• ISBN: 978-9943-372-14-6 © U. TO‘LAKOV, O. MAHMUDOV © «ТAFAKKUR» nаshriyoti 2011-y Kitobxon.Com
  • Kitobxon.Com
  • 2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana06.02.2022
    Hajmi0.69 Mb.
    #17149
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Soliqqatortishasoslari
    maxsus fanlarni oqitish metodikasi (1), O‘RQ-563 04.09.2019
    BBK 65.261.4
    UDK:51 (075)
    Ushbu o‘quv qo‘llanma keyingi yillarda respublikamiz barqaror 
    iqtisodiy o‘sishini ta’minlash maqsadida soliq qonunchiliklariga 
    kiritilgan o‘zgarishlar asosida bayon etilgan.
    Тaqrizchilar:
    Isanqulov I.T. –
    iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 
    Zoirov B. N. –
    Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi «Soliq va majburiy 
    to‘lovlarni hisobga olish» bo‘limi boshlig‘i. 
    ISBN: 978-9943-372-14-6
    © U. TO‘LAKOV, O. MAHMUDOV
    © «ТAFAKKUR» nаshriyoti 2011-y
    Kitobxon.Com


    3
    KIRISH
    Ma’lumki soliqlar budjetning daromad qismiga tushadigan tushum-
    larning asosiy qismini ta’minlaydi. Respublikamizda olib borilayotgan 
    soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yuki-
    ni yanada kamaytirish, ish lab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik 
    va texnologik jihatdan qayta jihoz lashni rag‘batlantirish, fuqarolarning 
    daromadlarini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va ta-
    komillashtirishga qaratilmoqda. Yurtimizda kichik biznes va xususiy 
    tadbirkorlikka yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli ularning faoliyat 
    turi va ko‘lami tobora ortib, aholi bandligini ta’minlovchi muhim sohaga 
    aylanmoqda.
    Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini yuksak bosqichga 
    ko‘tarish maqsadida 2011-yilni Prezidentimizning tashabbuslari bilan 
    «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilinishi sohani 
    har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilishga qaratila-
    yotgan e’tibor bunda muhim omil bo‘layotir. Ayni paytda u iqtisodiyotni 
    izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy 
    barqarorligining kafolatini ta’minlovchi kuchlardan biri sifatida namo-
    yon bo‘lishi barobarida, ularning soddalashtirilgan yagona soliq to‘lovini 
    to‘lashga o‘tishlari orqali o‘z ishlab chiqarish salohiyatlarini kengaytirish 
    imkoniyatiga ham ega bo‘layotirlar. Jumladan 2011-yilda yagona soliq 
    to‘lovining bazaviy stavkasi 7 foizdan 6 foizgacha pasaytirilishi soliq 
    to‘lovchilarning ushbu toifasi uchun 50 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 
    tejash imkonini berib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 
    qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jadal rivojlanishini rag‘batlantirishga 
    qaratilganligidan dalolat beradi. Agar 2000-yilda mamlaka timiz yalpi 
    ichki mahsulotining 30 foizi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab 
    chiqarilgan bo‘lsa, qisqa bir davrda, ya’ni 2010-yil yakuni bilan bu ko‘r-
    satkich 52,5 foizni tashkil etgani fi krimizning isbotidir
    1
    .
    Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yaxshi tashkil etilgan targ‘i-
    boti, ana shu qonun hujjatlari barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomoni-
    dan o‘rganilishining puxta o‘ylangan tizimi-soliqlar va boshqa majburiy 
    to‘lovlar vaqtida va to‘liq to‘lanishi, davlatimiz gullab-yashnashining 
    garovidir. Soliq savodxonligi va qonunchiligi bo‘yicha fuqarolarda yo-
    shlikdan ko‘nikma hosil qilib borish soliq targ‘ibotidagi eng maqbul usul-
    dir. Qo‘llanmada soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, zarurligi
    1
    Prezident Islom Karimovning 2010-yilning asosiy yakunlari va 2011-yilda O‘zbe-
    kis tonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ish-
    langan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan. 2011-yil 21-yanvar.
    Kitobxon.Com


    4
    soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari olib borilayotgan islohotlar-
    ning samarasi sifatida bayon qilingan. Respublikamizda amalda bo‘lgan 
    soliqlar va to‘lovlarni undirish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan, 
    soliq stavkalarining o‘zgarish dinamikasi, hamda keyingi yillarda soliq-
    budjet siyosatining aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘si-
    shni ta’minlash maqsadida soliq qonunchiliklariga kiritilgan o‘zgarishlar 
    hisobga olingan. Darhaqiqat, soliqlarning yig‘iluvchanligi ko‘p jihatdan 
    aholining soliq bilimdonligi, soliq madaniyatiga bog‘liq ekan, ushbu 
    qo‘llanma nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalariga, balki kasb-hunar 
    kollejlari o‘quvchilari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik 
    biznes xodimlari uchun ham mo‘ljallangan. 
    Mazkur o‘quv qo‘llanma bu sohadagi dastlabki intilishlar natijasi 
    o‘laroq yuzaga kelganligi tufayli, unda ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy 
    hol. Muallifl ar bildirilgan barcha tanqidiy fi kr-mulohaza va taklifl arni 
    minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Ular keyingi nashrlarda e’tiborga 
    olinadi. 

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish