e'tibor kerak.
    O’zbekistonimizda 35 milliondan ko’p aholi yashaydi. Shundan ellik ikki foizi xotin-qizlardir. Shuningdek, yurtimizda uch yarim million oila mavjud. Har yili 234 ming yangi oila barpo bo’lib, yetti yuz o’n ming yangi avlod dunyoga kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining Asosiy Qonunida davlatning oilaga munosabati aniq va lo’nda ifodasini topgan. Xususan, Asosiy Qonunning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”, degan qoida bor. Binobarin, oila to’g’risida g’amxo’rlik insonparvar huquqiy demokratik davlatning muhim xususiyatlaridandir. Yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan "Bolalar", "Mahalla", "Navro’z", "Ekosan", "Orol", "Sog’lom avlod uchun" kabi jamg’armalar turli-tuman xayriya tadbirlari vositasida oilalarning farovonlashishiga hissa qo’shib kelayotir.
    O’zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilar bilan qat'iy belgilab berilgan:

    • oila jamiyat va davlat muhofazasida;

    • barcha fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida teng;

    • ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;

    • faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;

    • ixtiyoriy va erkin nikoh;

    • davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;

    • davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;

    • bolalarni milliy istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash va boshqalardir.

    Oilali bo’lib yashash, bola-chaqa qilish, o’zidan nasl, avlod qoldirish hayot qonuni, shariyatimizga ko’ra – sunnatdir. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bu haqda shunday deganlar: "Ey yigitlar! Qaysi biringiz turmush qurishga qodir bo’lib, imkon topsangiz, tezda uylaning, chunki uylanish inson ko’zini poklaguvchi chiroq, ya'ni u nomahramlarga qarab gunohga botishdan saqlaydi va yomon, bemaza yo’lga kirib ketishdan asraguvchi asosiy choradir. Kimki uylanishga qodir bo’lmasa, ro’za tutsin, chunki ro’za insonning shahvoniy nafsini ketkizur".
    Bolalarda chiroyli xulq-atvor ko’nikmasini, malakalarini tarbiyalashning o’ziga xos ko’pgina usul va vositalari borki, ota-ona kundalik hayotda ularni yaxshi bilishi, bevosita har qaysisidan o’z o’rnida, me'yorida, maqsadga muvofiq foydalanishi g’oyat zarur. Bular jumlasiga: ibrat – namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o’rgatish, yaxshilikka odatlantirish, o’rni kelganda nasihat qilish, qat'iy tanbeh berish, bola bilan vaqtincha gaplashmaslik, ularga nisbatan munosabatni o’zgartirish, ishontirish, jamoatchilikning ta'siri, rag’batlantirish va qoralash kabi vositalar shunday uslublar hisoblanadi. Har bir ota-ona bola tarbiyasining ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishiga e'tibor berib, bu kabi nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarni o’zlashtirib, unga amal qilsa, ayni muddao bo’ladi. Negaki, oilada bola tarbiyasi g’oyat nozik va murakkab masala bo’lib, bu ota-onadan katta odob bilimini, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi. Maqsad aniqligi – tarbiyaning asosidir, to’g’rirog’i, u tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq to’g’ri yo’naltirish imkonini beradi. Demak, oliy maqsad – yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, yaxshi urf-odatlarimiz va oilaviy an'analar ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun olijanob fazilatli, bilimdon, madaniyatli, bir so’z bilan aytganda, komil insonni yetishtirishdir. Xo’sh, komil inson tarbiyasida biz nimalarga e'tibor berishimiz zarur?
    1. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlik.
    2. Bolani aql (talabchanlik) bilan sevganda, uning qiziqishlariga diqqat-e'tibor berganda, mazkur yoshidagi talab va ehtiyojlarini bilganda, bu harakat ota-onaga ruhan va jisman barkamol insonni tarbiyalab yetishtirish imkonini beradi.
    3. Ota-ona hamma bolalariga bir xilda munosabatda bo’lishi tarbiyaning muhim shartidir. Bola tarbiyasi g’oyat nozik, bu narsa vaqtni qo’ldan boy bermay, doimo, muntazam shug’ullanishni talab etadi. Bolaga munosabatda, birinchi navbatda, uning yoshini hisobga olish kerak. Bolaning o’sish bosqichini uning yoshiga nisbatan quyidagicha belgilash mumkin: uch yoshgacha, uchdan yetti yoshgacha, yettidan o’n yoshgacha, o’ndan o’n to’rtgacha, o’n to’rtdan o’n sakkiz yoshgacha.
    4. Tarbiya ishi maktab bilan oila hamda jamoatchilik hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab, mas'uliyatli va sharafli vazifadir. Bu vazifaning to’g’ri bajarilishi ota-onalarni ham, maktabni ham, jamoatchilikni ham xushnud etadi, bundan keladigan tarbiya samarasi har tomonlama manfaatli bo’ladi, shuni nazarda tutib ota-ona farzandining o’qituvchisini ustoz bilib, u bilan tarbiyada bamaslahat ish tutishi, o’z navbatida, o’qituvchi ham o’quvchisining ota-onasini g’oyat samimiy va hurmat bilan qalbiga yaqin tutishi kerak, shunda aloqa mustahkam bo’ladi.
    Oila ijtimoiy guruh sifatida tarbiyaviy, xo‘jalik yuritish, moliyaviy-iqtisodiy (ta’minot va taqsimot) faoliyat a’zolar o‘rtasida to‘g‘ri muomala o‘rnatish, bo‘sh vaqt, hordiq kunlari hamda bayramlarni o‘tkazish, tashkil etish, uyushtirish kabi tadbiriy-ma’muriy vazifalarni bajaradi. Shuningdek, oila ijtimoiy tarbiya o‘chog‘i tariqasida o‘z a’zolari ruhiyati va ma’naviyatiga katta ta’sir o‘tkazadi; ma’lumki, odamiylikning durdona urug‘lari xuddi shu tor muhitda murg‘ak qalbli bola tabiatiga sochiladi. Oilaviy munosabatlar turli negiz asosiga quriladi: iqtisodiy, mafkuraviy, his-tuyg‘u, hissiyot, axloqiy-aqliy, qarindosh-urug‘chilik, yaqinlik, do‘stlik va birodarlik kabilar. O‘z-o‘zidan ma’lumki, oila qaysi toifaga mansubligidan qat’i nazar o‘z a’zolari ongiga iqtisodiy, manfkuraviy, axloqiy, aqliy, irodaviy, hissiy jihatdan ta’sir o‘tkazadi, ya’ni inson shaxsini shakllantirish vazifasini o‘taydi. Oila a’zolarining dunyoqarashi, e’tiqodi, axloqiy xislatlari, yuksak insoniy his-tuyg‘ulari, jamiyat va tabiatga munosabatlari xuddi mana shu tarbiya maskanida tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun xalqimiz «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» deb bejiz aytmaydi. Binobarin, inson tarbiyasiningbarcha jihatlari, tarki-biy qismlari farzandlar ruhiyati va ma’naviyati olamiga oila davrasidagi suhbatlarda, o‘git-nasihatlarda, yaqqol xatti-harakatlar vositasida singdirib boriladi. Mehr-muhabbat, ahillik, kamtarlik, hotamtoylik, mexmondo‘stlik singari milliy xislatlar oila bag‘rida nip uradi va asta-sekin har bir oila a’zosining xulq-atvorida mujassamlashadi. Inson zoti uchun zaruriyatga aylangan odamiylik xislatlari — odillik, oqillik, samimiylik, sahiylik, adolatlilik, kamtarlik, nazari to‘qlik ham oilaviy tarbiya ta’siri natijasida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, inson butun umr davomida to‘plagan insoniy durdonalarining aksariyat qismini xuddi shu bolalik yillarida to‘playdi. Shu sababdan, oilaviy tarbiyaviy ta’sir umuminsoniyat barkamolligi negizi, qolgan ijtimoiy tarbiyaviy muassasalar esa axloqiy va aqliy taraqqiyot ustqurmasi vazifasini bajaradi, deb komil ishonch bilan aytish mumkin.
    Oilaning o‘ziga xos xo‘jaligi (tomorqasi, hosil etishtirish maydoni, dov-daraxtlari, parrandasi, chorva mollari va boshqalar) va uning byudjeti mavjuddir. Xo‘jalik yuritish, asosan, oila boshlig‘i tomonidan tuzilgan rejaga suyan-gan holda (bir necha bor muhokamalardan so‘ng kuchga kirish ehtimoli mavjud) amalga oshiriladi. Ana shundan kelib chiqqan holda xo‘jalik yuritishga ayrim tuzatishlar va o‘zgarishlar kiritib boriladi. Yig‘ishtirilgan mahsulot, olingan ish haqining yig‘indisi oila jamg‘armasini hosil qiladi va bu jamg‘armadan sarishtali, o‘z o‘rnida foydalaniladi. Oila boshlig‘i mavjud oilaviy jamg‘armani hisob-kitob qilgandan keyin chiqimlar ro‘yxatini va sarflanishi (qanday va nimalarga) mumkin bo‘lgan sarmoyani ajrim qiladi. Ana shunday rejalashdan keyingina tug‘ilgan kun, yubiley xarajatlari, to‘y va bayramlarni nishonlash, bayram sovg‘alari to‘g‘risida oila a’zolariga ma’lumot beriladi. Oila a’zolari daromadga qarab buromad qilishlari maqsadga muvofiqdir. O‘rinsiz, tubsiz chiranishlar, isrofgarchiliklar oila iqtisodini sindirishga olib keladi. Iloji boricha, yosh bo‘ganni oila jamg‘armasini saqlashga, undan tejab-tergab foydalanishga tayyorlab borish muhim ahamiyatga ega. Chunki tejamkorlik ijtimoiy noyob va nodir xislat hisoblanib, yaratish, asrash, avaylash orqali mahsulot va obidalarni kelgusi avlodga meros tariqasida qoldirishni o‘zida aks ettiradi.
    Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, oilaviy munosabatlarda er-xotinning kasb-kori, ma’lumoti, bilim saviyasi muhim rol o‘ynaydi. Er-xotinlar sanab o‘tilgan mezonlar bo‘yicha qanchalik o‘zaro yaqin bo‘lsa, shunchalik teng huquqli, sermuloqot, ichki birlik, engil his qilish, sezish, fahmlash yuzaga keladi. Bu narsalar oila barqarorligi, mustahkamligi, barkamolliligini ta’minlaydi, o‘zaro totuvlik, moslik, o‘zaro tushunish hukm suradi.
    Oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hikmati — bu oila a’zolarining bo‘sh vaqtini tashkil qilish, har bir shaxsning xususiyatidan kelib chiqqan holda rejalash, goho sayr uyushtirish, soya-salqin joylarga safarga chiqish, bir-galikda oila davrasida madaniy hordiq chiqarish, xo‘jalik yumushini bajarish va boshqalardir. Oila a’zolarining har biri teng huquqqa ega ekanligini nazarda tutish, shuning bilan birga o‘ta erk berib yubormaslikni diqqat markazidan chiqarmaslik zarur. Bayram kunlarini nishonlash ham oqilona, odilona hal qilinishi oilada iliq ruhiy iqlimni vujudga keltiradi.
    Oila but bo‘lishi uchun birinchi navbatda oila a’zolari, shaxslararo tenglikni qaror toptirish kerak, bir- birlarini chuqurroq o‘rganishlari, ayrim nuqsonlardan ko‘z yumishlari zarur. Oilada mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ayni muddaodir. Ichkilikbozlikka, o‘g‘irlikka, bekorchilikka, haromtamoqlikka qarshi o‘t ochish, tarbtibli kurash olib borish shart. Yoshlarni qiyinchilikni yengishga, o‘zgacha shart-sharoitga ko‘nikishga bolalikdan o‘rgatib borish lozim.Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni hal qilish uchun oila va maktab hamkorligini chuqurlashtirish, ota-onalarning bolalar tarbiyasi uchun ma’suliyatini oshirish, keksalar ta’minoti va osoyishtaligini qaror toptirish maqsadga muvofiqdir. Xoh yoshlar, xoh ota-onalar hech mahal oila qurishga, qiz uzatish yoki o‘g‘il uylantarishga yuzaki, yengil-yelpi qaramasliklari lozim. Bu narsalarning barchasi oilaning tuzilishi hamda uning shaxslararo munosabat ko‘lamlari, ayrim ibratli tomonlari insoniy mezon bilan o‘lchanganligini ko‘rsatadi. Hozirgi davrda jamoatchilikni quyidagi dolzarb muammolar tashvishga solmoqda. Oilada o‘g‘il-qizlar kimlar tomonidan tarbiyalanayotirlar va ular qanday ruhda, maromda tarbiya olmoqdalar? Oilaning tarbiya ishi rejali va tartibli olib boriladimi? O‘quvchilar ko‘z o‘ngida ota-ona, katta yoshdagi qarindosh-urug‘lar, tug‘ishganlar qanday darajadagi obro‘ga egalar? Oila tarbiyasida ota-ona o‘rtasida birlik, umumiylik mavjudmi? Maktabda qo‘llanilayotgan axloqiy tarbiya vositalari va shakllari qanday tadbiq etilmoqda? Oilada rag‘batlantirish va jazolash metodlaridan qay yo‘sinda foydalanilmoqda. Shuningdek, shaxslararo munosabatlarda oila a’zolarining asab sistemasi (uning kuchi, muvozanati, ildamligi, beqarorligi), temperamenti (uning xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik toifalari), g‘oyaviy maslagi (uning qiziqishi, his-tuyg‘usi, ideali, e’tiqodi, dunyoqarashi, shaxsiy pozitsiyasi), axloqiy xislati, diqqati (uning kuchi, tarqoqligi, parishonxotirligi, tiyrakligi), xotirasi, irodasi (mustaqilliga, qat’iyliga, dadilliga, mard-qo‘rmasligi), nutqi (mazmuni, mantiqli, ohangi, sur’ati, dag‘al va yumshoqligi), emotsional ichki kechinmalari (kayfiyati, ehtirosi, zo‘riqishi, jo‘shqinligi, qo‘rsligi, achchiqlanishi, hursandliga) kabi ruhiyat va ma’naviyat jihatlarini hisobga olgan holda joriy qilish muammolari ham kishilarni juda qiziqtiradi. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar tuzilishini taxminan ushbu tarzda tunushtirib bersa bo‘ladi: buva va buvi hamda oilaning qolgan barcha a’zolari aloqasi; ota-onaning o‘zaro munosabatlari; ota-ona va farzandlar orasidagi muloqot; farzandlarning o‘zaro munosabatlari tartibi; kelinning barcha oila a’zolari bilan munosabatlari; kelinlarning (ovsinlar) o‘zaro muloqot qilishlari kabilar.Teng huquqli oila a’zolari o‘zaro inoq va ittifoq bo‘lib turmush kechirishlari uchun keksalar ruhiyati er-xotinlar ruhiyati va ma’naviyatidan, turli yoshdagi o‘g‘il-qizlarning ruhiy xususiyatlaridan (chaqaloqlik, go‘daklik, bolalik, kichik maktab o‘quvchisi, o‘smirlik, o‘spirinlik) muayyan ko‘lamda bilimga ega bo‘lishlari shart.Vatanimiz psixologlari va sotsiologlarining tekshirishlariga qaraganda, oilaviy tarbiya kamchiliklari turli-tuman ekanligi dalillab ko‘rsatilgan, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ildizlar ochib berilgan:1) bolalarga kattalar tomonidan diqqat-e’tiborning etishmasligi;farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining mavjud emasligi yoki xohishning yo‘qligi;ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushunishning yo‘qligi va unga ikki tomonlama intilishning etishmasligi;ota-onalarning o‘g‘il va qizlarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lishlari; ko‘r-ko‘rona otalik va onalik mehr-muhabbatining hukm surishligi va uning barqaror ahamiyat kasb etmasligi;oila davrasida, muhitida doimiy janjallarning qaror topganligi va ularni kamaytirish uchun intilishning yo‘qligi;ota-onalarning beqaror his-tuyg‘ulari, kayfiyatlari, ularning tartib-siz, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishligi; ota-onalarning shaxsiy qiziqishlarining o‘zaro mos tushmasligi va tubdan bir-biriga qarama-qarshiligi; katta-kichik yoshdagi farzandlar davrasida ota-onalarning salbiy xulq-atvorlari hamda ularning ichkilikbozliklari, chekishlari, giyohvandligi, intim qiliqlari; ota va ona o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklarning surunkasiga davom etib turishi; oila muhitida adolatsizlik, ikkiyuzlamachllik, o‘g‘rilik, tovlamachi-lik, poraxo‘rlik illatlarining namoyon bo‘lishi; oila turmushining to‘ralarcha qonun-qoidasi — shaxsiy manfaatdor-likka ruju qo‘yilganligi; ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy darajalarining past ekanligi; oilada yaxshi an’analar, rasm-rusmlar, urf-odatlarning yo‘qligi va ma’lum qolipdagi salbiy xatti-harakatlarga rioya qilinishi, ijtimoiy muhitdan tubdan ajralib qolishligi, loqaydlik kabi qator kamchiliklar va illatlar o‘g‘il-qizlarni-oqilona tarbiyalashga halal beradi, ko‘zlangan maqsad sari intilishga g‘ov bo‘ladi.
    Allomalarimiz ta’kidlaganidek, insonni tarbiyalashdagi eng asosiy yo‘l — e’tiqoddir, e’tiqodga esa ishontirish yo‘li bilangina ta’sir etish mumkin, xolos. Tarbiya ishining muvaffaqiyatli chiqishi uchun tarbiyachilar tinmay o‘zlarini tarbiyalashlari kerak.
    Faqat ana shu yo‘llar bilangina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan oila tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Mazkur mas’uliyatli burchni bajarish uchuk ota-onalar o‘z ustlarida ko‘proq ishlashlari va tarbiya vositalarini takomillashtirishga intilishlari zarur. Chunki tarbiyachiyaning talanti bolalarga muhabbat va sadoqatdadir.
    Oila a’zolari odobi — o‘zaro to‘g‘ri munosabatda va muomalada bo‘lishi, o‘zaro g‘amxo‘rligi, odilona talablar qo‘yishi, inson qadr-qimmatini hurmatlashi demakdir
    Oilada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilangizlar», — deyiladi Muhammad payg‘ambar hadislaridan birida.Farzand — hayotning guli. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz fayzlidir. Biroq farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko‘zga tash-lanadi, ularni o‘z vaqtida oldini olib, bartaraf etmaslik gunoh ishlarga olib boradi. Shuning uchun oilada farzandlarimizga hadis namunalarini uqtirib borishimiz kerak.Pedagogika fani atamasida «tarbiyasi qiyin» degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha odatda sho‘x va qaysar o‘quvchilarga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, tarbiyasi og‘ir bolalar qatoriga o‘zboshimcha, hatto bezori va zararkunanda darajasiga tushib qolgan o‘smirlar ham kiradi; ularni tarbiyalash, hayotda haqiqiy to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish oson ish emas, albatta. Biroq astoydil, e’tiqod va fidoyilik ko‘rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga suyanib, bu og‘ir va mashaqqatli ishda muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar ham yo‘q emas. Chunki atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy aytganidek, yomon bola yo‘q, faqat yomon tarbiyachi bor, xolos. Xalqimiz «onasini ko‘rib, qizini ol» deb bejiz aytmagan.Bola ruhiyati va madaniyatidagi nuqsonlarni o‘z vaqtida payqab, ularni bartaraf etish tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish orqali, shubhasiz, samarali natijalarga erishish mumkin. Buning uchun ruhiyat va pedagogika fanlariga asoslangan holda ish yuritish ko‘zlagan maqsad sari etaklaydi. Bo‘lmasa «Quruq yog‘och egilmaydi, qurigan kirshi (novda) bog‘lanmaydi, tugulmaydi». Bu maqol biron narsani ishlatishda haddan oshirib yuborilgandan keyin, u narsa avvalgi holiga qaytmaydi. (M. Koshg‘ariy, I tom, 1960. Toshkent, Fan, 206-bet) degan ma’noni anglatadi.Tarbiya ishining zargarning mehnatidek nozik ish ekanligani unutmagan holda, bolani eng kichik yosh davridan boshlab xulq-odob, yurish-turish malakalariga o‘rgatib borish, buning uchun, avvalo, mashq qildirish, suhbat, tushuntirish, ishontirish, ibrat-namuna kabi ilmiy-amaliy metodlardan oqilona foydala-nish maqsadga muvofiqdir.Inson mashq qilish, ayrim odatlarni egallash orqali har qanday mo‘‘jizalar yarata ladigan darajadagi qudratli kuchga ega. Dorbozu polvonlarning mahorati-yu, kosmonavt-uchuvchilarning jasorati tinimsiz mashq natijasi ekanligini to‘g‘ri tushuntira olmasak; kelajakda «Sab’ai sayyor»dagi Bahromdek o‘z mahoratlariga qandaydir rag‘batlantirishni talab qilishlarining guvohi bo‘lamiz.Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga etish uchun tinimsiz mehnat qilar ekan, buning uchun avvalo, unda mustahkam iroda bo‘lishi lozim. Demak, biz tarbiyaviy ishimizning asosiy yo‘nalishini bolalarda mashq qilish sifatlarini shakllantirishga qaratishimiz zarur. Bunda kun tartibi katta rol o‘ynab, uning asosida o‘z faoliyatini tashkil etgan bola vaqtdan unumli foydalana oladi, hayoti davomida qunt bilan ishlash, mehnat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Unda intilish bilan shaxsiy imkoniyatiga baho berish o‘rtasida uyg‘unlik vujudga keladi. Vaqt-vaqti bilan axloqiy mavzularda suhbat o‘tkazib, bolaning ongiga ta’sir etish ham ahamiyatlidir. Bunday suhbatni badiiy asar qahramonlari, Vatanimizning ajoyib kishilari hayoti va faoliyati to‘g‘risida, tabiat olami haqida qiziqarli qilib o‘tkazish mumkin. Bunda o‘g‘il va qizlarning yosh xususiyatlari, bilim saviyalari, aqliy imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari e’tiborga olingan holda tarbiyaviy tadbirni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shu xususda bolalarning din ahllari bilan muloqotda bo‘lishi ham maqsadimizni oydinlashtiradi. Islom hadislarida «Din — nasihatdir» deyilgan. Darhaqiqat, yomon gapga pichoq qinidan, yaxshi gapga ilon inidan chiqadi. Bola tarbiyasi hamma uchun ahamiyatli masalalardan. Chunki, bolani yoshlikdan qayoqqa yetaklasang o‘sha tomonga ketaveradi. Shuning uchun ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirish uchun ibratli hikoyalardan aytib, o‘qib berish kerak. Avvalo bunday ishlarda bola qalbiga yo‘l topa olishlik eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bola yoshligida hamma narsaga havas qiluvchi, o‘zidan kattalarga taqlid qiluvchi bo‘ladi. Ba’zan kattalarning yomon qiliqlarini o‘zlashtirishga ulgurgan bo‘ladilar. Bola xarakteriga xos bunday xususiyatlar tarbiyada keng ildiz otgan, uni ko‘proq oiladagi to‘g‘ri tarbiya va o‘rinli, asosli tanbehlar, ibratomuz o‘gitlar zamirida ulgaytirsak, bu illatni asta-sekin yo‘qotish mumkin. Ammo biz kattalar ba’zida erkalanib yolgon gapirib kelgan bolalarga befarq qaraymiz: bunday qusurlarga «shunchaki kamchilik» yoki «hali bolaku» degan tushuncha bilan yondashmasligimiz kerak. Aks holda ana shu yuqoridagi «shunchaki kamchilik»lar qimmatga tushadi.
    Nazorat uchun savollar:
    1. Oilada sog‘lom bola tarbiyalashda ko‘proq qaysi jarayonlarga e’tiborni qaratish zarur?
    2.Oilada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda ota-onaning roli qanday?
    3. Oilada farzand tarbiyasiga oid matallardan misollar keltiring
    Tayanch tushunchalar:
    Odamiylik – chin (haqiqiy) insongaxosfazilatbo‘lib, aql-zakovatmevasidir. Odamiylikningzamiridayaxshilik, sofdillik, odillik, mehr-muhabbat, vafo-sadoqat, oqibat, shafqat, adolatu-sahovatyotadi.
    Odob –insonni ma’naviy kamolotga etaklovchi jarayondir. Odob bolalikda shakllanadi. Yosh ulg‘ayishi bilan insonning odob darajasi kengayib boradi. U kishi faoliyatini belgilovchi jarayon bo‘lib, uni xatolaridan saqlaydi. Natijada kishining xulqiy go‘zalligi ortadi.
    Odob – ahloq – shaxsdan o‘ziga va dunyoga munosabatlariga olib boruvchi xatti – harakatlarning belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sababiyat, tasavvurlar va qarashlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni, shaxsning shakllanadigan manbai hisoblanadi (ZuhraIsmoilova).
    Oila – kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy-madaniy organizm. Oila kishilarning hayotiy tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, uy-ro‘zg‘orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni fuqarolik holatini qayd etish), ma’naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi sevgi, mehr-muhabbat tuyg‘usini va shu kabilar) munosabatlarga asoslangan birlik.
    Adabiyotlar ro‘yxati

    1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 y.

    2. Munavvarov A.K. – Pedagogika, T., “O‘qituvchi” 1996 y.

    3. Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holiqberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 2008

    4. Oilashunoslik


    Download 58.52 Kb.




    Download 58.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 – ma’ruza mashg‘uloti texnologik modeli

    Download 58.52 Kb.