|
Neft va gaz qazib olish jihozlari
|
bet | 3/4 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 195,27 Kb. | | #132045 |
Bog'liq 2-маъруза (1)1.3. Neft va gaz qazib olish jihozlari
I guruh. Quduqning stvolini shakllantiruvchi mustahkamlash tizmasining quvurlari va uning ishonchliligini ta’minlagichlar.
Tizma boshchasi, u quduq ustini mustahkamlash tizmasi bilan bir tugunga birlashtiradi, bir vaqtda quduqqa ishlatish uchun tushiriladigan vositalarning qismi bo’lib xizmat qiladi.
Filtrlar bilan quduqning mahsuldor qatlamidagi suyuqliklar yoki gaz filtrlanadi.
Qirquvchi-klapanlar qatlam filtrining ustiga o’rnatiladi, quduqda ochiq, falokatli favvora bo’lishining oldini oladi. U favvoralovchi quduqlarda jihozlanadi.
Pakerlar quduqlarni uchastkalarga ajratishda va ularni germetiklashda o’rnatiladi.
Quduq oldi inshootlariga quduq usti zonasida xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlashga xizmat qiladigan maydonlar kiradi.
Mustahkamlash quvurlari konstruktsiyasi va nominal o’lchamlari bilan bir-biridan farq qiladi. Tizma boshchalari har xil konstruktsiyada hamda har xil o’lchamlarda va parametrlarda, har xil chuqurlikdagi quduqlar uchun, har xil muhitga va bosimlarga mo’ljallab tayyorlanadi va tashib kelinadi. Quduqlarda filtrlardan tashqari mustahkamlash quvurlarni perforatsiya qilib tayyorlangan turli, graviyli, metall, keramik filtrlari ko’p sonli variantlarda va har xil konstruktsiyalarda qo’llaniladi. Yaqin yillarda yaratilgan Qirquvchi – klapanlar, pakerlar va yakorlarning yangi har xil turlari qo’llaniladi, ular o’rnatish tartibi, o’lchamlari, materiallari va tasniflari boyicha pakerlarga o’xshashdir. Quduq oldi inshootlari gorizontal betonlangan yoki gruntli maydonli bo’ladi va botqoqliklarda joylashgan territoriyalarda yoki dengiz akvatoriyalarida, quduq oldi inshootlarini joylashtirish murakkablashadi. Bunda yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan, yirik o’lchamli metall konstruktsiyalaridan maydon uchun asos sifatida foydalaniladi.
II guruh. Bu jihozlar faqat favvorali neft, gaz yoki gazkondensat quduqlarini ishlatishga mo’ljallangan. Jihozlar ko’targichdan, favvora armaturasi va manifold tashkil topgan bo’ladi, quduq ichidan yer ustiga mahsulotni ko’tarib beradi, favvoralanishni boshqaradi va nazoratini ta’minlaydi hamda quduqning optimal ish rejasini saqlab turadi.
Gazlift jihozlari ko’targichga siqilgan gazni uzatish orqali quduqlarni ishlatishga mo’ljallangan. Bu jihozlarga qoyirish va ishchi klapanlarning gazlift ko’targichining jamlamasi, gazlift armaturasining majmuali o’lchov asboblari bilan manifoldi, kommunikatsiya–quvur uzatmalarning murakkab tarmog’i, avtomatlashtirish va boshqarish vositalari bilan quduqqa gazni uzatgichlar kiradi. Motokompressorli gaz kompressor stantsiyasi quduqga gazni uzatishda va siqib berishda qo’llaniladi, berilgan energiya yordamida quduq ichidagi suyuqlik yer ustiga ko’tariladi.
Bekituvchi qurilmalar–neft, gaz va suv uzatmalarini bekitishda va germetiklashda keng qo’llaniladigan jihozlarning turiga kiradi. Bekitish qurilmalari favvora armaturasida suyuqlik yoki gazni oqimini boshqarish hamda gazlift va boshqa turdagi quduqlarni ishlatishda qo’llaniladi.
Nasos kompressor quvurlari neft va gaz qazib olish sanoatida keng qo’llaniladi. Quduqlarni favvora, gazlift va mexanik usullarda ishlatishda ko’targichlar sifatida foydalaniladi hamda har xil turdagi texnologik jarayonlarda, yuqori bosimli quvurlarda ko’pincha burg’ilash jarayonida ham qo’llaniladi.
Mexanik uzatmali shtangali nasoslar neft sanoatida keng qo’llanilmoqda, ular yordamida quduqlarning ikki qismi ishlatiladi. Jihoz shtangali nasos yordamida suyuqlikni ko’tarishga mo’ljallangan. Guruhga quduq nasosi mansub bo’lib, nasos kompressor quvurlar yordamida harakatga keltiriladi. Nasos shtangasi va yer usti uzatmalari kiradi, energetik qurilma va mexanik aylantirgich valning aylanma harakatini shtanga tizmasini ilgarilanma – harakatini uzatuvchi qurilmadir.
Gidravlik uzatmali shtangali qurilmada mexanik aylantirgichni o’rniga gidravlik qurilmaning qo’llanilishi bilan farq qiladi, metall sarfini, massasini keskin kamaytiradi, qurilmaning tagiga quvvatli poydevor qurish talab qilinmaydi. Mexanik uzatmali qurilmaning gidravlik uzatmalarining ko’p sonli turlari mavjud, o’lchamlari konstruktiv variantlari har xil parametrlarga va tasniflarga ega.
|
| |