2. Matematik kutubxona funksiyalari




Download 32.4 Kb.
bet1/2
Sana11.12.2023
Hajmi32.4 Kb.
#115952
  1   2
Bog'liq
MUSIQA FANIDA O\'QUVCHILAR BILAN INDIVIDUAL ISHLASH METODLARI, 7fe1df47-4d9d-4b53-9b92-08def203fbdc, Destination A1 tarjimalari (2), Xadicha mustaqil ish 1, 3-Laboratoriya ishini bajarish bo'yicha namuna, metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati, investitsiya 4 sh, PT QQ TEST - копия, PT UZ TEST - копия, Qurbonova Laylo, 11-jahon mavzulashgan, informatika-5-6-sinf-68-soat-togarak

2.Matematik kutubxona funksiyalari
Standart kutubxonaning matematik funksiyalari ko'pgina amallarni bajarishga imkon beradi. Biz bu kutubxona misolida funksiyalar bilan ishlashni ko'rib chiqamiz. Masalan bizning dasturimizda quyidagi satr bor bo'lsin: double = k; int m = 123; k = sin(m); kompilyator uchbu satrni ko'rganida,standart kutubxonadan sin funksiyasini chaqiradi. Kirish qiymati sifatida m ni berdik. Javob, yani funksiyadan qaytgan qiymat k ga berildi.Funksiya agumentlari o'zgarmas sonlar (konstanta) o'zgaruvchilar, ifodalar va boshqa mos keluvchi qiymat qaytaradigan funksiyalar bo'lishi mumkin. Masalan:
int g = 49, k = 100;
cout << "4900 ning ildizi -> "<< sqrt( g * k );
Ekranda:
4900 ning ildizi -> 70;
Matematik funksiyalar aksariyat hollarda double tipidagi qiymat qaytarishadi.Kiruvchi argumentning tipi sifatida esa double ga keltirilishi mumkin bo'lgan tip beriladi. Bu funksiyalarni ishlatish uchun math.h (yangi ko'rinishda cmath)e'lon faylini include bilan asosiy dastur tanasiga kiritish kerak.Quyida matematik funksiya-lar kutubxonasining bazi bir a'zolarini beraylik. x va y o'zgaruvchilari double tipiga ega.
Funksiya Aniqlanishi Misol
ceil(x) x ni x dan katta yoki unga teng b-n ceil(12.6) = 13.0 eng kichik butun songacha yahlitlaydi ceil(-2.4) = -2.0 cos(x) x ning trigonometrik kosinusi (x radianda) cos(0.0) = 1.0
exp(x) e ning x chi darajasi (eskponetsial f-ya) exp(1.0) = 2.71828
exp(2.0) = 7.38906 fabs(x) x ning absolut qiymati x>0 => abs(x) = x
x=0 => abs(x) = 0.0
x<0 => abs(x) = -x floor(x) x ni x dan kichik bo'lgan eng katta floor(4.8) = 4.0 butun songacha yahlitlaydi floor(-15.9) = -16.0 fmod(x,y) x/y ning qoldig'ini kasr son tipida beradi fmod(7.3,1.7) = 0.5 log(x) x ning natural lagorifmi (e asosiga ko'ra) log(2.718282) = 1.0 log10(x) x ning 10 asosiga ko'ra lagorifmi log10(1000.0) = 3.0
pow(x,y) x ning y chi darajasini beradi pow(3,4) = 81.0 pow(16,0.25) = 2
sin(x) x ning trigonometrik sinusi (x radianda) sin(0.0) = 0.0 sqrt(x) x ning kvadrat ildizi sqrt(625.0) = 25.0 tan(x) x ning trigonometrik tangensi (x radianda) tan(0.0) = 0

Download 32.4 Kb.
  1   2




Download 32.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Matematik kutubxona funksiyalari

Download 32.4 Kb.