• Ish uchun kerakli jihozlar
  • AutoPlayMediaStudio dasturi
  • Topshiriqlar: 1. AutoPlayMediaStudio dasturida test tayyorlash jarayonini o‘rganib chiqing. 2
  • 2-Laboratoriya ishi Ishning nomi




    Download 396.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana25.09.2022
    Hajmi396.4 Kb.
    #26348
    Bog'liq
    lab2 (1)
    SHIRINOV SAYDOLIMNING Informatika oqitish metodikasi 1-amaliy mashgulot javoblari, “Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi” fanidan “Axborot xavf, Chaqiruvga qadar boshlang\'ich tayyorgarlik. 10-sinf (2017, A.Shuman, Sh.Urinov), 1-Tajriba ishi.sirtqi


    2-Laboratoriya ishi
    Ishning nomi: Pedagogik dasturiy vositalar yordamida bilimini nazorat 
    qiluvchi vositalar yaratish (Assisment) 
    Ishning maqsadi: Pedagogik dasturiy vositalar yordamida bilimini 
    nazorat qiluvchi vositalar yaratish (Assisment)ni o‘rganish. 
    Ish uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, auto play dasturi 
    Ish haqida nazariy ma’lumot 
    O‘quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim 
    jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va u butun o‘quv yili davomida 
    sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. 
    Bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud. 
    Informatika bo‘yicha bir davrda o‘quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning 
    turlari (klassifikatsiyasi) quyidagicha:
    – 
    Og‘zaki so‘roq;
    – 
    uy ishi; 
    – 
    o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuzatish; 
    – 
    laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli. 
    Informatika fanidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning qiziqarli shakllari 
    sifatida turli referatlar, krassvordlar, rebuslardan foydalanishni keltirish mumkin.
    Informatika bo’yicha diktant yozish ham nazoratning bir turi hisoblanadi. 
    Informatika bo‘yicha diktant o‘zaro tematik bog‘langan, 4-8 iboralardan 
    tashkil topgan matn bo’lishi mumkin. Diktantdagi gaplar aniq va qisqa, hamda
    tushunarligi bilan ajralib turishi kerak. Chunki, o‘quvchi eshitayotgan vazifani 
    bajarishi lozim. Shuning uchun uzun ibora yoki chalkashlikka olib keladigan 
    so‘zlardan diktantda foydalanish maqsadga muvofiq emas.
    Yakuniy nazorat yozma ish, og‘zaki va test shaklida o‘tkaziladi.
    Bilimini nazorat qiluvchi vositalar yaratishda AutoPlayMediaStudio dasturi 
    qulay imkoniyatlarga ega . 
    Auto Play Media Studio dasturi barcha turdagi tayyor axborotlardan 
    foydalanib elektron kitoblar, CD/DVD vizitkalar, prezentatsiyalar, qiyin 
    bo‘lmagan o‘yinlar, elektron foto albomlar, video fayllar yig‘indisi, oddiy audio 
    yoki video fayllarni o‘quvchi dasturlar, interaktiv testlar tuzish, brauzer ilovalar 
    kabi dasturiy mahsulotlarni yaratish imkonini beradi (3-rasm). 
    Agar foydalanuvchi dasturlash tillaridan foydalanishda yetarli bilimga ega
    bo‘lsa, AutoPlayMediaStudio dasturi juda keng imkoniyatlar taqdim etadi.
    Yaxshi g‘oya uyg‘unligida ijodiy va har xil mutaxassislar bilan birga 
    (dizaynerlar, suratkashlar, video operatorlar va boshqalar), yuqori sifatli,
    professional va raqobatbardosh dasturiy mahsulot yaratish mumkin. 
    Auto Play Media Studio tez va sifatli avtoqo‘yilma, interaktiv prezintatsiyalar,
    multimedia mahsulotlari menyusini yaratish bilan birga video playerlar ham 
    o‘qiy oladigan formatlarda turli axborotlarni konvertlaydi va disklarga yozish 
    imkoniyatlarini beradi. Ushbu dasturda quyidagi yordamchi imkoniyatlar 
    kiritilgan: tayyor shablonlar, yordamchi dasturlarni ishga tushirish uchun har
    xil tugmalar mavjud va internet saytlari bilan bog‘lanish va boshqalar.


    Foydalanuvchilarga faqatgina CD/DVD disklarga loyihani yozishgina qoladi. 
    AutoPlayMediaStudio dasturi foydalanuvchidan chuqur bilim talab 
    qilmaydi va tushunarli interfeys orqali intuitiv darajasida o‘zlashtirish
    imkoniyatlarini tug‘diradi. AutoPlayMediaStudio dasturi orqali mahsulot
    yaratilgandan so‘ng ob’yektli model ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu model
    alohida yaratilgan oynalar guruhidan iborat bo‘ladi. Yaratilgan oynalarda
    grafika, musiqa, tekst, video, Flash, HTML va boshqalarni joylashtirish
    imkoniyatini beradi(4-rasm).
    4-rasm 
    Masalan, sichqonchani ob’yekt ustiga olib borganda izoh “Play” tugmasi
    bilan paydo bo‘ladi va filmni ish harakati boshlanadi. Ushbu dastur yuzlab
    harakatlarni ob’yektlar bilan bog‘lash imkoniyatlarini beradi. 
    AutoPlayMediaStudio dasturi ulkan imkoniyatlarga ega va multimedia 
    loyihalarini yaratish uchun boy asboblar to‘plamidan iborat. Ushbu dasturda
    faqatgina avtoqo‘yilma fayllarni yaratish bilangina chegaralanmay, masalan,
    interaktiv o‘qitish softini yoki multimediali prezentatsiyalarni yaratish 
    imkoniyati mavjud.
    AutoPlayMediaStudio dasturi yordamida qiziqarli interfaol testlarni 
    yaratish mumkin. Interfaol test sinovlari natijalari umumiy savollar soniga 
    nisbatan foiz hisobida o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘rsatadi. Bu esa talabaning 
    o‘zini ustidan nazoratni amalga oshirishi o‘z bilimi haqida induvidual xulosa 
    chiqarish imkonini beradi. Bilim haqidagi xulosani texnik vosita orqali bilish, 
    insonga “sen bilimsizsan”–degan fikrni inson(o’qituvchi)dan eshitishdan farq 
    qiladi, ya’ni kompyuter bor yoki yo‘q natijani aytishini foydalanuvchi biladi va 
    o‘zi ustida mustaqil ishlashi haqida xulosa chiqaradi. 
    Topshiriqlar: 
    1. AutoPlayMediaStudio dasturida test tayyorlash jarayonini o‘rganib 
    chiqing. 
    2. Auto Play dasturida 9-sinf maktab darsligidan foydalanib mavzulashtirilgan test 
    tuzing. 

    Download 396.4 Kb.




    Download 396.4 Kb.
    Pdf ko'rish