2-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yo’l-transport hodisalar tahlili usullari. Ishning maqsadi




Download 32.14 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi32.14 Kb.
#43280
  1   2
Bog'liq
2-amaliy mashg’ulot. Mavzu Yo’l-transport hodisalar tahlili usu
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ

2-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Yo’l-transport hodisalar tahlili usullari.

  1. Ishning maqsadi: Talabalarga yo’l-transport hodisalar tahlili usullari mukammal o’rgatish.

  2. Umumiy malumotlar. YTH kelib chikish sabablarini o‘rganish va tahlil qilishning asosan ikkita uslublari bor: bir qancha YTH ni to‘plamini birgalikda va har bir sodir bo‘lgan YTH ni aloxida tahlil qilish uslublari.

Birinchi uslubda ko‘plab YTH lari matematik statistika aparati yordamida tahlil qilinadi va ularning asosiy qonuniyatlari, sabablari va xolati oldindan aniqlanadi. Masalan, ko‘rilayotgan davr oralig‘ida YTH ning necha foizi transport vositalarining konstruksiyasidagi kamchiliklar, texnik nosozliklar, haydovchi va piyodalarning harakat xavfsizligi bo‘yicha qonun me’yorlarini buzilishlari yoki yo‘l sharoitini belgilangan talablarga javob bermasligi oqibatida sodir etilgani. Bu uslub yordamida YTH sonining o‘zgarishini bashorat qilish, ularni keltirib chiqargan omillar orasidagi bog‘liqlikni va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Bunday tahlil Respublika, viloyat, shahar yoki korxonalar miqyosida sodir etilgan YTH ni bir-biri bilan solishtirish, ularni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda tadbirlarning samaradorligini baholash uchun xizmat qiladi.
Ayni damda birinchi uslubni maqsad va vazifalariga qarab YTHni tahlil qilishning miqdoriy, sifat va topografik usullariga ajratiladi.. YTHni miqdoriy usul bilan tahlil qilishda halokatlarning absolyut, nisbiy va solishtirma ko‘rsatkichlari o‘rganiladi.
Halokatlarning absolyut ko‘rsatkichlariga quyidagilar misol bo‘ladi: YTHning umumiy (yillik, oylik, choraklik) soni; YTHda jarohat olganlar (halok bo‘lganlar) soni; jarohat olganlarning yoki halok bo‘lganlarning yoshiga, kasbiga qarab YTHdagi soni; haydovchilarning aybi bilan o‘lganlar, jarohat olganlar soni; avtomobil yoki ular holatining nosozligi bilan bo‘lgan YTH soni va h.k.
Nisbiy halokatlilik ko‘rsatkichlari. Nisbiy halokatlilik ko‘rsatkichlarini hisoblashda bitta absolyut ko‘rsatkich boshqa absolyut ko‘rsatkichga nisbatan olinadi. Bunda nisbiy ko‘rsatkichni umumiy ko‘rinishda quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:

bu erda: О - nisbiy ko‘rsatkich; А/В - biron-bir absolyut ko‘rsatkichlar; K - masshtablikoeffitsient.
Ma salan: А - YTHsoni, В – transportvositalari soni bo‘lsa va К= 104olinsa, bunda juda ko‘p ishlatiladigan nisbiy ko‘rsatkich YTHsonining 10 ming transport vositasiga to‘g‘ri keladigan hisobi kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, 10 ming aholi soniga va boshqa hisoblar olinishi mumkin.
Yo‘l sharoitlarini hisobga olishda ko‘pincha nisbiy halokatlilik koeffitsientidan foydalaniladi.
Uzun bir xil geometrik elementga ega yo‘l bo‘laklarini hisoblashda YTH sonini 1 million avtomobil-kilometrga nisbati bilan o‘lchanishi qabul qilinib, nisbiy halokatlilik koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
YTH soni/mln.avt.km.

bu erda: Z - bir yillik halokatlar soni; N - bir sutkadagi o‘rtacha yillik harakat miqdori, avt/sutka; L - yo‘l uzunligi, km.


Juda qisqa masofada (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich, chorraha va h.k.) yo‘l sharoiti bilan farqlanadigan bo‘laklarda nisbiy halokatlilik koeffitsienti odatda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
YTH soni/mln.avt.


Solishtirma halokatlilik ko ‘rsatkichi. YTH biron-bir absolyut ko‘rsatkichidan boshqa YTH qancha qismini tashkil qilishi tushuniladi va odatda foiz ko‘rsatkichida keltiriladi. Masalan, jami YTH sonidan to‘ntarilish (to‘qnashish, piyodalarni bosib ketish yoki YTH halok bo‘lganlar, jarohat ko‘rganlar va h.k.) necha foizni tashkil qiladi.
YTHni tahlil qilishning sifat usuli hodisalarning nima sababdan vujudga kelganini aniqlashga qaratiladi.Bu usul bilan yo‘l harakatini tashkil etuvchilar «Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit» tizimidagi elementlarning qaysi birining aybi bilan yoki birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan YTHni tahlil qilish odat tusiga kirgan. Masalan, avtomobil yo‘lining ma’lum chorraha bo‘lagida yo‘l sharoitiga bog‘liq ravishda YTH vujudga kelishi, unda piyodalarning o‘rni yoki ma’lum yoshdagi haydovchilar sodir etadigan YTH turi, vaqti va h.k.
Yo‘l-transport hodisalarining vujudga kelish joylarini aniq ko‘rsatish uchun topografik usuldan foydalaniladi. Hozirda asosan uch turdagi topografik tahlil o‘tkaziladi: xaritada, chiziqli grafikda (yo‘l-ko‘cha bo‘yicha) va masshtabli sxemada.
SHahar, tuman yoki viloyatning masshtabli xaritasida bir yoki bir necha yillar ichida sodir etilgan YTHni ko‘cha-yo‘l, maydonlarda aniq joylarini shartli belgilar yordamida ko‘rsatiladi. Bunday YTH xaritasi yordamida YTHni ko‘p bo‘ladigan joyi, turi, vaqti va hokazolar aniqlanib, ularni tahlil qilish natijalariga tayangan holda harakat xavfsizligini oshirish borasida aniq tadbirlar belgilanadi.
YTHning chiziqli grafigi ko‘cha va yo‘lning butun uzunasi bo‘yicha yoki ma’lum qismi uchun xaritaga nisbatan katta masshtablarda YTHni joylanishini ko‘rsatadi. Masshtab katta bo‘lganligi sababli YTH yo‘lning qanday elementlarining kamchiligi bilan sodir bo‘lganligini yoki boshqa sabablarni aniq topishda bu usul ijobiy natijalar beradi.
YTHning masshtabli sxemasida yo‘l chorrahasini, temir yo‘l kesishmasini yoki boshqa yo‘l bo‘lagida bo‘lgan YTHni katta masshtablarda barcha yo‘l qatnashchilarini (transport vositasini, piyodani) sxematik ravishda joylashtirilib ko‘rsatiladi. Sxemani tahlil qilish natijasida YTH nima sababdan vujudga kelgani va har bir ishtirokchini hodisaning oldini olish bo‘yicha imkoniyatlari qay darajada ekanligi aniqlanadi. Bu sxemada transport vositalari va piyodalarning harakatlanish traektoriyalari ko‘rsatilib, keyinchalik hodisa ro‘y bergan joydagi yo‘l sharoitini yoki harakatni tashkil etish bo‘yicha o‘zgartirish takliflari ishlab chiqiladi.
YTHni tahlil qilishda avtomobil - yo‘l xo‘jaliklarida va davlat harakat xavfsizligi xizmati tizimida ko‘pchilik hollarda amaliyotda uchraydigan savollarni echish, sodda va tushunarli bo‘lishi uchun jadval, grafik, gistogramma, siklogramma yoki topografik ko‘rinishlardan foydalaniladi. Quyida xo‘jalik faoliyatida keng tarqalgan jadval, grafik, gistogramma, siklogramma va topografik ko‘rinishlaridan misollar keltiramiz.
Ikkinchi uslubning asosiy maqsadi esa YTH ning barcha davrlariga, xodisa sodir bo‘lishining ob’ektiv sabablariga va har bir hodisa qatnashchisining hatti- xarakatlariga ilmiy asoslangan tavsif berishdan iboratdir.
YTH ni alohida olib tahlil kilish natijasida u bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy shart-sharoitlar, xavfli va halokat vaziyatining vujudga kelgan oni, harakat qatnashchilarining qaysi xatti-harakatlari halokat vaziyatini vujudga keltirgani, hodisaning oldini olish uchun haydovchida texnik imkoniyat mavjud edimi degan savollarga ilmiy asoslangan javoblar topiladi va ular xodisa qatnashchilarini o‘zlarining aybdorlik darajasiga qarab fuqarolik, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlarida muhim isbotiy dalil vazifasini o‘taydi. YAna bitta asosiy masala, har bir aloxida olingan hodisa tasodifiymi yoki tasodifiy emasmi degan savolga faqat ikkinchi uslub yordamidagina javob topish mumkin.
Haydovchining tormoz tizimi texnik nosoz avtomobilda xarakatlanayotgani aniqlansa, u amaldagi qonunlarga asosan ma’muriy jazoga tortiladi. Haydovchi texnik nosoz avtomobilni boshqarib borayotib, piyodani bosib ketgan bo‘lsin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday xollarda ko‘pincha haydovchi jinoiy jazoga tortiladi. Aslida bunday xollarda avtomobil tormoz tizimining texnik nosozligi bilan YTH sodir bo‘lishi sabab-oqibat aloqasi aniqlanishi va shundan so‘nggina unga jazo berilishi kerak. Avtomobil texnik soz bo‘lganida hodisaning oldini olish uchun haydovchida texnik imkoniyat mavjudmi yoki yo‘qmi degan masala faqat ikkinchi uslub yordamidagina aniqlanish mumkin.Bu uslubni YTH ekspertizasi deyiladi.
YTH ni tahlil qilishning asosiy xususiyatlari qaysi usulni qo‘llanilishi va olingan natijalarni nima maqsadda hamda kaysi masalalarni echishda foydalanishga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi.
YTH to‘plamini tahlil qilish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi.

  1. Tahlil uchun ko‘pgina YTH haqidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi (YTH sonining eng kichik miqdori matematik statistika yordamida aniqlanadi).

  2. Tahlillar ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, murakkab tizimlarni modellashtirish va operatsiyalarni ishlash kabi amaliy matematika apparati yordamida amalga oshiriladi.

  3. YTH va YHQ buzilishi bo‘yicha tahlil avtokorxona xodimlari tomonidan hodisaning yuz berish sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish maqsadida olib boriladi. Tahlil avtomobilda tashuvchi harakat xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan YTH turi, haydovchi yoshi va malakasi, YTH sodir bo‘lgan joyi va vaqti hamda YTH oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishga ko‘mak beradigan boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qiladi.





  1. Download 32.14 Kb.
  1   2




Download 32.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yo’l-transport hodisalar tahlili usullari. Ishning maqsadi

Download 32.14 Kb.