• Kiyimning obrazli ifodaviyligi. Kompozitsiya
  • Kompozitsiya kategoriyalari
  • 2–– Ma’ruza Kompozitsiya kategoriyalari




    Download 1.86 Mb.
    bet1/4
    Sana01.08.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #16429
      1   2   3   4

    2–– Ma’ruza

    Kompozitsiya kategoriyalari

    (Kostyum kompozitsiyasida tektonika, shakl va uning xususiyatlari, kostyum siluet, kiyimdagi asosiy chiziqlar va kiyim shaklining vazni)
    Reja

    1. Kiyimning obrazli ifodaviyligi. Kompozitsiya kategoriyalari

    2. Kostyum kompozitsiyasida tektonika.

    3. Kostyum kompozitsiyasida shakl va uning xususiyatlari.

    4. Kostyum siluet.

    5. Kostyum kompozitsiyasidagi asosiy chiziqlar.

    6. Kastyum kompozitsiyasida massa.


    Kiyimning obrazli ifodaviyligi.

    Kompozitsiya – badiiy asar shaklining barcha elementlarini mazkur asarning obrazli g’oyaviy-badiiy mazmunini ifoda etuvchi uzviy bir butunlikka birlashtirish

    Kiyim kompozitsiyasi — kiyim shakli barcha elementlarini uning mazmunini ifoda etadigan birlikni barpo etilish vositalari yordamida tuzib chiqish. Kiyimning mazmuni uning nimaga mo’ljallanganiga qarab belgilanadi. Kiyim shaklining kompozitsiyasi uning mazmunini ochib berishga olib kelishi kerak.

    Xar qanday badiiy asarda uni tashkil etgan barcha elementlar o’rinli bo’lishi kerak. Ortiqcha yoki muallif fikrini yetarlicha yaxshi ifoda etmaydigan nimaiki bo’lsa, xammasi olib tashlanishi kerak. Kompozitsiya maxsus badiiy tildan iborat bo’lib, uning yordamida san’atkor borliqni aks ettiruvchi g’oya va tuyg’ularni tasvirlab beradi. Badiiy obraz borliq in’ikosining estetik shakli xisoblanadi. Kiyimning badiiy obrazi bu kiyimning konkret vazifasini va borliqni aks ettiruvchi asosiy g’oyani ifodalovchi modelning umumiy qiyofasi. San’atkor yaratgan xar bir modelning obrazi insonga ta’sir etishga qodir emotsnonal va ta’sirchan bo’lishi kerak. Kiyim xar yerda va xamma vaqt odam bilan birga bo’lib, unga ishonch, qadr-qimmat, optimizm tuyg’ularini baxsh etishi yoki aksincha, uni tushkunlik va xafalik xolatiga duchor qilishi mumkin.

    Shunday qilib, kiyimning obrazli ifodaviyligiga kompozitsiya san’ati vositasida, ya’ni kiyimni tashkil etuvchi xajmlar, ranglar, chiziqlar, detallar va bezak elementlarini yagona uzviy bir butun qilib birlashtirish vositasida erishiladi. Biroq- modelerning kiyim va butun kostyum obrazi ustidagi ishi eng muxim jixatga, ya’ni vazifa nuqtai nazaridan qulay, xayotda o’rinli kostyum yaratishga bo’ysundirilgan bo’libgina qolmay, balki ifodali bo’lishi xam kerak.

    Kompozitsiya san’ati san’atkorning qiziq va muxim jixatlarni ko’ra bilish va aloxida tarqoq komponentlarni bir butunlikka uyushtira bilish maxoratidan iborat. Rassom Kramskoy shu fikrni mana bunday ifoda etgan: «Toki rassom kuzatishni, qiziq va muxim narsalarni o’zi sezadigan bo’lishni o’rganib olmaguncha kompozitsiyani o’rganib ololmaydi. Faqat o’zi sezadigan bo’lgan paytdan boshlabgina unda ilg’ab olganining moxiyatini ifoda etish imkoniyati boshlanadi; qachonki u g’oyaning jumbog’i qaerdaligini tushunsa, o’shanda uning ta’riflashigina qoladi-da, kompozitsiya o’z-o’zidan kelib chiqadi ».

    Modeler-rassom o’z ishida uning tasavvuri va fangaziyasini ozuqa berib boyitadigan turli ijodiy manbalarga murojaat etadi. Xalqning tarixiy o’tmishi va xozirgi jamiyat xayoti, atrof-tabiatning xilma-xilligi, tarixiy kostyumlar va xalq kostyumlarining boyligi, badiiy adabiyot, muzika, kino, teatr va xokazolar xozirgi zamon rassomi ijodining manbalari bo’lib xizmat qiladi. Rassom uylarini yetishtirishga va konkretlashtirishga yordam beradigan ayrim motivlardan foydalanib, ana shu manbalardan o’z g’oyalari va obrazlarini to’plab boradi.

    Kompozitsiya kategoriyalari

    Kompozitsiya nazariyasi kuzatilayotgan xodisalar orasidagi eng umumiy va eng muxim aloqalar va munosabatlarni aks ettiruvchi kategoriyalarga asoslangan bo’ladi. Kostyum kompozitsiyasida tektonika bilan xajmiy-fazoviy struktura ana shunday kategoriyalar xisoblanadi.



    Download 1.86 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2–– Ma’ruza Kompozitsiya kategoriyalari

    Download 1.86 Mb.