Кредит берган банкнинг номи




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
Кредит берган банкнинг номи 
«А» 
«Б» 
«Б» 
Кредит қайтиб келган банкнинг номи 


60
vaziyatdan kelib chiqqan holda biror usullarni tadbiq etish ketma-ketligini chuqur 
anglash lozim. 
Sotuvchi va xaridor o’rtasida uzoq muddatli shartnomalarning va aloqalarning 
mavjud bo’lganligiga qaramay, sotuvchi o’z navbatida xaridorning to’lov qobiliyati, 
moliyaviy natijalari va umumiy ahvoli haqida muntazam ravishda ma’lumotga ega 
bo’lishga intilishi lozim. Sotuvchi o’z navbatida xaridor bilan uzoq muddatli 
hamkorlikka tayyorligi va xaridorning muvaffaqiyatli rivojlanishi tarafdorligini 
bildirib turishi maqsadga muvofiqdir. Shunda xaridor ham sotuvchiga nisbatan 
do’stona munosabatda bo’ladi va sotib olingan tovarlar uchun to’lovlarni kechiktirish 
mumkin bo’lgan sabablarni sotuvchidan yashirmaydi. Muddati o’tgan qarzdorlikni 
vujudga kelishini oldini olishning eng maqbul va zamonaviy usullaridan biri, bu 
sotuvchi va xaridorning qarzdorlikni birga bartaraf etishni amalga oshirilishidir. 
Shunday qilib, yuzaki qaraganda qanchalik asossiz bo’lib tuyulsa ham sotuvchi va 
xaridor orasidagi hamkorlik hamda do’stona munosabatlar muddati o’tgan 
qarzdorlikni bartaraf etish va vujudga kelishining oldini olishdagi eng tezkor va 
samarali yo’l bo’lib hisoblanadi. 
Xo’jalik faoliyatida uchraydigan hamma holatlarni hisobga olish qiyin. Shuning 
uchun, quyida sanab o’tilgan muddati o’tgan qarzdorlikni vujudga kelishining oldini 
olish va bartaraf etish usullari tadbirkorlarga mavjud muammoni hal etishda o’z ish 
strategiyasini ishlab chiqishda qo’l keladi. Chunki kapitalning aylanish tezligini 
oshirish va xaridorlarning qarzdorligini kamaytirish tadbirkorlik faoliyatining asosiy 
tamoyillari bo’lib hisoblanadi. 
Ushbu muammoni atroflicha va sistematik ravishda ko’rib chiqish maqsadida, 
xo’jalik faoliyatida uchraydigan barcha holatlarni katta bloklarga bo’lish mumkin: 
I Sotuvchi va xaridor orasida uzoq muddatli munosabatlarga asoslangan xo’jalik 
aloqalari (xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtpyot qismlarni 
etkazib berish); 
II Xom-ashyo materiallar, butlovchi qismlar etkazib berish va bajarilgan xizmatlarni 
bajarish uchun jismoniy shaxslar bilan tuzilgan yakka shartnomalar; 
III Etkazib berilayotgan asbob-usukunalar, transport vositalari, hisoblash va boshqa 
texnikani xaridorlar asosiy fondlar sifatida ishlatish hollari. 
Har bir bloklar bo’yicha alohida vaziyatlarni ko’rib chiqamiz. 
A. Sotuvchi va xaridorlar orasida uzoq muddatli kooperatsiyaga asoslangan xo’jalik 
aloqalari (xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlarni etkazib 
berish); 
Ushbu holat uchun, ikki tomonlama yaxshi aloqalar, sheriklarni bir-birini yaxshi 
bilishlari, o’zaro ishonch va hamkorlik alomatlari xosdir. Bunda, keyinchalik ham 
o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish hamda tovaroborotni ko’paytirish 
maqsadida, avvalam bor sotuvchining manfaatini ko’zlagan holda, xaridorlarga 
nisbatan oldindan to’lash, bo’nak to’lovlari va hatto akkreditiv kabi to’lov shakllari 
ishlatilishi tavsiya etilmaydi. 
Quyida sotuvchi va xaridorning ushbu blokka kiritilgan vaziyatlardagi amalga 
oshiradigan tadbirlari sanab o’tilgan: 
A.1. Xaridorda ma’lum bir moliyaviy qiyinchiliklarning vujudga kelganida, sotuvchi 
tomonidan tijorat krediti berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu vaziyatda tijorat kreditini 


61
qo’llanilishiga sabab shuki, ikkala tomon vaziyatdan kelib chiqqan holda to’lov 
muddati va summasini muvofiqlashtirishlariga imkoniyat tug’iladi. 
Tijorat krediti qo’llanilganida, xaridor kredit hisobidan olingan tovarlardan (xom-
ashyodan) tayyorlangan o’z mahsulotini sotishdan kelib tushgan tushum hisobiga o’z 
moliyaviy ahvolini yaxshilab oladi, sotuvchi esa o’z navbatida xaridorni 
yo’qotmagan holda kredit operatsiyasidan tushgan foizlar ko’rinishidagi foydaga ham 
ega bo’ladi. 
A.2. Xom-ashyo, yarimfabrikatlar hamda butlovchi qismlarni doimiy va bir maromda 
etkazilib turilishi holatida sotuvchi bank muassasasi bilan faktoring xizmatlarini 
ko’rsatish haqidagi shartnoma imzolashi mumkin. Shunda ushbu muassasa qarzlarni 
undirish majburiyatini o’z bo’yniga oladi. Tovarlar ortib jo’natilishiga qarab o’z 
mablag’larini olib turadi. Hozirda banklararo vakillik aloqalarining mavjudligi, 
ayniqsa agar faktoring xizmatlarini ko’rsatayotgan bank muassasasi va qarzdor 
shaxsning banki orasidagi vakillik aloqalari mavjud bo’lsa, bank muassasasi 
tomonidan qarzdorlini undirish borasidagi imkoniyatlari ko’proq. Ammo bu holda 
sotuvchi tashkilot faktoring xizmatlari haqini to’lashga majbur bo’ladi hamda 
korxonaning kapitalning aylanish tezligining oshganlini, debetorlk qarzdorlikni 
undirish xarajatlarining kamayishi, kredit olish ehtiyojining kamayishi va bank bilan 
muomala shakllarining osonlashuvidan keladigan foyda miqdori faktoring xizmatlari 
haqidan yuqori bo’lgandagina o’z samarasini beradi. 
A.3. Yuqorida sanab o’tilgan usullarning hammasi xaridor tomonidan muddati o’tgan 
debetorlik qarzdorligini vujudga kelishini oldini olishda hamda xaridor tomonidan 
moliyaviy qiyinchiliklarning mavjudligi holatlarida ham ma’lum muddatdan so’ng 
to’lovlarni amalga oshirilishi qo’llanilishi mumkin. Agar xaridor surunkali ravishda 
o’z majburiyatlarni buzsa, u holda sotuvchi nufuzli va baquvvat moliyaviy 
muassasalarining to’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi xatlarini talab qilishi 
mumkin. 
B. Xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar etkazib berish va bajarilgan xizmatlarni 
bajarish uchun tuzilgan yakka shartnomalar; 
Ushbu turdagi xo’jalik aloqalarida, sotuvchi va xaridor o’zaro oldi-sotdi 
operatsiyalarini birinchi marotaba amalga oshiradilar, ayniqsa bunday holatlar yangi 
tuzilgan tashkilotlar bilan kuzatiladi. Shuning uchun sotuvchi o’z xaridori haqida 
hech qanday ma’lumotga ega bo’lmaydi. Bunday holatlarda quyidagi ko’rsatilgan 
usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
B.1. Vaziyat: sotish hajmi kichik, xaridor sifatida jismoniy shaxs qatnashishi 
mumkin. 
Bunday holatda hisob-kitob naqd pul yoki cheklar yordamida amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqdir. Biroq, xaridorning kimligi noma’lum bo’lib uning yana bir 
bor qaytib kelishi noma’lum va to’lov summasi unchalik katta bo’lmagan holatlarda, 
u taqdim etayotgan cheklarning pul bilan ta’minlanganligini tekshirib ko’rilishi 
lozim. Buning uchun xaridordan unga xizmat ko’rsatuvchi bankdan og’ zaki yoki 
yozma ravishda bankdagi hisob raqamida qancha pul mavjudligini bilish kifoyadir. 
Agar sotuvchi cheklar bilan hisob-kitob shaklini xush ko’rmasa, xaridordan naqd pul, 
kredit kartochkalari orqali hisob-kitob qilinishini talab qilishi lozim. 
B.2. Vaziyat: ulgurji savdo. 


62
Bunday hollarda faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilishi lozim. 
Xaridor haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda to’lov amalga 
oshirilishini yuz foizga kafolatlovchi akkreditiv to’lov shaklida amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq, agar xaridorning to’lov majburiyatlarini 
vaqtida amalga oshirmasligi haqidagi ma’lumot mavjud bo’lsa, bo’nak yoki oldindan 
to’lov shakllari ishlatilgani maqsadga muvofiq. Xaridor akkreditiv va oldindan to’lov 
shakllarini amalga oshirolmasligi va uning to’lov qobiliyati haqida etarlicha 
ma’lumot mavjud bo’lmasa, sotuvchi xaridordan o’zgacha kafolatlarni talab qilish 
huquqiga ega. Aks hollarda xaridorlarni va bozorni yo’qotish ehtimoli kattadir. 
To’lov amalga oshirilishini kafolatlovchi quyidagi hujjat shakllari mavjud: 
•mashhur, ulkan va ishonchli tashkilotlarning to’lov amalga oshirilishini 
kafolatlovchi xatlari; 
•garov; 
•kafillik. 
Kerakli hollarda xaridor veksellardan foydalinishi mumkin, bu hollarda vekselni 
olgan shaxs ehtiyoj sezilganida vekselni diskontlash asosida bankka o’tkazishi va 
tegishli pul mablaglarini olishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Biroq, agar bankning veksel 
bergan shaxsning to’lov qobiliyatiga shubxasi bo’lsa, bank vekselga avaliyatlarning 
imzosi qo’yilishini talab qilishi mumkin. Shunday holat yuzaga kelmasligi uchun 
vekselni taqdim etayotgan shaxsdan vekselda avalistning imzosini mavjud bo’lishi 
talabi quyiladi. 
Bunda boshqa variantlar ham mavjud. O’z tovari evaziga olingan vekselni sotuvchi 
o’z kreditorlari bilan hisob-kitob vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. 
B.3. Vaziyat: xaridor to’lov amalga oshirishda o’z majburiyatlarini vaqtida 
bajarmayapti. 
Bu hollarda debetorlik qarzdorligini qisqartirish va bartaraf etish borasida 
quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin: 
Birinchidan, xaridorga qarzdorlikni tijorat krediti sifatida rasmiylashtirishini taklif 
qilish mumkin, agar: 
•xaridor kredit muddati mobaynida etkazib berilgan va hali to’lovi amalga 
oshirilmagan to’lovlarni amalga oshirishga rozi bo’lsa; 
•xaridor yaqin vaqt oraligida vaqtinchalik moliyaviy tang ahvolini bartaraf etishi va 
to’lov qobiliyatiga ega bo’lishiga ishonch bo’lsa. 
Ikkinchidan, sotuvchining zudlik bilan pul mablaglariga ehtiyojini qondirish uchun 
qarzdorlikni diskontlab sotib yuborishi mumkin. Ushbu qarzdorlikni sotib olayotgan 
shaxs qarzdorlikni uzilishiga ishonchi bo’lishi lozim. 
Umuman, hozirgi kunda noto’lovlar, eng dolzarb muammolardan biri bo’lib, bu 
muammoni bartaraf etishning yagona yo’li yo’q. Noto’lovlar, ya’ni debetorlik va 
kreditorlikni qarzdorlikning umuman yo’q qilish mumkin bo’lmay ularni kamaytirish 
bo’yicha har bir holatda alohida yo’lni tanlash nafaqat alohida xo’jaliklar, balki butun 
iqtisodiyot uchun foydalidir.
1. Tayanch iboralar
2. Pul oboroti 
3. Naqd pul oboroti 
4. Naqdsiz pul oboroti 


63
5. Tovar operatsiyalari 
6. Notovar operatsiyalari 
7. Aktsept 
8. Akkreditiv 
9. Inkasso 
10. Talabnoma 
11. Topshiriqnoma 
12. Aktseptsiz to’lovlar 
13. Aktsept muddati 
14. Rejali to’lovlar 
15. To’lov topshirig’i 
16. Inkasso topshirig’i 
17. Xujjat rekvizitlari 
18. Xujjat nusxalari 
19. Elektron hujjat 
20. Debet 
21. Kredit 
22. Depozit 
23. Depozit hisobvaraq 
24. Noto’lovlar 
25. Reestr 
26. Kartoteka 
27. Xujjatlar aylanishi 
28. Sxemasi 


64

Download 0.64 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Кредит берган банкнинг номи

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish