2-bosqich talabasi Madaminova Sharofat ning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi




Download 41.79 Kb.
bet2/3
Sana16.12.2022
Hajmi41.79 Kb.
#35441
1   2   3
Bog'liq
byudjet tashkilotlarida 5-mavzu
99999999999999999999999999999999999999, kAgN4lB2vpx8dYfUX0xKqDXocvqIE6o9Z2pZ5WEX, 4-mavzu (6), mb, Moliya, Toshkent Moliya instituti, ISTE’MOL, JAMG’ARMA VA INVESTISIYALAR, Mavzu O`qish darslarida ertak o`tish uslubiyoti. Mundarija-fayllar.org, Mustaqil ish mavzu Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz-fayllar.org (1), Reja Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchal (1), REFERAT sseperator, 1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida tushunchalar-fayllar.org
012 “Inshootlar” subschyotida quyidagilar hisobga olinadi:
vodokachkalar, stadionlar, basseynlar, yo'llar, ko'priklar, yodgorlik-haykallari, parklar, xiyobonlar va jamoat bog'larining, shuningdek, tashkilotlaming to'siqlari va boshqalar.
Bundan tashqari, ushbu subschyotda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur o'tkazgichlar (ularga tegishli barcha oraliq moslamalari bilan), transformatsiya (o'zgartirish) va quvur o'tkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalami iste’molchilarga yetkazish uchun energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda elektr stansiyalaming, gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalaming binolari Oil subschyotda, ulaming jihozlari esa, 013 subschyotda hisobga olinadi.
013 “Mashina va jihozlar” subschyotida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish mashinalari va jihozlar, o'lchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va jihozlar alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi:
1) kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina-generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, ya’ni harakat energiyasiga aylantirib bemvchi mashina dvigatellar;
2) ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar jarayonida mehnat predmetiga mcxanik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishga hamda ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi yordamida joydan-joyga ko‘chirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar;
3) o‘lchov asboblari - dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar, vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik o’lchagichlar, galvonometrlar, geodeziya asboblari, gidroskoplar, indikatorlar, kompasslar, monometrlar, xranometrlar, maxsus tarozilar, o’lchagichlar, kassa apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv o’lchash asboblari va boshqalar;
4) tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod
nafas oldirgich asboblar, elektr, pnevmatik va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish pultlari, markazlashtirish, blokirovka qilish apparaturalari, dispecherlik nazorati liniyasi moslamalari va boshqalar;
5) laboratoriya jihozlari - pirometrlar, regulyatorlar, kalorimetrlar, nam o‘lchagich asboblar, tutish kublari, laboratoriya kopralari, gaz o‘tkazmaslikni sinash uchun mo’ljallangan asboblar, mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, surib oluvchi shkaflar va shu kabilar;
6) hisoblash texnikasi - elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, kompyuterlar va unga qo‘shimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, perforatsion hisoblash mashinalari) va boshqalar;
7) meditsina jihozlari - meditsina jihozlari (tish davolash kreslolari, operatsiya stollari, maxsus jihozli krovatlar va boshqalar), dizenfeksiyalovchi va dezinseksionlovchi maxsus jihozlar, sut oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stansiyalari jihozlari va boshqalar;
8) asbob-uskunalar-mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi mashinalarga biriktirib qo‘yilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi, zarbberuvchi, presslovchi va zichlovchi qo‘l mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi, siqilgan havo va shunga o‘xshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qo‘l mehnati qurollari ham kiradi (elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka buragichlar va boshqalar), shuningdek, materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini bajarishga va shunga o‘xshashlarga mo‘ljallangan turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar, bo‘lgich golovkalar, avtomobil dvigatellarini o‘matish uchun va kardanli valni aylantirish uchun mo‘ljallangan moslamalar) va boshqalar;
9) ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari - ish vaqtida ishlab chiqarish operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlari, ish stollari, verstaklar, kafedralar, partalar va boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va sochiluvchan jismlami saqlashga mo‘ljallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va boshqalar), savdo shkaflari va stelajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qo‘shib bo‘lmaydigan texnika predmetlari;
10) xo‘jalik inventarlari - idora jihozlari, ko‘chma baryerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yong‘inga chidamli) shkaflar va qutilar, yozuv mashinkalari, gektograflar, kapirograflar va boshqa apparatlar, ko'chma o‘tovlar, palatkalar (kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari), gilamlar, pardalar va boshqa xo‘jalik inventarlari va Shuningdek, yong‘inga qarshi predmetlar - gidropultlar, stendlar, qo‘l narvonlari va h.k;
11) boshqa mashina va jihozlar - yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar, apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport anjomlari), o'quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalaming jihozlari, musiqa asboblari, televizorlar, radioapparaturalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi boshqa muassasalaming maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o‘t o‘chirishda ishlatiladigan mcxanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar (muzlatkichlar), changyutgichlar va boshqalar.

Download 41.79 Kb.
1   2   3




Download 41.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-bosqich talabasi Madaminova Sharofat ning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi

Download 41.79 Kb.