Kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotish, ulardan himoyalanish uchun yaratilgan maxsus dasturlar antiviruslar




Download 140,51 Kb.
bet8/9
Sana11.02.2024
Hajmi140,51 Kb.
#154833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kiber referat

Kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotish, ulardan himoyalanish uchun yaratilgan maxsus dasturlar antiviruslar deb ataladi.
Antiviruslar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • detektor - dasturlar;

  • doktor - dasturlar;

  • revizor - dasturlar;

  • filtr - dasturlar.

Detektor - dasturlar oldindan ma’lum bo‘lgan vims belgilarini tahlil qilish orqali borligi aniqlangandan so‘ng, ushbu vims mavjudligi haqida ma’lumot chiqaradi.
Doktor - dasturlar viruslami topibgina qolmay, undan kompyuter dasturlarini xalos qiladi, ya’ni davolaydi. Ushbu dasturlar ichida keng tarqalganlari polifagi deb ataluvchi bir yo‘la ko‘p turli viruslami topishga va yo‘qotishga mo‘ljallangan doktor-dasturlami alohida ta’kidlashimiz mumkin. Ulaming ichida eng mashhurlari Kaspersky Antivims, Norton Antivirus, ESET ENDPOINT Antivims va Doktor Web lar hisoblanadi.
Antiviruslar ichida eng ishonchli himoya vositasi sifatida revizor - dasturlar hisoblanadi. Revizorlar kompyuterdagi dasturlaming vimslar bilan zararlanmagan dastlabki holatini yodda saqlaydi va joriy holatni solishtirib boradi. Solishtirish jaroyonida faylning uzunligi, faylning nazorat yig‘indisi, dastumi takomillashtirilgan vaqti, sanasi va boshqa parametrlar tekshiriladi va yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilinib vimslar yo‘q qilinadi. Revizor - dasturlar jumlasiga keng tarqalgan Kaspersky Monitor dasturini misol qilishimiz mumkin.
Filtr - dasturlar yoki “qorovul”lar ixcham rezident fayllar bo‘lib, kompyuter faoliyatidagi shubhali harakatlami tekshirib boradi va eng boshlang‘ich holatida, ya’ni ko‘payishga ulgurmasdan aniqlaydi. Masalan:

  • com, .exe kengaytmalami o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar;

  • fayl atributlarini o‘zgartirish;

  • qattiq disklaming boshlang‘ich boot sektorlariga yozuvlar kiritish;

  • tashqaridan rezident dasturlar kiritilishini nazoratga olish.

Doctor Web polifag dasturi polimorf (turli darajali imkoniyatlarga ega) viruslarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan. Uning ishlash mexanizmi boshqa antivirus dasturlariga o‘xshashdir.
Kompyuter ESET ENDPOINT Antivirus dasturi bilan himoyalangan bo‘lsa, dasturga murojaat qilinganda, ekranda muloqot darchasi ochiladi. Ushbu darchaning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

  • состояние защиты - kompyuteming vimslardan himoyalanish holatini aks ettirish;

  • сканирование - kompyutemi vimslardan tekshirish, vimslami yo‘qotish va dasturlami davolash;

  • обновление - antivims dasturlari bazasini yangilash;

  • настройка - dastumi sozlash ishlarini amalga oshirish;

  • служебные программы - xizmatchi dasturlaridan foydalanish;

  • справка и поддержка - ma’lumot va qo‘llab-quwatlash kabi bo‘limlarga ega.

Хулоса
Kompyuter virusi ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. 
Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim.



Download 140,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 140,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotish, ulardan himoyalanish uchun yaratilgan maxsus dasturlar antiviruslar

Download 140,51 Kb.