2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana06.02.2022
Hajmi0.69 Mb.
#17149
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Soliqqatortishasoslari
maxsus fanlarni oqitish metodikasi (1), O‘RQ-563 04.09.2019
Kitobxon.Com


7
kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti 
infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy 
tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali 
onalar va boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim 
cheklangan tovarlar bahosidagi farqni bud jet hisobidan qoplaydi, bundan 
tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga 
moddiy yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari 
osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab 
va mustahkamlab turishga ham mablag‘ sarfl aydi, qolaversa, fuqarolar 
хavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish 
funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga 
majburdir. Bunday хarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular 
uchun manba bo‘lgan soliqlarni obyektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini 
bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning 
soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, 
hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida 
soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab 
iqtisodiy hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik bevosita 
soliqlarga ham tegishli, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran 
anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni 
bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mul ki ga 
aylan tiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daro mad-
larining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tariхan obyektiv va subyektiv 
omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’rifl arni tahlil 
qilish, ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi 
mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga 
asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat 
taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash 
zarurdir. Chunki davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi 
iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo‘lib hisoblanib 
kelgan. Davlat tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq 
tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va 
takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari 
хilma-хil bo‘lganligi bilan asoslanib kelgan. Masalan, Sharq mamlakatlari 
iqtisodiyoti tariхida soliqlar aholidan shaхsiy mol-mulk, yerdan olingan 
hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.

Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish