2-LABORATORIYA ISHI.
DISKRET DINAMIK TIZIMLARNI KVANTLASH JARAYONINI
TAHLILI
Ishdan maqsad:
MATLAB dasturidan foydalanib andozali dinamik
zvenolarni dinamik va chastotali xarakteristikalarini qo‘rishni o‘rganish.
Nazariy qism
ART ma’lum bir dinamik xususiyatga ega bo‘lgan
elementlariga uning
andozali zvenolari deyiladi. Elementlarning bu xususiyatlari uning kirishiga
pog‘onali X
kir
(t) ta’sir berilganda chiqishida xosil bo‘ladigan Y
chiq
(t) o‘tish jarayoni
formasidan aniqlanadi.
Elementlarning chiqishidagi Y
chiq
(t) o‘tish jarayoni formasiga asosan chiziqli
ART elementlari oltita andozali zvenolarga bo‘linadi:
kuchaytiruvchi, aperiodik,
tebranuvchi, integrallovchi, differensiallovchi va sof kechikuvchi zvenolar.
Andozali zvenolar vaqt (dinamik) va chastotali
xarakteristikalar bilan
ifodalanadi.
Andozali zvenolarning dinamik xususiyatlarini o‘rganish uchun uning
kirishiga pog‘onali yoki impulsli (delta-funksiya) shaklda
signal beriladi va shu
signalga zvenoning reaksiyasi o‘rganiladi. Mos ravishda xosil bo‘lgan egri
chiziqlarga zvenoning o‘tish jarayoni va impulsi o‘tish jarayoni xarakteristikasi
deyiladi.
Zvenoning chastotali xarakteristikalarini olish uchun uning kirishiga garmonik
tebranuvchi (sinusoidal) signal beriladi. Bu signalga
zvenoninig reaksiyasi
amplituda faza chastotali xarakteristka deyiladi va bu xarakteristika kompleks
tekislikda quriladi. Logarifmik masshtabda qurilgan chastotaga bog‘liq
xolda
amplitudani kuchayishini yoki faza bo‘yicha siljish burchagini ko‘rsatuvchi egri
chiziqlarga mos ravishda logarifmik amplituda chastotali xarakteristika (LAChX)
va logarifmik faza chastotali xarakteristika (LFChX) deyiladi.
Ushbu laboratoriyada birinchi darajali aperiodik zveno misolida zvenoning
dinamik va chastotali xarakteristikalarini EHM qo‘rishni ko‘rib chiqamiz.