2-ma’ruza. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ulardan texnik tizimlarda foydalanish. (Cad/cae/cam-tizimlari) Mashinasozlik sohasida alt. Altda qo’laniladigan modellar va parametrlarini tasnifi




Download 101.29 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2022
Hajmi101.29 Kb.
#17926
1   2
Bog'liq
2-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik sohalarda qo\'llanilishi.

Konstruksiyalash tushunchasi.
Loyihalash jarayoni ichida, hisoblash bosqichlari bilan birga tajriba tadqiqoti, ko’pincha konstruksiyalash jarayoni deb yuritiladi.
Konstruksiyalash—ishlanadigan ob’ektni bunyod qilishni material obrazi faoliyati,natural ko’rinishini tuzish ishiva uning grafik aksi.(chizmasi, eskizi,komp’yuter modeli). Bu model va ko’rinishlar, shuningdek buyimni ba’z ibir ko’rinishlari konstruktsiya deb ataladi.
Ko’pincha «konstruksiya»so’zi «tuzilish», «ko’rinish»sifatida foydalaniladi, Konstruksiyalash ko’pincha amalga oshiriladi:

  • chizma asboblar yordamida qo’lda, masalan chizma stolda;

  • avtomatlashtirilgan holda—loyihalash ishlarini avtomatlashtirish yordamida loyihalash ishlarini avtomatlashtirish (LIAT);

Avtomatik (odam qatnashmasdan) intelektual information tizim yordamida (IIT).
2. Loyihalash bosqichlarida ishlatiladigan model va parametrlar klassfikatsiyasi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari strukturasi. turlari.
Ishlanadigan ob’ekt turiga qarab loyihalash faoliyat quydagi turlarga bo’linadi: Texnik tizimlarni loyihalash, shundan

  • Texnik loyihalash (texnik qurilma va jixoz);

  • Elektrotexnik loyihalash(elektrotexnika va elektr ta’minot);

  • Muhandislik tizimlarini loyihalash(shamollatish, gazuzatkich, elektr tarmoqlari, elekttr tarmoqlar, infratuzilmalar);

Qurilishda, bundan

  • Arxitektura-qurilish loyihalari(bino va boshqa er ustidagi ob’ektlar);

  • Sanoat ob’ektlarini loyihalash;

  • Transport va transport infratuzilmalari (yo’llar,ko’piriklar va boshqalar);

  • Dizayin,shundan

  • Dizayin inter’er;

  • Sanoat dizayin;

  • Landshaft dizayin;

  • Dasturiy ta’minot loyihasi;

Ijtimoiy loyiha, sotsiologiya shundan
Ijtimoiy bashorat loiyhasi Uning maqsadi —reja oldidan ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari.
Boshqa turdagi loyihalar.
Tizimli va optimal loyihalashlar.
Loyihalash, maqsadi bu nafaqat samarali funktsiyalar echimini izlashgina bo’lmay, balki turli insonlarni extiyojini qondirish , asoslangan oxirgi qabul qilingan holatni optimal loyihalash deb yuritiladi. Bu 20 asrni ikkinchi yarmidan qabul qilingan nazariy tadqiqot operatsiya echimlari hisobiga va xisoblash texnikasini keng qo’llash, mahsus uslublar bilan bir qancha holatda va murakkab matematik masalalarni echish orqali qo’llanila boshlandi. Optimal loyihalashda katta ahamiyat texnik topshiriq bosqichidagi loyihalanayotgan ob’ektga qo’yilgan to’liq talablar ro’ihati beriladi, bu ko’rsatkichlar o’rtasida sifat ko’rsatkichi hamda optimallashtirish mezonidir. Bu borada yapon firmalarini tashabbusi—«Biz texnikani bunyod etmaymiz, biz insonlarni bunyod qilamiz». Ilmiy texnik mahsulotga namunaviy talablar: ishonchlilik, texnologiyalilik, standartlashtirish va unifikatsiya zararli ta’sirlarni chegaralash (ergonomiyalilik va ekologiyalilik) estetikalilik, tejamlilik patentli xuquq hisoblanadi. Tizimli loyihalash qo’yilgan fazifani kompleks echadi, aloxida ob’ektlar-tizim va o’zaro ta’sir va o’zaro aloqalarga, ularning o’zaro qismlari sifatiga,shuningdek tashqi muxitga, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologiyaga ta’sirlariga ularni faoliyat ko’rsatishiga ahamiyat beradi.
Tizimli loyihalashning omillari. Tizimli loyihalash, tizimli yondoshishga asoslanadi. Tizimli loyihalashning Omillariga: Amaliy foydalilik:
Faoliyat maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak;
Faoliyat maqsadli bo’lishi kerak;
Faoliyat asosli va samarali bo’lishi kerak;
Optimal variantni izlashga asoslanishi kerak;
Tarkibiy qismlar birligi:
Har qanday ob’ekt tizim sifatida ko’rilishi kerak; soda qismlar tizim osti sifatida Ko’rilishi kerak;
Ishlangan ob’ekt odamlar uchun ko’rilishi bunyod qilinishi va ekspluatatsiya qilinishi kerak;
Loyihalash tuzilishning asosiy bosqichlari tarkibiga:
Texnik topshiriq (TT) — ishlanayotgan ob’ektning asosiy tavsiyalari belgilanadi, uning texnikva taktik-texnik tavsifnomasi, sifat ko’rsatkichlari va texnik-iqtisodiy talablar,bosqichlarda kerakli hujjatlarni ro’yxati, shuningdek buyimga mahsus talablar. Texnik taklif (TTF)—hujjatlar jamlanmasi, loyihani ishlashni texnik va texnik-iqtisodiy maqsadini asoslash yig’indisi (TIO). Bunday xulosa TT tahliliga asosan va turli variantlar echimi bo’lishi mumkin bo’lgan holda,ularning ishlov beriladigan va mavjud buyimlarni taqoslama bahosi, shuningdek patently materiallarga beriladi. Belgilangan tartibda kelishilgan va asoslangan eskiz loyiha ishlovi texnologik jarayonni(TJ) tasdiqlanganlari hisoblandi. Eskiz loyiha (EL)—omilli echimga ega bo’lgan va tuzilish bo’yicha umumiy holatni bayon qiladigan hujjatlar jamlanmasi va ob’ektda printsipli ishlar ishlovi, shuningdek uning vazifasini aniqlaydigan asosiy ko’rsatkichlar gabarit o’lcham to’g’risidagi ma’lumot. Texnik loyiha  (TL)—oxirgi texnik qarorni qabul qaladigan, loyihalanadigan ob’ekt to’g’risida to’liq ma’lumot beradigan, ishchi hujjatlar ishlovining dastlabki ma’lumoti hujjatlari jamlanmasi. Ishchi loyiha bosqichi (IL) dastlabida tajriba ko’rinishga va uni sinovdan o’tkazishni to’liq hujjatlari ishlanadi. Sinash bir qator bosqichlardan tashkil topadi (zavoddan to qabul –topshirishgacha), bularning natijasi bo’yicha loyiha hujjatlarga tuzatish kiritiladi. Bundan buyon belgilangan seriyani tayorlash uchun, uni sinash, buyimning asosiy tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish jarayonini yoritish. Bu bosqich bo’yicha ham yana loyiha hujjatlariga tuzatish kiritiladi va bosh seriya(nazoratdagi)ni ishlab chiqish uchun ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi.Hujjatlar asosida buyimlar ishlab chiqarishni oxirgi qayta ishlangan va tekshirilgan ishchi to’liq texnologik jarayonni yoritilgan hujjatlari tuziladi. Sertifiqatsiya—Bosqich ishi davomiyligi tugallanadi,loyihalash faoliyatiga yakun yasaladi loyihalash hujjatlarini ishlash jarayoni echiladigan masalani murakkabligiga qarab bir qancha bosqichlarni birastirish mumkin. Texnik topshiriq va texnik loyiha birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarit(ITI), texnik taklif va eskiz loyiha—tajriba –konstruktorlik ishi (TKI). Har qanday masala uni fikirlash va dastlabki ma’lumotlarni aniqlashtirishdan boshlanadi. Buyritmachi texnik talab (TT) berishidan boshlanadi, mutaxassis bo’lmagan istemolchi tomonidan boshlanadi, u har doim ham aniq bo’lmaydi. Talabni predmetli til soxasiga keltiriladi, uni aniqlashtiriladi, uning kerakli echimlari asoslanadi Texnik topshiriq (TT)—birinchi va ishning majburiyatli bosqichi. Bajaruvchi buyritmachi bilan birgalikda bajaradi. Bu bosqich mashinasozlikda tashqi loyihalash deb ataladi. Bosqichning asosiy natijasi sifat ko’rsatkichlari tizimi hisoblanadi. Keyingi bosqichda ichki loyihalash paydo bo’ladi. Bu echim topishga qaratilgan va ishlovchi tomonidan bajariladi. Tasir omilini sintez qilish bosqichiga kiradi. Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.
Fan quydagi mutahasislik bilimlarini egallash imkonini berishi kerak:

    • Zamonaviy uslublarni rivojlanish mashinaqurilish ishlab-chiqarishini loiyhalash-texnologik tizim va vositalarini ta’minlash;

    • Mashinasozlik buyimlari ishlovi va ekspluatatsiyasidagi CAPR TL pogressiv uslublari;

    • Komp’yuter texnikasidan foydalangan holda TL dagi matematik modellarni uslublarini bunyod qilish va tadqiq qilish.

ALTni tarkibi va strukturasi
Har qanday TJ ALT kompleks texnik vositalar, dasturiy-uslubiy kompleks va xizmat ko’rsatuvchi personal tashkil qiladi.
Kompleks texnik vositalar tizimga ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni ta’minlashni ko’zda tutgan, tizimda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, aks ettirish va ma’lumotlarni loyihalovchi uchun qulay holdagi shakilda berish, shuningdek loyihalashdagi ma’lumotlar ishlov jarayonini boshqarish. TJ ALT texnik vositasiga xisoblash texnikasi, pereferiya tuzlishi(asosan ma’lumotni kiritish-chiqarish uchun qo’llaniladi), tarmoq jixozi ixtisoslashgan AIJ kiradi.

  • Invormatsiya-TJ ALT da foydalaniladigan loyiha ychimlarini ishlash uchun ma’lumot-odatda hujjatlardagi;

  • Matematik-matematik uslublar yig’indisi, madel va algoritmlar, bevosita loyihalash muolajalarini bajarish uchunkerak;

  • Lingvistik-TJ LATI da foydalaniladigan loyihalash tilini muammosiga-mo’ljallangan maxsus ma’lumoti;

  • Dasturiy-barch kompleks dastur va ekspluatatsion hujjatlar unga odatdagi tekstli hujjatlar yoki mashinali tashuvchilar;

  • Uslubiy-TJ LATI ni umumiy yozuvlaridan iborat komplekt hujjatlar; avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish bo’yicha ma’lumotlar;

  • Tashkiliy-komplekt hujjatlar( yoriqnoma,shtat jadvali, qoidalar), ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari (1.1-rasm). Vositalar kompleksini ikki turga: bir turdagi ta’minlash vositalari kompleksiga (texnikaviy, dasturaviy, informatsion) va kombinatsiyalashgan vositalar kompleksiga ajratishadi. Bir turdagi ta’minot vositalari komplekslari bir turdagi ta’minlash komplekslaridan va (yoki) komponentlaridan tarkib topadi; kombinatsiyalashgan vositalar komplekslari esa, har xil turdagi ta’minlash komplekslari va komponentlari majmuidan tashkil bo‘ladi. Vazifasi ishlab-chiqarish-texnikaviy bo‘lgan mahsulotlarga taalluqli kombinatsiyalashgan ALTVKlar ikki turga bo‘linadi:

Dasturaviy-metodik kompleks (DMK);
Dasturaviy-texnikaviy kompleks (DTK).
Dasturaviy metodik kompleks loyihalash ob’ekti (ob’ektning bir yoki bir necha qismi yoki bir butun ob’ekt) bo‘yicha tugal loyiha echimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan dasturaviy, informatsion va metodik ta’minotlar (matematik va lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.
Vazifasi bo‘yicha DMKlar umumtizimiy DMKlarga va bazaviy DMKlarga bo‘linadi; bazaviy DMKlar o‘z navbatida muammoga yo‘nalgan va ob’ektga yo‘nalgan DMKlarga bo‘linadi. Dasturaviy-texnikaviy kompleks DMKlarning texnikaviy ta’minotning komplekslari va (yoki) komponentlari bilan o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat. Vazifasi bo‘yicha DTKlar avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) va markaziy hisoblash komplekslari (MHK)ga bo‘linadi. Vositalar komplekslari o‘zlarining hisoblash va informatsion resurslarini birlashtirib nimtizim yoki butun tizimlarning lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishi mumkin. Dasturiy informatsion, metodik, matematik, lingvistik va texnikaviy ta’minot turlarining komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi. ALTVK funktsiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o‘zaro moslashuvini ta’minlagan holda ishlab chiqish hisobiga erishilishi kerak.

2.1-rasm. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari


Loyihalanayotgan ob’ektlar parametrlariga misollar.
Porshenli kompressorlar uchun:
Chiquvchi parametrlar – kompressor unumdorligi, dvigatel quvvati, yonishning Maksimal bosimi, sikllar soni, yonilg‘i sarfi;
Ichki parametrlar – klapanlardan oqib o‘tish koeffitsienti, ishqalanish koeffitsientlari, Ichki bo‘shliqlarning geometrik o‘lchamlari;
Tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati, so‘rishning birinchi bosqichida gaz Bosimi, chiqarish tizimidagi qarshilik.
Elektron kuchaytirgichlar uchun:
Chiquvchi parametrlar – o‘rta chastotalarda kirish qarshiligi, yoyilib ketish quvvati;
Ichki parametrlar–rezistorlar qarshiligi, kondensatorlar sig‘imi, tranzistorlar parametrlari;
Tashqi parametrlar – yuk sig‘imi va qarshiligi, ta’minlash manbalari kuchlanishlari.
Optik pribor uchun:
Chiquvchi parametrlar – sferik abberatsiya, koma, asttimatizm, tizimning fokus masofasi;
Ichki parametrlar – linzalar sirtlarining radiuslari va ular orasidagi masofa;
tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati va sh.k.
Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi va uning vazifalari.
Texnik ob’yektlarni loyihalash – hali mavjud bo’lmagan ob’yekt obrazini yaratish, o’zgartirish va taqdim etish jarayonidir. Ob’yekt yoki uni tashkil qilgan qismlar obrazi inson hayolida ijodkorlik natijasida yaratilishi yoki kompyuter va insonning o’zaro aloqasi jarayonida ba’zi-bir algoritmlarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin. Nima bo’lishdan qat’iy nazar muhandislik loyihalash jamoatning ba’zi bir texnik ob’yektlarga bo’lgan extiyogi borligi tufayli boshlanadi. Texnik ob’yektlar qurulish ob’yektlari, ishlab chiqarish mahsulotlari yoki jatayonlar bo’lishi mumkin. Barcha loyihalash jarayonini yoki uning bir qismini yechish inson va kompyuterning o’zaro aloqasi orqali amalga oshiriladigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb ataladi. Avtomatlashtirilgan loyihalashni amalgam oshiradigan tizim avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini tashkil qiladi. (ingliz tilidan olinganda CAD System — Computer Aided Design System). Murakkab ob’yektlarni loyihalash bir qator nazariya va yondashuvlarda ifodalangan g’oya va prinsiplarni qo’llashga asoslangandir. Murakkab tizimlarni loyuhalshning turli usullarini o’zida qamragan g’oyalardan tashkil topgan tizimli yondashuv har tomonlama umumiy yondashuv hisoblanadi. Tizimli yondashuvning asosiy umumiy prinsipi murakkab tizimlarni ularning o’zaro aloqasini hisobga olgan holda qabul qilishdan iborat. Tizimli yondashuv tizim tuzilishini yaratish, aloqalarni turlarga bo’lish, atributlarni aniqlash, tashqi muhit ta’sirini tahlil qilish kabi jarayinlarni qamrab olgan. Loyihalash bosqichlari- vaqt o’tishi bilan rivojlanib boradigan jarayon kabi loyihalashning katta bo’lagidir. Umumiy holda bosqichlar ilmiy-tadqiqot ishlari, loyiha eskizi yoki tajriba-konstruktorli ishlari, texnik, ishchi loyiha, tajriba namunalarini sinab ko’rish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ilmiy- tadqiqot ishlari bosqichi ayrim holda loyiha oldi tadqiqoti yoki texnik takliflar bosqichi deb ham ataladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish jarayonida loyihani ishlab chiqishdagi aniqlik va puxtalik darajalari o’sib boradi, va ishchi loyiha tajriba namunalarini tayyorlash uchun yetarli darajaga keltiriladi. Har qanday murakkab tizim kabi ALT(avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) ham tizimostidan tashkil topadi(1-rasm).Loyihalash va xizmat ko’rsatish tizimosti mavjud. Loyihalash tizimostlari bevosita loyihalash proseduralarini bajaradi. Loyihalash tizimostiga misol qilib mexanik obyektlarni geometrik uch o’chovli modellashtirish, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash, sxemotexnik tahlil qilish tizim ostilari kiradi. Xizmat ko’rsatuvchi tizimostilar loyihalanayotgan tizim ostini ishlashini tashkillashtiradi, ularning birlashmasi ko’pincha ALTning tizim muhiti(yoki qobiq) deb ataladi. Xizmat ko’rsatuvchi tizimostlari bo’lib loyiha kattaliklarini boshqarish(PDM—Product Data Management), loyihalash jarayonini bosqarish(DesPM—Design Process Management), kompyuter bilan mutaxassis o’rtasida aloqa o’rnatadigan foydalanuvchi interfeysi, ALTning dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchi -CASE (Computer Aided Software Engineering) ALTda qo’llaniladigan foydalanuvchi texnologiyasini o’rganuvchi o’quv tizimostlari xizmat qiladi.



Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi. Ularning turlari va modellari.
САPR klassifikasiyasi ilovalari, maqsadi, ko’lami, ALT yadrosi baza tizimostining xarakteri kabi bir qator belgilari orqali amalga oshiriladi. Quyida ilovalari bo’yicha ko’proq ishonchli va keng qo’llaniluvchi ALT guruhlari keltirilgan:

  1. Mashinasozlik sohasida qo’llaniladigan ALT. Uni ko’pincha ALT mashinasozlik bo’yicha yoki MCAD (Mechanical CAD) tizimi deb ataladi.

  2. Radioelektron ika uchun ALT. Uning nomlari — ECAD (Electronic CAD) yoki EDA (Electronic Design Automation) tizimlar.

  3. Arxitektura va qurulish sohalaridagi ALT.

Belgilangan maqsad bo’yicha loyihalashni turli jihatlarini ta’minlovchi ALT yoki ALT tizimostlari ajratiladi. Shunday qilib MCAD tarkibida CAE/CAD/CAM tizimlar paydo bo’ladi:

  1. Funksional loyihalovchi ALT, boshqacha aytganda ALT-F yoki САЕ (Computer Aided Engineering) tizimlari;

  2. Umumiy mashinasozlikning konstruktorlik SAR — ALT-К, u ko’pincha СAD-tizim deb ataladi;

  3. Umumiy mashinasozlikning texnologik САПРi — САПР, boshqacha qilib aytganda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlari yoki САМ (Computer Aided Manufacturing) tizimlari.

Qo’llanilish ko’lami bo’yicha ALTning alohida dasturiy-uslubiy komplekslari mavjud. Masalan, so’nggi elementlar usuli bilan mos ravishda mexanik buyumlarning chidamlilik tahlili kompleksi yoki elektron sxemalar tahlili kompleksi, dasturiy(software) va texnik(hardware) ta’minotning noyob arxitektura tizimlari kompleksi.
Baza tizimosti xarakteri bo’yicha ALTning quyidagi ko’rinishlari mavjud:

  1. Mashina grafikasi va geometrik modellashtirish подсистемыsi bazasidagi ALT. Bu ALT konstruktorlash loyihalashning asosiy prosedurasi hisoblangan ilovalarga yo’naltirilgandir. Konstruktorlash jarayoni bu fazoviy forma va ob’tektlarni o’zaro joylanishini aniqlashdir. Shuning uchun bu guruhga mashinasozlik sohasidagi ALTning ko’pgina grafik yadrolari kiradi.

  2. MMBT bazasidagi ALT. Ular qiyin bo’lmagan matamatik hisoblashlar orqali ko’p miqdordagi kattaliklarni qayta ishlovchi ilovalarga mo’ljallangan. Bunday ALT iqtisodiy-texnik ilovalarda ko’proq uchraydi. Masalan, biznes –rejalarni loyihalashda. Umuman bular mustaqil ishlatiluvchi dasturi-uslibiy komplekslardir. Bularga masalan, ishlab chiqarish jarayonini imitasion modellashtirish, oxirgi elementlar usuli bilan chidamlilikni hisoblash, avtomatlashtirilgan bosgqaruv tizimini sintez va analiz qilish komplekslari kiradi. Ko’pincha bunday ALT CAE tizimiga kiradi. Unga VHDL bazasida yaratilgan mantiqiy loyihalash dasturlari, MathCAD matematik paketi misol bo’ladi.

  3. Kompleks (integrallashgan) ALT-avvalgi turdagi подсистемlarni birlashmasidan tashki topgan. Kompleks ALTga mashibasozlikdagi CAE/CAD/CAM-tizimlari yoki ALT BIS kiradi. ALT BIS MBBT va prinsipial, mantiqiy va funksional sxemalar, kristallar topologiyasi, mahsulotni yaroqliligini tekshirish testlari komponentalarini loyihalash tizimostlaridan tashkil topgan. Bunday murakkab tisimlarni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan tizimli muhitlar ishlatiladi. CAE/CAD/CAM-tizimlarning vazifalari, xarakteristikasi va unga misollar Mashinasozlikda CAD-tizim vazufasi ikki o’lchamli(2D) va uch o’lchamli(3D) loyihalashdan iborat. 2D loyihalashga chizmachilik, konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish, 3D loyihalashga uch o’lchamli modellarni olish, metrik hisoblashlar, real vizuallashtirish, 2D va 3D modellarini o’zaro o’zgartirish funksiyalari kiradi. CAD-tizimlari “yengil” va “ogir” tizimlarga bo’linadi. Engil tizimlar 2D grafikaga yo’naltirilgan bo’lib, arzon va hisoblash resurslariga nisbatan talab kamroq. Ogir tizimlar 3D geometrik modellashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, yniversal, qimmat hisoblanadi. Ularda chizma hujjatlarni rasmiylashtirish uch o’lchamli geometrik modellarni qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.

САМ-tizimning asosiy vazifasi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, sonli boshqaruv dasturli texnologik qurilmalar uchun boshqaruvchi dasturlar sintezi, qayta ishlash jarayonlarini modellashtirish, shu bilan birga asbobni nisbiy harakat trayektoriyasi qurish, ishlov berish jarayonini tayyorlash, ishlov vaqti normalarini hisoblashdan iborat. САЕ-tizim vazifalari turli-tumandir. Sababi ular tahlil proseduralarini loyihalsh, modellashtirish, loyiha qarorlarini optimallashtirish bilan bog’liqdir. Mashinasozlik CAE tizimi tarkibiga quyidagi proseduralar uchun tuzilgan dasturlar kiradi:

  • Chidamlilik tahlili kabi fizik kattalik maydonlarini modellashtirish;

  • Makro darajada o’tish jarayonlari va holatini hisoblash;

  • Ommaviy xizmat ko’rsatish modellari asosida murakkab ishlab chiqarish tizimlarini imitasion modellashtirish.

ALTni aniq takliflarga bo’lgan ehtiyojini qulay moslashtirish, uni rivojlantirish uchun ALT tarkibida moslashtirish asboblari vositasi bo’lish maqsadga muvofiqdir. Bu vositalar kengaytirish tillarini qo’shgan holda u yoki bu CASE-texnologiyalarida taqdim etilgan. Ayrim ALTlarda original asboblar muhiti ishlatiladi.
CALS-texnologiyalari tushunchasi.
CALS-texnologiya—bu sanoat ishlab chiqarishini kompleks kompyuterlashtirishdir. Uning maqsadi sanoat mahsulotini uning faoliyat davri barcha bosqichlarida o’ziga xos xususiyatlarini standartlashtirish va unifikasiyalshdir. Asosiy o’ziga xos xususiyatlar loyiha, texnologik, ishlab chiqarish, marketing, ekspluatasiya hujjatlarida taqdim etilgan. CALS-tizimlarda kompyuter muhitida ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish ko’zda tutilgan. Avtomatlashtirishning mos tizimlari avtomatlashtirilgan mantiqiy tizimlar yoki CALS(Computer Aided Logistic Systems) deb nomlangan. Sababi mantiqiy deganda odatda zahiralarni boshqarish va ta’minlashga qaratilgan masalalar tushuniladi, CALS vazifalari esa kengroq bo’lib, sanoat mahsulotlari faoliyat davrining barcha bosqichlari bilan bog’liqdir. Bularni e’tiborga olgan holda CALS ni quyidagicha shifrdan chiqarish mumkin CALS — Computer Acquisition and LifeCycle Support. CALSni qo’llash loyihalash ishi ko’lamini qisqartirish imkonini beradi. Sababi oldindan loyihalangan jixozlar qismlari, mashinalar va tizimlar tarkibining tavsiflari CALS texnologiyasi foydalanuvchilariga kirish mumkin bo’lgan tarmoq serverlarining ma’lumotlar bazalarida saqlanadi. Turli tizim va sohalardagi mahsulotlarning yaroqliligi va integrasiyasi yechimi, ekspluatasiya sharoitlarini o’zgarishiga moslashuvi, loyihalash tashkilotlarini ixtisoslashtirish va boshqa shu kabi muammolar ancha yengillashadi. Murakkab texnik mahsulotlarning bozordagi yutug’ini CALS texnolosiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Sanoatda loyihalsh va boshqarish uchun ochiq taqsimlangan avtomatlashtirilgan tizimni qurish zamonaviy CALS-texnologiyasining asosini tashkil qiladi. Ularni qurishdagi asosiy muammo global mashtabga ega bo’lgan umumiy tizimda joy va vaqtdan qat’iy nazar kattaliklar interpretasiyasini va ularni bir hilda tavsiflashni ta’minlashdir. Loyiha, texnologik va ekspluatasion hujjatlar tuzilmasi hamda uni tasvirlash tillari standartlashgan bo’lishi kerak. U holda turli CAE/CAD/CAM tizimlarni ishlatadigan, vaqt va fazoda bo’lingan turli kollektivlarning umumiy loyihasi ustida olib borilayotgan ishning muvoffaqiyatli bo’lishi muqarrardir. Bitta konstruktorlik hujjati turli loyuhalarda ko’p marotaba ishlatilishi mumkin. Texnologik hujjat esa turli ishlab chiqarish talablariga moslashgan. Bu esa loyihalash va ishlab chiqarish umumiy davrini qisqartirish va arzonlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari tizim ekspluatasiyasi soddalashadi.
Sinov savollari:
1.Loyihalashni avtomatlashtirilgan tizimi nima?
2.Loyihalashning qanday bosqichlarini bilasiz?
3.ALT turlari va modellari?
4.Ilmiy ishlarni avtomatlashtirishning qandau vositalarini bilasiz?
5.Avtоmatlashtirilgan axbоrоt tizimlari ta`minоt qismlarini ayting.
6.Avtоmatlashtirilgan axbоrоt tizimining afzalliklarini keltiring.
7.Avtоmatlashtirilgan axbоrоt texnоlоgiyalarini qo’llash samaradоrligi aytib bering.
8.Avtоmatlashtirilgan axbоrоt tizimlarini yaratish, ishlash va rivоjlanishga qanday ta`sir ko’rsatadi.
9Avtomatlashtirilgan tizimga izoh keltiring.
10.Avtomatik tizim bilan Avtomatlashtirilgan tizim farqini tushuntiring.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Kadirov M.M. Axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma, 1-qism. –T.: “Fan va texnologiya”, 2018. -316 b.
M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Noshir”, 2009.
Download 101.29 Kb.
1   2




Download 101.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-ma’ruza. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ulardan texnik tizimlarda foydalanish. (Cad/cae/cam-tizimlari) Mashinasozlik sohasida alt. Altda qo’laniladigan modellar va parametrlarini tasnifi

Download 101.29 Kb.