• Nazorat savollari
  • Bunday tadbirlar har bir bankda elektron axborotlar muhofazasini ta’kinlashga  yordam beradi




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/92
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #43723
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
    Bog'liq
    19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
    Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
     
    Bunday tadbirlar har bir bankda elektron axborotlar muhofazasini ta’kinlashga 
    yordam beradi. 
     
     Tayanch 
    iboralar 
    Elektron to’lov 
    Elektron tizim 
    Elektron pochta 
    Elektron axborot 
    Banklararo oborotlar 
    Bank kodi 
    Vakillik hisobvarag’i 
    Axborotlar markazi 
    Bosh bank 
    Bank filiali 
    Axborotlar muhofazasi 
    Nazorat savollari 
    1. Banklararo hisob-kitoblar deganda nimani tushunasiz? 
    2. Banklararo hisob-kitoblarning rivojlanish tarixi qanday? 
    3. Vakillik hisobvarag’iochish tartibi qanday 
    4. 2003 yil 1 oktyabrgacha banklararo hisob-kitoblar qanday tashkil etilgan? 
    5. Hozirgi kunda banklararo hisob-kitoblarning xususiyatini tushuntiring. 
    6. Hisob-kitoblarni o’tkazish texnologiyalariga tavsif bering. 
    7. Elektron axborotlarni muhofazalash qanday tartibda amalga oshiriladi? 
     


    84
    4 Bob. Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha hisob-
    kitoblari 
     
    1§. To’lov tizimida yagona vakillik hisobraqamining tutgan o’rni, ahamiyati va 
    unga o’tilishi. 
    Respublika Markaziy banki bilan jahon banki o’rtasida 1998 yil dekabr oyida 
    tuzilgan shartnomaga muvofiq Respublika Moliya sohasini rivojlantirish uchun kredit 
    ajratilgan. Bu loyixa besh yo’nalishga bo’linib amalga oshirilmoqda. Bu 
    yo’nalishlarning biri «O’zbekiston moliya soxasining axborot tizimini 
    takomillashtirish» bo’lib, u o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi: 
    1. To’lov tizimini takomillashtirish; 
    2. Boshqarish uchun axborot tizimini yaratish; 
    3. Bank telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish; 
    4. Axborot tizimining muxofazasini yaratish. 
    Yuqorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston 
    Respublikasi Markaziy banki tomonidan oxirgi 10 yilda bir qator ishlar qilindi. Bu 
    borada rivojlangan davlatlarning tajribasi o’rganildi va amaliyotga tatbiq qilindi. 
    Jahon banki maslahatchilari va ekspertlari O’zbekistonga tashrif buyurishganda 
    barcha banklarning yagona vakillik hisobvarag’iga va yagona balansga o’tishlari 
    lozimligi belgilab berildi. 
    Ma’lumki, yirik masshtabdagi banklar resurslarini bitta hisobraqamga tez 
    yig’ishi va bu raqamdan katta daromad keltiruvchi yirik loyihalarni moliyalashtirish 
    ancha qiyinchilik tug’diradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga 
    integratsiyalashuvi va yangi texnologiyalarning rivojlanishi ssuda kapitalining 
    banklararo bozorda sotilishi va sotib olinishi ilgarigiga nisbatan ancha tezroq amalga 
    oshirishni talab qila boshladi. Yirik banklar Yaponiyadagi birjalar yopilganda, 
    Evropa va AQSh birjalari faoliyati uchun 1 soatdan 12 soatgacha bo’lgan kreditlardan 
    foydalanishi, bundan tashqari transmilliy banklar uchun bir davlatdan ikkinchi 
    davlatga overnayt kreditlarini amalga oshirish uchun katta pul mablag’larini tez 
    ko’chirish imkonini beruvchi texnologiyalar bosh bankda yagona buxgalteriya 
    balansi, yagona vakillik raqami tizimiga o’tishga undadi. 
    Tijorat banklarining ilk bor yagona vakillik hisobraqamlariga o’tishi 
    «Feduayr»
    1
    tizimi multikorporatsion va transmilliy banklarining yagona vakillik 
    raqamlari tizimiga o’tish tavsiyasiga ko’ra AQShda amalga oshirildi. Respublikamiz 
    tijorat banklarining yagona vakillik xisobraqamlariga o’tishi bilan esa mazkur 
    masalalar yanada jadallashdi. Shuning uchun jahon tajribasini o’rganish alohida 
    dolzarblik kasb etadi va bank likvidligini boshqarish sohasida amaliy bilimlar tizimi 
    hamda yig’ilgan tajriba tahlillari va xulosalarini samarali qo’llash imkonini beradi. 
    Yagona vakillik hisobraqami orqali boshqarishning mohiyati shundan 
    iboratki, yirik tijorat banklari bo’limlari o’zlarining vakillik hisobraqamlarini 
    bosh bankda ochadilar va bosh bank orqali amalga oshiradilar. Ushbu 
    1
    Федуайр тизими А¡Шнинг Федерал резерв тизимида иштирокчи банклар учун кутиш ёки 
    четга ¢¤йиш режимида эмас, реал ва¢т режимида ¦исоб-китобларни амалга ошириш 
    имконини беради. 


    85
    tizimning bir qancha ustunlik va qulaylik tomonlari mavjud bo’lib ularning 
    asosiylari quyidagalardan iborat: 
    > Tizim ichidagi amalga oshiriluvchi operatsiyalar tezlashadi hamda real vaqt 
    rejimida ishlaydi; 
    > Katta daromad keltiruvchi yirik loyixalarni moliyalashtirish uchun resurslarni tez 
    jamlash imkoni paydo bo’ladi; 
    > Tizim ichida bo’limlar resurslarini aktiv operatsiyalarga joylashtirilishi tufayli 
    vakilllik raqamidagi minimal darajada saqlay oladi va hatto debet qoldiq bo’lganda 
    ham ishlay oladi;
    > Banklararo bozorda resurslar qayta taqsimotida ham bankning raqobatbardoshligini 
    oshiradi; 
    Demak, bank muassasasi uchun vakillik xisobrakami shunday hisob-kitob 
    raqamiki, unda tijorat bankining barcha mablag’lari ya’ni, o’z mablag’lari ham, 
    xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar mablag’lari ham, shuningdek boshqa jalb etilgan 
    resurslar ham saqlanadi. Vakillik hisobraqami orqali banklar mijozlarga xizmat 
    ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek xo’jalik sub’ekti 
    sifatida bank operatsiyalarining o’zini ham amalga oshiradi. Hozirgi vaqtgacha ana 
    shu jarayonlarning barchasi juda katta bir sxema ko’rinishida amalga oshirilardi. 
    Aytaylik, to’lovchi yoki mablag’ni oluvchiga turli banklarda xizmat 
    ko’rsatilayotgan bo’lsa yoki banklar bir-birini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan 
    banklararo operatsiyalar hamda naqd pullarning joyini almashtirishga doir vaziyat 
    sodir bo’ldi deb faraz qilaylik. Bunday hisob-kitoblar har bir tijorat bankining 
    balansida ochilgan vakillik hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi. O’z navbatida 
    tijorat banklari filiallarining vakillik hisobraqamlari Markaziy bankning Hisob-kitob 
    markazida ochilgan. Shunday qilib har qanday to’lov pul mablag’larini o’tkazishning 
    ko’p bosqichli tizimidan o’tishi lozim bo’ladi. Bitta bankning o’rtasida to’lovlar 
    amalga oshirilayotganida ham hisob-kitoblarning ana shu sxemasi amal qiladi. Bu 
    banklararo hisob-kitoblarni tashkil etishning markazlashgan varianti bo’lib, u 
    samarasiz usul bo’lib hisoblanadi. Banklararo hisob-kitoblar 2002 yilgacha shu 
    sxema asosida o’tkazilgan. Ilgari bundan voz kechishga texnikaviy jihatlarga oid bir 
    qancha jiddiy muammolar imkon bermas edi. 
    Hozirgi kunga kelib barcha ko’pgina tijorat banklari yagona vakillik 
    hisobraqamiga o’tish bo’yicha ishlarni amalga oshirganlar va banklar o’rtasidagi 
    hisob-kitoblar yagona hisobvarag’i orqali o’tkazilmaoqda. Yagona vakillik 
    hisobraqami orqali boshqaruvni amalga oshirish tizimini joriy qilish uchun quyidagi 
    ishlar amalga oshirilishi kerak edi:
    • Bosh bank uchun yangi bank kodi olinadi. Masalan, O’zsanoatqurilish 
    banki uchun bank kodi 09003 berilgan. 
    • Bosh bankda o’tish kuniga qadar barcha bo’limlari uchun, shu jumladan 
    o’zidagi amaliyot boshqarmasiga ham 22204 - «Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
    to’lanadigan mablag’lar», balans hisobraqami ochiladi va har bir bo’limga shu haqda 
    xabar beriladi. O’z navbatida har bir bo’lim -«Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
    olinadigan mablag’lar» balans hisobraqamini ochadi va bosh bankka xabar beradi. 
    • So’ngra bankning bo’limlari memorial order orqali 10301 - «Markaziy 
    bankdagi vakillik hisobraqami -Nostro» hisobraqamidagi qoldig’ini Bosh bankda 


    86
    ochilgan 22204 - hisobraqamiga, shu jumladan Bosh bankning boshqarmasiga ham 
    o’tkazadi. 
    Bunda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

    Download 0.64 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bunday tadbirlar har bir bankda elektron axborotlar muhofazasini ta’kinlashga  yordam beradi

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish