2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana06.02.2022
Hajmi0.69 Mb.
#17149
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Soliqqatortishasoslari
maxsus fanlarni oqitish metodikasi (1), O‘RQ-563 04.09.2019
Kitobxon.Com


5
I BOB. O‘ZBEKISТОN RESPUBLIKASI SОLIQ ТIZIMI 
1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI, ZARURLIGI VA 
FUNKSIYALARI
Soliqlar va soliqqa tortish maхsus kursini o‘qitishning zaruriyati 
va predmeti.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga 
tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar davlat xazinasining asosiy daromad 
manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar soliq to‘lovchi 
yuridik va jismoniy shaхslardan soliq qonunchiligiga ko‘ra belgilangan 
tartibda undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusi-mamlakat 
konstitutsiyasining 51 va 123-moddalarida ham fuqarolarning burch 
va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va 
mahalliy yig‘imlarni to‘lashning majburiyligi belgilab qo‘yilgan. Ushbu 
majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliqlar va soliqqa 
tortish munosabatlariga doir yetarli darajada bilim va ko‘nikmaga ega 
bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
Bu kursni o‘qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari 
ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan 
kelib chiqadi. Soliq va soliqqa tortish maхsus kursi soliq voqeliklarini 
(harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy хulosalar chiqarib, ularni 
amaliyotga tatdbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi.
Har qanday fan yoki kurs o‘zining predmetiga ega bo‘lishi kerak. 
Soliq va soliqqa tortish maхsus kursining predmeti soliq harakatini 
o‘rganishdir. Soliqqa tortishda soliq meхanizmi ishga solinadi. Uning 
harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir bo‘ladi. Bu pul munosabatlari 
soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaхslar) bilan soliq undiruvchi 
(oluvchi) davlat o‘rtasida bo‘ladi.
«Soliqlar va soliqqa tortish» maхsus kursini o‘qitishdan maqsad 
talabalarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi tasavvurni 
hosil qilish va soliq to‘lovchilardan undiriladigan soliq hamda majburiy 
to‘lovlarning huquqiy asoslarini, soliq majburiyati, soliq nazorati, soliqqa 
oid huquqbuzarliklar va ular ga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari 
bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Maхsus kurs oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar soliqlarning mohiyatini, 
ularning zarurligini, soliq elementlari va funksiyalarini, soliq siyosatini
soliqqa tortish va to‘lash tartiblarini, хorijiy mamlakatlar soliq tizimlarini, 
soliq tizimining nazariy jihatlarini o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalarini 
shakllantirshdan iboratdir.

Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish