§. To’lov oboroti va uning tuzilishi




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
3§. To’lov oboroti va uning tuzilishi 
 
Erkin raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning 
o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat mulki yagona bo’lmagan holda 
rivojlanayotgan turli mulkchilik shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqarish va 
tovar muomalasining mavjudligidir. Tovar muomalasi mavjud ekan, u o’z navbatida 
korxona va tashkilotlar o’rtasida pulli munosabatlarni, ya’ni hisob-kitoblarni keltirib 
chiqaradi. 
Tovar muomalasi va tovar ayirboshlash jarayoni doimo pul harakatini taqozo 
etadi. Tovar oboroti pul oborotining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, lekin pul 
oborotining hajmi tovar oborotining hajmidan doimo katta bo’ladi, chunki pul oboroti 
o’z ichiga tovar ayirboshlashdan tashqari boshqa munosabatlarni ham oladi. 
Masalan, pulli munosabatlar va pulli hisob-kitoblar quyidagi hollarda yuzaga keladi: 
- bank muassasalari, aholi va turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi kredit munosabatlarida; 
- xalq xo’jaligi tarmoqlarini moliyalashtirishda; 
- sug’urta fondlari, kompaniyalari bilan munosabatlarda
- jamg’arma fondlari bilan munosabatlarda; 
- aholi gruppalari o’rtasidagi munosabatlarda; 
- davlat byudjeti bilan munosabatlarda va hokazo. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pul oborotiga quyidagicha tavsif beramiz: 
«Pul oboroti - bu jamiyatda sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardagi pul 
mablag’larining har xil shakllardagi harakatidir». 
Pul oborotidan tashqari to’lov oboroti degan tushuncha ham mavjuddir. 
To’lov oboroti pul oborotiga nisbatan cheklangan, ya’ni to’lov oboroti pul 
oborotining bir qismini tashkil etadi. 
To’lov oboroti pul oborotining bir qismini tashkil etadi. To’lov oboroti 
asosan xalq xo’jaligida o’tkaziladigan turli to’lovlar bilan bog’liq. Shuning uchun 
to’lov oboroti bu - pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajaruvchi pul oborotidir. 
Hozirgi kunda pul funktsiyalarining klassik ta’rifi o’zgartilib pulning muomala va 
to’lov vositasi funktsiyalari birlashtirilib, pulning «to’lov vositasi» funktsiyasi deb 
yuritilmoqda. Shu bilan bu ikkita funktsiya o’rtasidagi chegara olib tashlanib, 
pulning to’lov 
vositasi funktsiyasini bajarishda naqdsiz pullar bilan bir 
qatorda naqd pullarning ishlatilishi ko’rsatib berildi. Shundan kelib chiqqan, holda 
to’lov oborotining tuzilishi haqida fikr yuritib ko’ramiz. 
To’lov oboroti pulli munosabatlarda pul formalaridan foydalanish xususiyatlari 
va to’lov usuliga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
1. Naqd pulli to’lov oboroti; 
2. Naqd pulsiz to’lov oboroti. 
Buni ushbu sxemada yaqqol ko’rish mumkin: 


13

Download 0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish