2-Маьруза. Автоматлаштириш объектларининг характеристикаси ва турлари, асосий хоссалари. Бошқарув объектларининг статик ва динамик тавсифлари. Автоматлаштириш объектларини математик ифодалаш




Download 25.44 Kb.
bet1/3
Sana25.05.2023
Hajmi25.44 Kb.
#64280
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza
Historical places of Uzbekistan

2-Маьруза. Автоматлаштириш объектларининг характеристикаси ва турлари, асосий хоссалари. Бошқарув объектларининг статик ва динамик тавсифлари. Автоматлаштириш объектларини математик ифодалаш.

Hozirgi vaqtda texnika va texnologiyaning rivojlanishi amaliy sohadagi fanlarning yanada rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Bu esa turli ishlab chiqarishlarda qo’llaniladigan texnologik qurilmalarni avtomatlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, axborot texnologiyalarining yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va rivojlantirish asosiy o’rinlardan biridir.


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilmiy- tadqiqot muassasalarini ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor- o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. SHunindek, O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlanishi uchun Xarakatlar strategiyasi asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarini amaliyotga joriy etish mexanizmlaridan iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshirishda foydalanish muxim ahamiyatga ega hisoblanadi.[1].
O’zbekiston Respublikasining prezidenti SHavkat Mirziyoev “2017-2021 yillarda O’zbekistonda rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha xarakat strategiyasi”ning ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida belgilab qo’yganidek, ta’lim va sohani rivojlantirish bo’yicha “Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish” bugungi kunda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir professor-o’qituvchining vazifasidir [4].
So’zsiz bu fikrlar ishlab chiqarishni fan-texnikaning so’nggi yutuqlariga asoslanib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish masalalariga ham ta’lluqlidir.Bu muammolarni hal qilish boshqarish tizimlarini yaratishning matematik asoslarini chuqur bilishni talab etadi.
Hozirgi vaqtda murakkab boshqarish tizimlarini yaratish va axborotlarga ishlov berishdagi tadqiqot ishlarida yangi g’oyalarni va tizimlarni analiz va sintez qilishning zamonaviy usullarini keng qo’llash natijasida, so’ngi 5-10 yillikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari taraqqiy etib bormoqda.
Respublikamizda xalq xo’jaligi, sanoat bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, qo’l mexnatini engillashtirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash talab qilinadi. Avtomatik boshqarish tizimlarini qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun tatbiq etish bilan turli murakkab texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga erishish mumkin.
Ko’rsatilgan masalalarni xal qilishda qishloq xo’jaligi soxasida ishlab chiqarishni zamonaviy asbob-uskunalar, mashina va agregatlar bilan ta’minlash muxim vazifa xisoblanadi. Bugungi kunda ko’plab tarmoqlarda qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishni talab qiladi. SHuning uchun soxa bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar texnologik jarayonlarni atvomatlashtirilgan tizimlari, avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari xaqida maxsus bilimga ega bo’lishlari zarur.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish soxasida muxandislar, texnologlar, asosiy ishlab chiqarish bo’linmalarining texnik xodimlari va boshqalar texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini analiz va sintez qilish xususiyatlaridan xabardor bo’lishlari lozim.
Ishlab chiqarish sistemalarining asosiy elementlaridan biri bu texnologik jarayondir. Texnologik jarayon bu-mehnat qurollari holati o’zgaruvchi yoki ta’minlovchi xarakatlardir. Texnalogik jarayonlar texnalogik operatsiyalardan iborat va u bitta ish joyida bajariladi. Texnalogik rejim – texnalogik jarayonning o`zgaruvchi qiymatlaridir. Texnalogik jarayon matematik tarzda quyidagicha shakllanadi.

Download 25.44 Kb.
  1   2   3




Download 25.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Маьруза. Автоматлаштириш объектларининг характеристикаси ва турлари, асосий хоссалари. Бошқарув объектларининг статик ва динамик тавсифлари. Автоматлаштириш объектларини математик ифодалаш

Download 25.44 Kb.