• Gibbs
  • 2. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel’e prinsipi. Massalar ta'siri qonuni va uning amaliy qo'llanilishi. Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi




    Download 0.82 Mb.
    bet1/21
    Sana08.04.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #49683
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    2 Kimyoviy muvozanat Le Shatel’e prinsipi Massalar ta\'siri qo
    Yo’nalishga kirishish 7, KIMYOVIY MUVOZANATNING SILJISHI, Mavzu, sabo2, 6-tajriba, 1-Maruza, металларга босим остида ишлоу бериш, avtomatika1, Joba KOMPYUTER SISTEMALARI, 3 mustaqil ish I (3), 1-курсларга Оз бетинше жумыслар (2), 12-mustaqil ish, 5-o\'z betinshe 1a EE Djanabayev Diyorbek, sultan (2), Bеta-yemirilish turlari
      Bu sahifa navigatsiya:
    • Gibbs

    2. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel’e prinsipi. Massalar ta'siri qonuni va uning amaliy qo'llanilishi. Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi


    2.1. Kimyoviy gomogen jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatelьe printsipi


    Kimyoviy muvozanat. Muvozanat konstantasi. To'g'ri reaksiyaning tezligi vaqt o'tishi bilan kamayadi, chunki reaksiyaga kirishuvchi A va B moddalarning konsentrasiyasi kamayib boradi. Teskari reaksiya tezligi ortib boradi. Chunki C va D moddalar konsentrasiyasi ortib boradi. Nihoyat, shunday payt keladiki, qarama-qarshi reaksiyalarning tezliklari tenglashadi (V1 = V2)
    Qaytar jarayonning to'g'ri va teskari reaksiyalar tezligi teng bo'lgan holati kimyoviy muvozanat deyiladi. Bunda V1 = V2 bo'lgani uchun:



    k[A]a ∙ [B]b = k[C]c ∙ [D]d


    bo'ladi.



    Bundan,
    Km – muvozanat konstantasi.


    Km – ning qiymati reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiati va haroratsiga bog'liq, lekin aralashmaydigan moddalarning konsentrasiyasi, bosim va katalizatorga bog'liq emas. Moddalarning muvozanat vaqtidagi konsentrasiyasi muvozanat konsentrasiyasi deyiladi.
    Kimyoviy muvozanat qaror topganda reaksiya to'xtamaydi, o'zaro qarama-qarshi ikki jarayon orasida harakatchan (siljishi mumkin bo'lgan) kimyoviy muvozanat qaror topadi.
    Barcha qaytar jarayonlar muvozanatga intiladi, bunda to’g’ri va teskari jarayonlarning tezligi tenglashadi, natijada o'zaro ta'sir qiluvchi tizimlardagi tarkibiy qismlarning nisbati jarayon shartlari o'zgarguncha o'zgarishsiz qoladi.
    Muvozanat holati sistema o’zgarmas tashqi sharoitda yuzaga keladigan holat deb hisoblanadi, bu vaqt ichida termodinamik parametrlarning o'zgarmasligi va tizimdagi moddalar va issiqlik oqimlarining bo’lmasligi bilan tavsiflanadi.
    Kimyoviy jarayonning maqsadli mahsulotining rentabelligi reaksiya tizimining barqaror muvozanat holatiga yaqinlashish darajasi bilan belgilanadi. Barqaror muvozanat quyidagi shartlarga javob beradi:
    doimiy tashqi sharoitlarga ega bo'lgan tizimning muvozanat holatining o'z vaqtida o'zgarmasligi;
    harakatchanlik, ya'ni tizimning muvozanat holatidan chetga chiqishiga sabab bo'lgan tashqi ta'sirni olib tashlaganidan keyin muvozanatni o'z-o'zidan tiklanishi; dinamik xarakter, ya'ni to’g’ri va teskari jarayon tezligining tengligi tufayli muvozanatni barqaror saqlanishi;
    muvozanat holatiga ham to'g'ridan-to'g'ri, ham teskari reaktsiyadan ta'sir o'tkazish imkoniyati;
    izobarik-izotermik jarayonlardagi Gibbs energiyasining minimal qiymati (dG = 0) va izoxorik-izotermik jarayonlardagi Gelmgolts energiyasi (dF = 0).
    Tizimning barqaror muvozanat holatiga yaqinlashish darajasi Gibbs energiyasining o'zgarishi va o'zgarishning muvozanat darajasi bilan tavsiflanadi. Gibbs energiyasining ΔG o'zgarishi, berilgan sharoitda reaksiya sodir bo'lishining termodinamik ehtimolini va uning borish mukammalligini aniqlaydi. ΔG ning kattaligi va tartibi tizimning muvozanat holatini baholashga imkon beradi. ΔG = 0 qiymati tizimning muvozanat holatiga mos keladi, agar ΔG > 0 bo'lsa, teskari reaktsiya, va ΔG < 0 bo'lsa, to'g'ri reaktsiya holatiga javob beradi.



    Download 0.82 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 0.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel’e prinsipi. Massalar ta'siri qonuni va uning amaliy qo'llanilishi. Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi

    Download 0.82 Mb.