§. Elektron to’lov tizimining joriy etilishi




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
§Elektron to’lov tizimining joriy etilishi. 
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tishi bilan bank 
tizimida bir qator o’zgarishlari bo’lib o’tdi. Ikki pog’onali bank tizimi paydo buldi. 
Tijorat banklarining shaxobchalari kengaytirildi. Bundan tashqari turli mulkchilik 
shakllarining paydo bo’lishi banklar o’rtasidagi munosabatlarning ko’payishiga olib 
keldi. Shu munosabatlar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida tezkorlik bilan amalga 
oshirish uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tug’ildi.
Ilgari pochta yoki telegraf orqali to’lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka 
jo’natilganda to’lovlar bir necha kunga, xatto 15-20 kunga cho’zilib ketar edi. 
Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo’natish hollari ham kuzatilgan edi. 
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to’lovlar tizimini joriy 
etish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 18 
martidagi 146-sonli «Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini 
barqarorlashtirish chora-tadbirlari» haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni 
yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular 
quyidagilardir:
1. Kompyuter markazlarini joriy etish; 
2. Elektron pochta tizimini ishlab chiqish va joriy etish; 
3. Hisob ishlarini avtomatlashtirish; 
4. Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalarini o’tkazishning oldini olish; 
5. Noqonuniy avizo (ogohnoma)larni rasmiylashtirishga yo’l qo’ymaslik. 
Ko’pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexanizatsiyalash darajasi 
juda past ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. 
Elektron pochta orqali to’lovlar tizimining texnik jihatdan o’rnatishning uncha 
qimmat emasligi,qisqa muddatda tadbik etilishi, kadrlarni tez muddatlarda ukitilishi 
yangi tizimning joriy etilishini tezlashtirdi.Dastlab tajriba o’tkazildi. 1994 yilning 
iyul-oktyabr oylarida Markaziy bank tomonidan dastur ishlab chiqildi va shu yilning 
1-oktyabridan e’tiboran elektron pochta tizimidan tajriba sifatida foydalanila 
boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo’yicha uzgarishlar kiritildi. Dastlab 
to’lovlarni 2-4 kun ichida o’tkazilishga erishildi. 
Iqtisodiyotda hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995 yil boshidan 
boshlab har bir viloyat Markaziy bank qoshida xududiy hisob markazlarini tashkil 
etishga qaror qilindi. Har bir rayondagi ilgari faoliyat ko’rsatib kelgan kliring 
markazlari yopilib,ularning faoliyati to’xtatildi.Shu munosabat bilan oddiy pochta 
avizolari bekor qilindi. Respublika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog’i bilan ikki 
kun ichida o’tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to’lovlar tizimi joriy etildi. 
Elektron to’lovlar tizimi bu-umumdavlat tizimi bo’lib, banklararo to’lovlarni 
tashkil etadi va u qog’ozsiz texnologiyalarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki elektron pochta vositalari orqali o’tkazilishiga asoslangandir. Hozirgi kunda 
elektron to’lovlar tizimi yuqori o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, to’lovlarning 
respublika mikesida 15-20 dakika mobaynida o’tishini ta’minlaydi. Bir xudud, ya’ni 
viloyat ichida esa to’lovlar 3-5 daqiqa ichida yakunlanadi. 
Elektron to’lovlar tizimi quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 


70
1. O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
jadallashtirish; 
2. Uzatiladigan elektron to’lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl etishdan 
himoya qilish: 
3. Banklarning vaqtincha pul resurslaridan samarali foydalanish; 
4. Kredit va xatarlilik darajasini boshqarish
5. To’lov operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun va qoidalarga rioya qilish; 
6. Tijorat banklari tomonidan amaldagi qonunchilikka va bank faoliyati 
me’eriy hujjatlariga rioya qilinishi bo’yicha Markaziy bankning nazorat va kuzatuv 
funktsiyalarini bajarish; 
7. Ma’lumotlar bazasini yaratish. 
Elektron to’lovlarni o’tkazishda initsiator va benifitsiar banklar ishtirok 
etadi.Initsiator bank bu-to’lov operatsiyalarini boshlovchi bank, benifitsiar bank esa 
to’lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir. Banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar 
elektron to’lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Elektron to’lov hujjati 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob-
kitob hujjatlari asl nusxasi asosida yaratilgan «elektron» belgili hujjat bo’lib,uning 
asosiy nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo’ladi. Elektron to’lovlar 
tizimida uzatish uchun muljallangan hujjatlarning to’g’ri to’ldirilganligi uchun bank 
mijozi javobgar bo’ladi. Xududiy axborotlashtirish Markaziga qayta ishlash uchun 
uzatiladigan elektron to’lov hujjatlarini hisoblab o’tkazish, hisobdan chiqarish va 
ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to’g’riligi uchun javobgarlik initsiator-
bankka, xududiy axborotlashtirish markazidan qabul qilinadigan to’lov hujjatlari 
uchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi. Elektron to’lov tizimi bir qator 
printsiplar asosida faoliyat ko’rsatib, ular quyidagilardir: 
1. To’lovlar bo’yicha transaktsiyani o’tkazish tashabbusi initsiator-bankka 
tegishli bo’ladi; 
2. To’lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida tijorat 
banklarining ichki va tashki vakillik hisobvaraqlaridagi oborotlar va qoldiq 
mablag’lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
3. Amalga oshirilgan transaktsiya qaytarilmaydi.
4. To’lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan
5. To’lovlar initsiator - bank tomonidan vakillik hisob varag’idagi mablag’ 
qoldig’i chegarasida to’lanadi. Undan ortiqcha mablag’ sarflash overdraft summasi 
miqdorida amalga oshirilishi mumkin.
Elektron to’lovlar ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to’lovlar 
tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklaridir. 
Elektron to’lovlar tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va 
majburiyatlari tijorat banklari , axborotlash markazlari va hisob - kitob markazlari 
o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to’lovlar tizimiga ko’shilishi uchun avvalo Respublika 
Markaziy bankida ruyxatga olingan hamda BDMAB tomonidan unikal kod berilgan 
bo’lishi lozim. Shu bilan birga ushbu bank elektron to’lovlar tizimiga chiqish 
imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo’lishi lozim. Shundan so’ng 


71
bank elektron to’lovlar tizimiga ulanguncha axboratlashtirish bosh markazi xodimlari 
yordamida ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish bo’yicha bir necha sinov tajribalarini 
o’tkazish yo’li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba tekshiruvi o’tkaziladi. 
Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugagandan so’ng hududiy axboratlashtirish markazida bankning 
elekron to’lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to’g’risida dalolatnoma tuziladi 
va bank elektron to’lovlar tizimiga ko’shiladi.
Shunday qilib, elektron to’lov tizimi oddiy pochta-telegraf tizimidan butunlay 
farq qiladi. Buni elektron to’lov tizimining qator afzalliklari orqali yaqqolroq ko’rish 
mumkin. 


72
1-jadval 

Download 0.64 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Elektron to’lov tizimining joriy etilishi

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish