Да – agar xujjatni saqlab, so`ngra Word muxarriridan chiqmoqchi bo`lsangiz. Нет




Download 76.52 Kb.
bet2/5
Sana26.02.2023
Hajmi76.52 Kb.
#43583
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya

Да agar xujjatni saqlab, so`ngra Word muxarriridan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Нет– agar faylni saqlamasdan muxarrirdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Отменит – agar muxarrir bilan ishlashni davom ettirmoqchi bo`lsangiz.
Hujjatlarni na’munalar va yordamchilar orqali formatlash

Microsoft Offise 2007 oynasi quyidagi ko’rinishga ega (1-rasm).


1 -rasm. Microsoft Word 2007 paketining yangilangan interfeysi
MS Word dasturi Microsoft Office 2007 ilova oynasini rasmiylashtirish, avval yaratilgan versiyalaridan tubdan farq qiladi. Bir tomondan, bu yangi versiyada dastur oynasining ixtiyoriy joyiga qo’yish mumkin bo’lgan birlamchi jihozlar paneli yo’qdir. Bu yerda ochiladigan menyularni ham ko’rmaysiz. Microsoft Office 2007 da faqat asosiy menyu qatnashadi. Uning ixtiyoriy bandini tanlab, dastur oynasining chegarasi bo’ylab gorizontal tasmada joylashgan, qiymat ko’rinishida keltirilgan va qo’llash uchun kerakli barcha jihozlarni olasiz.
Tasmaning tashqi ko’rinishi jihozlar panelini eslatishiga qaramay, unga qo’shimcha belgilar qo’yish (yoki olib tashlash) mumkin emas. O’xshash parametrlar turli nomlar bilan guruhlarga birlashtirilgan, masalan: Shrift (“Шрифт”) va Stil (“Стиль”) Word dasturida, funksiya kutubxonasi (Библиотека функции ) va filtrlashni tartiblash (“Сортировка фильтрация”) EXCEL dasturida. Ba’zi guruhlar oynaning pastki, o’ng burchagiga joylashgan dialogli oyna tugmachalaridan iborat. Tugmani bosish bilan, qoidaga binoan, tanlangan guruhning hamma parametrlaridan iborat oyna ochiladi. Agar sichqonchani tugmachaga olib kelinsa, unda chaqirilayotgan oynaning kichiqlashtirilgan nusxasini ko’rishingiz mumkin.
Menyuning asosiy tarkibi ( bandlar to’plami) qayt etilgan. Biroq, oynaning bu bo’limi bilan ishlash jarayonida, qo’shimcha kontekst jihozlar hosil bo’lishi mumkin. Masalan: Word dasturida jadvalning tashqi ko’rinishini sozlash va formatlash uchun kontekst jihozlar paydo bo’ladi. EXCEL da bu hodisa diagramma yaratilayotganida paydo bo’ladi.
Foydalanuvchilar sichqonchani jihozlar oldiga keltirishganda paydo bo’ladigan ko’rsatmalarga o’rganib qolganlar. Hozirgi paytda, bunday “kichiq yordamchilar” siz qanday ishlash mumkin.
Albatta, bu funksiyalar Microsoft Word 2007 versiyasida ham saqlanib qolgan . Shu bilan birga, hozir faqat jihozlarning vazifasi bilan birga u bilan qanday harakat qilish mumkinligi hamda uni bajarish haqida gapiriladi.
Asosiy menyuning tasma va qo’yilma qurilmalaridan tashqari, Microsoft Office 2007 ning hamma ilovalarida tez erishmoq paneli (Quick Access Toolbar) qatnashadi. U tasmadan tepada joylashgandir. Unda faylni saqlash, hujjatni chop etish, oxirgi qilingan harakatni bekor qilish va h.k amallarni bajaradigan tugmachalar joylashgan. Bu panelni tasmadan tepada yoki pastda joylashtirish mumkin, shuningdek o’z xohishingizga ko’ra, sozlashingiz mumkin.
Tez erishmoq paneli joylashgan o’rnini o’zgartirish uchun unda sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va menyuning mos keluvchi bandini tanlang: «Разместить панель быстрого доступа под лентой» yoki «Разместить панель быстрого доступа над лентой».
Tasmada joylashgan kerakli tugmada sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, tez erishmoq panelini boshqa buyruqlar bilan to‘ldirish uchun “Добавить на панель быстрого доступа” bandini tanlang.
Hamma ilovalar oynasining chap yuqori burchagida “Office” tugmasi joylashgan. Ular yordamida fayllar bilan ishlash, oxirgi ko’rilgan hujjatlar ro’yhati va dasturni sozlash oynasiga kirish mumkin.
Matn muharriri oynasining tarkibi
Matn muharriri - maxsus dastur bo’lib, matnli hujjatlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan barcha Office paketining ajralmaydigan tarkibiy qismidir.
Word 2007 dasturining interfeysi Microsoft Officening barcha ilovalari uchun standart tartibga egadir. Sarlavha satrida joriy hujjatning va dasturning nomi ko’rsatiladi: yuqori o’ng burchakda oynani yopish, ochish va o’lchamini o’zgartirish tugmachasi joylashgan. O’rtada - matn kiritish uchun maydon, pastki qismida - holat satri, ekranning o’ng chegarasi yonida zarur paytda masalalar sohasi hosil bo’ladi.

Tezkor erishmoq paneli tarkibini o‘zgartirish uchun “Настройка панели быстрого доступа” tugmasini bosing va menyuda “Другие команды” bandini tanlang. Natijada, Word matn muharrririning sozlash oynasi ochiladi va asosan “Настройка” bo’limi tanlanadi (5- rasm). Shundan so’ng , kerakli buyruiqni ko’rsatish va tezkor erishmoq paneliga mos tugmani qo’yish uchun “Добавить” tugmasini bosish kerak. Tugmaning nomi oynaning o’ng qismida joylashganmaydonda tasvirlanadi.

Download 76.52 Kb.
1   2   3   4   5




Download 76.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Да – agar xujjatni saqlab, so`ngra Word muxarriridan chiqmoqchi bo`lsangiz. Нет

Download 76.52 Kb.