• Apache
  • Nginx
  • Blade-serverlarning afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin




    Download 5.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana25.05.2022
    Hajmi5.38 Mb.
    #21839
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Lab.jumis-3
    maruza 6, Mavzu Kasblar tasnifi(odam-odam,odam-tabiat,odam-texnika, odam-, Unit 6 Lesson 6B Roles people play (1), Тема, юю, Zichlikni o’lchash va boshqarish., Xiv bob qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari-fayllar.org (1), Biologiya o\'qitish metodikasi (J.Tolipova, A.G\'ofurov), Academic-Data-389191100084, Mavzu №8, pak, j1psJ9XeZzNjm3M7UgjyATeSwTJXmiDmAd5fzuRa, 4, 1-laboratoriya ishi Shuhratova
    Blade-serverlarning afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin.
    §
    Elektr manba ta’minoti va sovutish tizimi ishonchliligining yuqoriligi va
    arzonligi;
    §
    kommutatsiya kabellarining soni kamligi;
    §
    tizimni boshqarishning qulayligi;
    §
    egallab turadigan joy hajmining kichikligi;
    §
    energiya iste’moli va issiqliq ajralishining kamligi;
    §
    qo‘llanish masshtabining erkin kengaytirilishi.
    Foydalanuvchi so‘rovlarini tushunishi uchun, kompyuterga dastur o‘rnatiladi. Bu web
    dastur deyiladi, kompyuter esa, web serverga aylanadi. Hozirgi vaqtda web dastur emas,
    umumiy holda web server deb atalmoqda.
    Web server — mijozdan kelayotgan so‘rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo‘natadigan
    dasturdir. Kliyent sifatida web brouzer(http, https protokoli orqali), mobil telefon(wap protokoli
    orqali), ba’zi dasturlar(antiviruslar) bo‘lishi mumkin. Web server orqali butun sayt boshqariladi,
    ya’ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP adreslarni blokka oladi,
    foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshiradi.
    Web serverga o‘rnatiladigan web dastur turlari ko‘pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop
    dastur bu – albatta “Apache” xisoblanadi. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan
    ishlab chiqarilgan.
    Quyida ba’zi web serverlar nomlarini keltiramiz.
    Apache – Apache Software Foundation.
    IIS

    Microsoft
    mahsuloti
    hisoblanadi.
    Server
    operatsion
    tizimlariga
    o‘rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).
    Nginx – ochiq web server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
    Lighttpd – ochiq web server.
    Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan web server.
    Rootage – Java tilida yozilgan web server.
    THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz web server.


    Hub
    Uyda Internet tarmog`iga ilanish yoki sinf xonalarida lokal tarmoq qurish uchun maxsus
    qurilmalar zarur bo`ladi.
    Hub, switch va router kompyuter, planshet, smartfon, noutbuk kabi Bir necha
    qurilmalarni global tarmoqqa ulash uchun ёки kompyuterlararo tarmoq yaratish uchun
    mo`ljallangan qurilmalardir. Ulardan foydalanib xavfsiz tarmoqni yaratish mumkin.
    Hub yoki kontsеntrator – tarmoqda kompyutеrlarning o`zaro axborot almashuvini
    ta`minlovchi maxsus qurilma. Ularni taqsimlovchi deb ham atashadi.
    Hub keng tarqalgan tushuncha bo‘lib, faqat kompyuter industriyasidagina ishlatilmaydi.
    Ingliz tilidan bu so‘zni tarjima qilganimizda “faoliyat markazi” kabi ma’noni beradi. Odatda bu
    so‘zdan tarmoqning biror tuguni tushunami. Enegetikada hub deganda marshrut ikkiga
    ajraladigan va tarqaladigan aniq bir joy tushuniladi. Shuningdek internet – provayderlarida,
    mashina qurilishida, xizmat turi bir biriga yaqin bo‘lmagan sohalarda ham bu so‘z ishlatiladi.
    Bulardan eng ko‘p va faol ishlatiladigan soha kompyuterlar bilan bog‘liq. Ularning
    kasbiy tili bilan aytganda tarmoq konsentratoridir. Bir rangli tarmoq yaratishga imkon beradi.
    Uning yordamida katta bo‘lmagan tarmoqni qurishi, xar bir kompyuter tarmoqdagi
    qurilmalardan, bosh serverdan teng xuquqda foydalanishiga imkon bo‘ladi. Kabellar orqali
    hubga ulanadigan qurilmalar kompyuterning imkoniyatlariga qarab chegaralanadi.
    Lokal tarmoqlarda hub yordamida tarmoq qurishning bir qator afzalliklari bilan birga
    kamchilik tomonlari ham mavjud: birinchidan, katta kompaniya va ishlab chiqarish
    korxonalarida masofaning uzoqligi uchun katta xajmdagi kabeldan foydalanishga to`gri keladi.
    Bu o`z navbatida ancha mablag` talab etishi bilan birga noqulayliklar tug`diradi. Ikkinchidan: har
    bir kompyuterdan ko`p xajmli o`ziga keraksiz bo`lgan ma’lumotlar o`tadi. Doimiy bunday
    ma’lumotlarning ko`pligidan ishlash tezligi past bo`ladi. Uchinchidan: bitta bunday hub
    yordamida tarmoqda xatto minimal darajadagi ximoya tashkil etish qiyin.
    Kompyuter texnologiyalarida tarmoq konsentratorlaridan tashqari USB hublar ham
    qo`llaniladi. Ulardan bir kompyuterda bitta portga bir necha USB qurilmalarini ulashda
    foydalaniladi.
    Yulduz shaklida qurilgan tarmoqlarda u markaziy punkt bo`ladi. Hub kompyuterlar bilan
    har bir portidan chiqqan kabel orqali ulanadi, natijada yulduzga o`xshash tuzilma hosil bo`ladi


    Hozirgi kunda 4, 8, 12, 16, 16, 24, 48 tagacha kompyutеrlarni ulash portlari bo`lgan
    hublar ishlab chiqarilmoqda. Ularda ma’lumot almashish tеzligi sеkundiga 10/100 yoki
    10/100/1000 Mеgabitgacha bo`lishi mumkin.
    Hub bu takrorlovchi xisoblanadi. Unga ulangan barcha narsalar takrorlanadi. Bitta IP
    manzil beriladi va barchasi bir biriga bog`liq bo`ladi. Masalan bir necha kompyuterlarni hub
    qurilmasi yordamida bog`laymiz. O`ninchi kompyuterdan beshinchi kompyuterga ma’lumot
    uzatilganda u tarmoqdagi barcha kompyuterlardan o`tadi. Bu xuddi parallel ishlaydigan
    telefonlarga o`xshaydi. Uzatilgan ma’lumotlardan foydalanish huquqi siz kabi boshqa
    kompterlarda xam mavjud bo`ladi. Shuning xisobidan yuklanish va taqsimlanish xam oshadi.
    Hub yordamida tarmoqda kompyuterlarning ma’lumot almashinishi unchalik samarali
    xisoblanmaydi. Katta miqdordagi keraksiz ma’lumotlar tarmoq bo`yicha uzatiladi. Kompyuter
    o`ziga uzatilmagan ma’lumotlar paketini ham qabul qilishi kerak bo`ladi. Qancha ko`p
    kompyuter ulangan bo`lsa, foydalanish tezligi shuncha past bo`ladi. Shuning uchun xozirgi
    vaqtda hublarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish kamayib bormoqda.
    Kompyuter o‘rniga hubga qo‘shimcha hub ulash mumkin, bu esa tarmoq imkoniyatlarini
    kengaytirishga yordam beradi. Ethernet <> uchun 5-24 portli hublar mavjud.


    Ular 10 yoki 100 Mbps uzatish tezligiga ega bo‘lishi mumkin. Yana Dual-Speed-Hubs (10 yoki
    100 Mbps) olinishi mumkin, ular kommutator ko‘rinishida ulanib, ikki hublardan iborat bo‘ladi.
    Hublar ma’lumotlarni bitta stansiyadan bоshqаlargа uzatishi mumkin, ya’ni, hamma unga
    ulangan stansiyalar polosalar enini bo‘lishi kerakUlar eng past apparatli ta’minlangan
    darajasida (1031-darajasi) ishlaydilar.

    Download 5.38 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 5.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Blade-serverlarning afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin

    Download 5.38 Mb.
    Pdf ko'rish