|
2 – tajriba ishi elektr qarshilik qizdirish pechlarini tadqiq qilish
|
Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 48,25 Kb. | | #262974 |
Bog'liq 2 – TAJRIBA ISHI
2 – TAJRIBA ISHI
Elektr qarshilik qizdirish pechlarini tadqiq qilish
1. Ishni bajarishdan maqsad
1. Zamonaviy qarshilik elektr pechining ishlash asoslarini va elektr jihozlarini o‘rganish hamda harorat rejimlari bilan tanishish.
2. Laboratoriya mashg‘ulotlari vaqtida qarshilik elektr pechlari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lish.
3. Tajriba yo‘li bilan pechning qizishini o‘rganish.
2. Ishga oid nazariy tushunchalar
Qarshilik elektr pechlarining (QEP) ishlash asosi har qanday qattiq yoki suyuq holatdagi elektr o‘tkazuvchi materiallardan elektr toki o‘tganida, bu materiallarni qizdirib issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. QEP qizdiruvchi elementlaridan tok o‘tganida ajralib chiqadigan issiqlik energiyasi Joul – Lens qonuni bo‘yicha
Q= Rt
bu yerda I – qattiq yoki suyuq holatdagi elektr toki o‘tkazuvchi materialardan o‘tayotgan tokning qiymati, A; R – elektr toki o‘tkazayotgan materialning elektr qarshiligi, Om; t – elektr toki o‘tkazuvchi materialning elektr tarmog‘iga ulanib turgan vaqti, soat.
Bunday usul bilan materiallarni qizdirish qarshilik usuli bilan qizdirish deyiladi.
Bevosita usulda materiallar qizdirilganida, qizdirilayotgan materialdan o‘tayotgan tok hosil qilgan issiqlik hisobiga o‘sha material qiziydi.
Laboratoriya ishi olib boriladigan SNOL – 1,6.2,5.1,11 IZ rusumli QEP ning ishchi kamera hajmi, dm: eni – 1,6, balandligi – 100, uzunligi – 250.
QEP ning nominal texnik ko‘rsatkichlari:
1. Nominal quvvati – 1,8 kVt.
2. Ta’minot manbai kuchlanishi – 220 V.
3. O‘zgaruvchan tokning chastotasi – 50 Gs.
4. Ishchi kamera harorati – 1100 0S.
5. Fazalar soni – 1.
6. Ishchi kamera muhiti – havo.
7. Qizdirish vaqti – 50 min.
8. Haroratni avtomatik boshqarish diapazoni – 400 – 1100 0S.
9. Salt ishlashdagi quvvati – 1 kVt.
10. Qizdirish elementlari resursi – 2000 s.
11. Elektr pechning gabarit o‘lchamlari:
kengligi – 440 mm,
uzunligi – 525 mm,
balandligi – 510 mm.
12. Og‘irligi – 33 kg.
3. Laboratoriya ishi dasturi
1. Laboratoriya ishi elektr sxemasi bilan tanishish.
2. Pechning o‘rnatilgan quvvatini aniqlash.
3. Pechni qizitib olish uchun talab qilinadigan quvvatini bog‘liqlik tavsifini tajriba yo‘li bilan aniqlash.
4. Pechning issiqlik isrofini qizish vaqti bilan bog‘liqlik tavsifini tajriba yo‘li bilan aniqlash.
5. Pechning qizish vaqtini aniqlash. Tajribalarning natijalari asosida ularning tavsiflarni qurish.
4. Ishning bajarilish tartibi
Pechni ishga tayyorlashda avval uning eshikchasi yopilishi kerak, so‘ngra elektr tarmog‘iga ulanadi va boshqarish zanjirining avtomatik ulagichi ulanadi. Termoregulyatordagi harorat qiymati – Tber ni o‘rnatib pech eshikchasi yopiladi.
QEP ning elektr tarmog‘iga ulanish sxemasi 2.1 – rasmda keltirilgan.
2.1 – rasm. QEP ning elektr tarmog‘iga ulanish sxemasi.
1.2-jadval
Nazorat uchun savollar
1. Qarshilik elektr pechining asosiy konstruktiv elementlarini aytib bering.
2. Qarshilik elektr pechining qizdiruvchi elementlariga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? 3. Qarshilik elektr pechining futerovkasi qanday vazifani bajaradi?
4. Qarshilik elektr pechining issiqlik izolyasiyasi qanday vazifani bajaradi?
5. Bilvosita qizdiruvchi qarshilik elektr pechining ishlash prinsipini tushuntirib bering.
|
| |