Tektoniklik – Tektonika shakldagi konstruktsiya va material bajarayotgan ishining ko’zga ko’rinib turadigan aksidir. Tektonik shakl




Download 1.86 Mb.
bet2/4
Sana01.08.2021
Hajmi1.86 Mb.
#16429
1   2   3   4
Tektoniklik – Tektonika shakldagi konstruktsiya va material bajarayotgan ishining ko’zga ko’rinib turadigan aksidir.

Tektonik shakl — bu sanoat buyumi shakli konstruktsiyasining va tayyorlanish usulining material xususiyatlarini badiiy tushunib etish, ularni ko’rsatib berish nuqtai nazaridan ifoda topgan ishi. Material yoki tayyorlanish usuli tektonik shaklni topish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Rassom material xususiyatlarini, uning konstruktsiyadagi ishini va buyumning tayyorlanish texnologiyasi xususiyatlarini-bularning xammasini umumiy g’oyaga, ya’ni badiiy va kompozitsion mo’ljalga bo’ysundirib ongli ravishda tanlaydi, topadi, bo’rttirib ko’rsatadi. Xar bir materialning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu xususiyatlar muayyan shaklga asos qilib olinadi. Masalan, shifondan bo’laklar minimal miqdorda. bo’lgan mayin, plastik, yengal shakl yasalsa, parchadan qattiq, «quruq», geometrik shakl yasaladi.

Materialdan buyumning qanday ishlash nuqtaiy nazaridan foydalanish xar qanday buyumning chinakam tiktonikligiga erishishning muxim shartadir. Agar muayyan materialning potentsial-konstruktiv imkoniyatlaridan foydalanilmasa yoki, bundan xam yomoni, uni g’ayritabiiy tarzda ishlashga majbur etilsa (masalan, zich to’qilgan, dag’al gazlamadan drapirovka qilinsa yoki yumshoq, plastik gazlamadan aniq geometrik siluet loyixalashtirilsa), unda tektonika buzilishidan qutilib bo’lmaydi. Odamning xarakatlari natijasida chinakam zo’r kelishlar xisobga olinmasa, shakl konstruktsiyasini ishlayotganda notektoniklik yuzaga keladi (masalan, siyrak strukturali mayin gazlamalardan gavdaga yopishib turadigan siluetli ko’ylakda xar xil burtmalar va mayda bo’laklar ko’p bo’lganda).

Qachonki tektonika muayyan badiiy yaxlitlikning uzviy qismi bo’lsa, shundagina u aniq-ravshan va ifodali bo’lib chiqadi. Fan- texnika revolyutsiyasining yutuqlari - yangi materiallarning paydo bo’lishi tektonikaga katta ta’sir ko’rsatadi.

Nima uchun tektonika kompozitsiyaning asosiy kategoriyalaridan biri xisoblanadi. Gap shundaki, konstruktsiya va shaklning konkret materialda ifoda topgan o’zaro bog’liqligi—bu eng muxim jixat bo’lib, u butun buyumning kompozitsiyasini va shu kompozitsiya ustida olib borilgan ishni, ya’ni kompozitsion priyomdan boshlab va shakl xarakterini xamda uning nyuanslarini topishga qadar kompozitsiya vositalaridan foydalanishgacha bo’lgan ishni belgilab beradi.

Kostyum xajmiy-fazoviy shaklining xususiyatlari. Xar bir buyum shakliga uning xamma elementlarining bir-biri bilan va fazo bilan o’zaro muayyan ta’sir etishi nuqtai nazaridan qarash, ya’ni uni xajmiy-fazoviy struktura, deb xisoblash mumkin. Bu struktura ba’zan oddiy va ixcham, ba’zan esa juda murakkab bo’ladi. Xajmiy-fazoviy strukturaning murakkablik darajasi qandayligidan qat’i nazar undagi barcha elementlarning o’zaro aloqadorlik sistemasi tektonika bilan bir qatorda chinakam uyg’unlikka erishishda xal qiluvchi axamiyatga ega bo’ladi.

Kompozitsiyaning ikkita asosiy kategoriyasi o’zaro mustaxkam bog’liqdir. Tektonikaning buzilishi (konstruktiv asos ishining soxta aks etishi) sanoat buyum xajmiy-fazoviy strukturasi elementlarining uzviy aloqadorligiga albatta ta’sir etadi, shuningdek xajmiy-fazoviy yechimning printsip jixatidan noto’g’ri xal etilishi tektonik xarakterdagi xatoliklarga olib keladi.

Kostyum yaratayotganda uning nimaga mo’ljallanganligini va qanday sharoitda ishlatilishini bilish kerak. Kostyum qulay, ishbop va chiroyli bo’lishi kerak. Shuning uchun kastyumning shakli konstruktiv xal etilishi, materiallarning tanlanishi, bezaklari va rangi uning asosiy vazifalariga, ya’ni estetik va amaliy vazifalariga itoat etgan bo’ladi.

Qismlarning muayyan tartibda tashkil topganligi, ya’ni strukturasi kostyumni xarakterlab beradi. Struktura deganda obrazli, funktsional va texnik yyechimga bog’liq bo’lgan geometrik shakl elementlarining muayyan fazoviy sistemasini tushunish kerak. Geometrik shakl (to’g’ri: to’rtburchak, trapetsiya, oval, uch- burchak va xokazo) kostyum shakli strukturasining elementlari xisoblanadi.



Umuman- shakl va uning qismlarining geometrik ko’rinishi, shaklning katta-kichikligi va uning-massasi kostyum shaklini xarakterlaydi.



Download 1.86 Mb.
1   2   3   4




Download 1.86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tektoniklik – Tektonika shakldagi konstruktsiya va material bajarayotgan ishining ko’zga ko’rinib turadigan aksidir. Tektonik shakl

Download 1.86 Mb.