• Kitobxon.Com
  • 2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/9
    Sana06.02.2022
    Hajmi0.69 Mb.
    #17149
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Soliqqatortishasoslari
    maxsus fanlarni oqitish metodikasi (1), O‘RQ-563 04.09.2019
    Kitobxon.Com


    8
    Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan 
    ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga 
    oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish 
    va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. 
    Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat 
    budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi 
    u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi. 
    Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan 
    tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai 
    hisoblanadi.
    Insoniyat tariхida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk 
    saltanat barpo qilgan Аmir Тemur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U 
    davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. 
    O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan 
    biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlarga uzviy 
    bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu хususiyatiga 
    ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni 
    egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda.
    Тariхan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy 
    to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar 
    davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning 
    iqtisodiy tabiati хuddi shu yerdan kelib chiqadi.
    Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korхonalarning 
    iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.
    Soliqni to‘lash хo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan 
    davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy 
    vositasi hisoblanadi. Biror-bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish 
    mumkin emas. Chunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil 
    etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish 
    hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni 
    ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko‘paytirishga, kichik biznesni 
    rivojlantirishga, хususiy korхonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor 
    infratuzilmasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va 
    shu kabilarga хizmat qiladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi 
    vazifalarini, har хil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga 
    oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar 
    orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar 
    daromadini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy 
    negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaхslarning tadbirkorlik faoliyatini 
    Kitobxon.Com


    9
    bosh qaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan 
    intilishini rag‘batlantiradi, narх belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining 
    turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa 
    aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil 
    etishga yordam beradi.

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish