§. O’zbekiston Respublikasi O’zsanoatqurilishbankining yagona vakillik




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
2§. O’zbekiston Respublikasi O’zsanoatqurilishbankining yagona vakillik 
hisobvarag’iga o’tish tajribasi. 
 
«O’zsanoatqurilishbanki» Internet texnologiyalari ma’lumotlarini qayta ishlash 
va saqlashning tizimiga o’tish borasida o’z ishini tashkil etayotgan respublikadagi 
dastlabki banklardan biri bo’ldi. 2002 yilning iyulidan boshlab mazkur bank o’z 
faoliyatini keyinchalik yagona balansga o’tishni mo’ljallab yagona vakillik 
hisobraqami asosida amalga oshirmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 mart «Bank axborot 
tizimini rivojlantirish to’g’risidagi PF-3080-sonli Farmoni va Vazirlar 
Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va 
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi 200-sonli Qarori bank axborot tizimini 
rivojlantirishga yangi omil baxsh etdi. Ushbu hujjatlarga «O’zsanoatqurilishbank» 
Boshqaruvi alohida ahamiyat berdi. 
«O’zsanoatqurilishbank»i yagona vakillik hisobraqamini joriy qilishi 
Boshqaruv belgilab bergan yunalishlaridan birining ro’yobga chiqishi bo’lib 
hisoblanadi. 
«O’zsanoatqurilishbank»ning yagona vakillik hisobraqamiga o’tishi bilan bank 
boshqarishning eng zamonaviy sifat darajasi bilan ta’minlandi. Bank aktivlarini 
samarali boshqarish uchun metodologik va texnologik negiz modernizatsiya qilindi 
hamda mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlar turi ko’paydi. 
Yagona vakillik hisobraqamini yo’lga qo’yishdan ilgari 
«O’zsanoatqurilishbank»ning butun tizimida resurslar va xatarlarni qulay boshqarish 
imkoniyati yo’q edi. Shuni ta’kidlash lozimki, filiallar bo’yicha bank xizmati turlari 
shartlarini tanlab olishda aslida bank resurslarini tezkorlik bilan qayta taqsimlash 
darajasiga ko’ra oldindan belgilab qo’yilgan, filiallarning daromadliligi va 
likvidligini boshqarish, turli-tuman xatarlarni imkon boricha kamaytirishga e’tibor 
berilgan. 
Bunday tizimda ishlashda Bosh bank oddiy vazifalarni bajarish bilan birga, 
o’ziga xos yumushlarni ham ado etishiga to’g’ri keladi. Masalan, kredit portfeli 
shakllantirayotganda filiallarning mijozlari to’g’risidagi ma’lumotlarni (filiallar esa 
ko’pincha turli mintaqalarda joylashgandir) filiallarda berilgan kreditlar haqida, 
mazkur kreditlarning xolati to’g’risida ma’lumotlarni jamlash zarurati paydo bo’ladi. 
Buning ustiga olinayotgan jami axborot yangi bo’lishi lozim. Shu boisdan ham 
bankning barcha filiallarida yagona hisob siyosatini yuritish zarurdir. Hisobraqamlar 
rejasini tashkil etish, hisobraqamlar ochish qoidalarini ishlab chiqish va bank 
operatsiyalari amalga oshirilayotganda provodkalarni bajarishni, shuningdek, 
jamlangan ichki va fiskal hisobotni tayyorlashni shular jumlasiga kiritish lozim. 
Bank xizmatlarining tarkibi va shartlarini boshqarish ham muhim omillardan 
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham qanday xizmatlarni, qanday hajmda va qaysi 
shaklda ko’rsatilishi lozimligini aniqlab olish talab etiladi. Mijozlarning u yoki bu 
guruhlariga kreditlarning qaysi turlarini berish va beriladigan bo’lsa, foiz stavkasini 
qanday bo’lishini belgilab olish ham zarur bo’ladi. Filiallar uchun valyuta tarkibi, 
valyutalar bilan bo’ladigan operatsiyalar hamda shu valyutalar operatsiyalari ijro 
etiladigan savdo kurslari «yo’llarini» tayin etib olishda tabaqalishtirilgan yondashuv 


88
darkor. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalar yagona vakillik hisobraqami orqali amalga 
oshiriladi.
Agar «O’zsanoatqurilishbank» solnomasini varaqlaydigan bo’lsak, shuni 
ta’kidlash lozimki, bank mutaxassislari vakillik hisobraqami texnologiyasiga juda 
o’xshab ketadigan tizimda ishlab, etarlicha tajriba orttirishgan. Lekin ilgari axborot 
texnologiyalari o’z taraqqiyotining boshlang’ich bosqichini boshidan kechirayotgan 
edi. Telekommunikatsiyalar axborotni zarur darajada zudlik bilan kuzatishga imkon 
bermas edi. Lekin shunga qaramasdan bank mutaxassislari ishda katta tajriba 
to’plaganlar, bu tajriba esa texnikaviy loyihalar tuzish va yangi texnologiyalar 
mexanizmini qayta ishlashda yordam beradi. 
O’zsanoatqurilishbank uchun integrallashgan avtomatlashtiril-gan bank tizimi 
"Fido-Biznes" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Shu kompaniya mutaxassislari 
O’zsanoatqurilishbankda mazkur tizimni bosqichma-bosqich joriy etishda faol 
katnashmoqda. 
Bank faoliyati samaradorligini ko’tarish, katta foyda olish, kapitallashtirishda 
eng kam samara beradigan sohalarga qo’yilgan bank aktivlarining kamayib borishiga 
juda bog’liq. Hozirgacha ham bo’lib turgan amaliyot, ya’ni Markaziy bankning 
vakillik hisobraqamlarida tijorat banki har bir filialining mablag’larini rezerv qilib 
ushlab turish aktivlarining oborotdan chiqishiga olib keladi. Shu munosabat bilan 
Bosh yagona vakillik hisobraqami hamda yagona balans asosida ishlashini ta’minlash 
tijorat banki faoliyatining daromadliligini ko’taradi. Yagona vakillik hisobraqamini 
joriy etishdan ko’riladigan samara ko’p qirralidir. Agar uning afzalligi haqida 
gapiradigan bo’lsak, bu bank resurslarini engillik bilan qayta taqsimlash imkoniyati 
hamda shu resurslarni to’plash orqali bank ishining samarasi oshayotganidan 
dalolatdir. 
Dastlabki bosqich ham yakunlanib qoldi, bu ma’lumotlarni markazlashtirilgan 
tarzda qayta ishlash va saqlashga, ya’ni yagona balans bilan ishlashga o’tish 
demakdir. Ana shu loyixalarning amalga oshirilishi bilan bank faoliyatini 
boshqarishning sifat jihatidan yangi darajasiga ko’tariladi. 
Bugungi kunda yagona vakillik tizimiga o’tish bank tizimini isloh qilishda juda 
muhim natija bo’ldi. Xususan, tijorat banklarining Markaziy bankdan mustaqilligini 
va o’z xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashda ushbu tizimning ahamiyati katta. 
Bundan tashqari, banklarning aktivlarini o’z oborotidan tashqarida qolishi, ya’ni 
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi qolishi majbur bo’lgan qoldiq 
summasidan bank o’z oborotida foydalanishi mumkin. 


89

Download 0.64 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. O’zbekiston Respublikasi O’zsanoatqurilishbankining yagona vakillik

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish