Android operatsion sistemasi




Download 457,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.02.2024
Hajmi457,9 Kb.
#159180
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Maruza

Android operatsion sistemasi. Android – Linux OS yadrosida yaratilgan 
ochiq kodli, portativ operatsion sistema (OT) bo‗lib, smartfonlar, 
kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitob- lar, raqamli 
pleyerlar, qo‗l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. 
Android (yunoncha so‗z bo‗lib, ikki bo‗g‗inni - «erkak» va «o‘xshash») - 
odamsifat robot ma‘nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android 
operatsion sistemai logotipida robot tasvirlangandir. 
Android operatsion sistemasi operatsion sistemalar ichida yetakchilik 
(liderlik)ni bermay kelayotgan va iOSning asosiy raqobatchisi hisoblanadi. 
Samsung bu platforma uchun smartfonlar ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyalardan biri 
bo‗lib, ―Samsung-Android qiroli‖dir. Bundan tashqari 
Android smartfonlarni LG, HTC, Sony, Lenovo, Motorolla va boshqa kompaniyalar ishlab 
chiqaradi. 
2005-yilning iyulida Google korporatsiyasi Android Incn. firmasini 130 mln. dollarga sotib oladi 
va o‗zi bu operatsion sistemani chiqarishni davom ettiradi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open 
Handset Alliance (OHA) tuzilganligini e‘lon qilib, birinchi ochiq mobil Android sistemasini 
namoyish etdi. 
2008-yilning 23-sentabrida Android operatsion sistemasining birinchi versiyasini namoyish etdi. 
Birinchi versiya chiqqanidan so‗ng sistema bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar sistemada 
aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo‗shdi. 
2009-yilda platformaning to‗rtta yangilashlari (update) chiqdi. Shunday qilib, 2009-yilning 
fevralida turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 
―Cupcake‖ va 1.6 ―Donut‖ yangilashlari chiqdi. 
―Cupcake‖ versiyasiga bir qancha o‗zgartirishlar kiritildi: virtual klaviatura, video yozish va 


tomosha qilish, brauzer va boshqalar. ―Donut‖da birinchi marta CDMA tizimlarini qo‗llash paydo 
bo‗ldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni 
qo‗llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 ―Éclair‖ operatsion sistemasi chiqdi. 
―Éclair‖ 2.1 versiyasida ―jonli rasmlar‖ paydo bo‗ldi va ekran blokirovkasinining ko‗rinishi 
o‗zgardi. 
2010-yilning o‗rtasida Google Android 2.2 ―Froyo‖ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa 
Android 2.3 ―Gingerbread‖ namoyish etildi. Bu yangilashlar an‘anaviy blokirovkani raqamli yoki 
harf- raqamliga o‗zgartirdi, ―Kesish, nusxa ko‗chirish, qayta qo‗yish‖ funksiyalarini soddalashtirdi 
va hokazo. 
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 ―Honeycomb‖ versiyasi namoyish etildi. Uning asosiy 
yangiligi planshetga moslashtirilgani edi. 
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 ―Ice Cream Sandwich‖ – birinchi universal 
sistema (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi. 
2012-yilda sistemaning yangi versiyasi – ―Jelly Bean‖ chiqdi va iyun oyida 4.1 raqami ostida 
namoyish etilib, oktabr oxirida yangilangandan so‗ng 4.2 ga o‗zgardi. 
Android OSda ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentyabrida HTC kompaniyasining 
HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish 
etilgan) bo‗ldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OSda moslamalar 
chiqarish so‗rovlari paydo bo‗ldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi 
(Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google 
kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda o‗zining ―Google Nexus‖ 
moslamalarini Android OS ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo‗lib yangi 
versiyalarda chiqarilgan. 

Download 457,9 Kb.
1   2   3   4   5




Download 457,9 Kb.
Pdf ko'rish