2-mavzu. Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari «Informatsiya»




Download 22,84 Kb.
Sana10.12.2023
Hajmi22,84 Kb.
#114989
Bog'liq
2. Qurılısta


2-mavzu. Axborot kompyuter texnologiyalarini
tadbiq qilishning texnik vositalari
«Informatsiya» so’zi turli tillarda ishlatilib, ma‘nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio sozi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma‘nolarni anglatadi. O’zbek tilida informatsiya so’zi axborot deb tushuniladi.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi a‘zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta‘sirini, bog’liqlik darajasini tushunamiz. Inson Axborotni hayotdan har xil ko’rinish yoki shakllarda oladi: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovush; har xil to’lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta‘m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo. Axborotning quyidagi xususiyatlar bor: axborotning qimatli bo`lishi; axborotning to`liq bo`lishi; axborotning ishonchli bo`lishi. Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqaxususiyatlari ham bo’lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta‘kidlab o’tish joiz. Axborot quyidagi tulari mavjud; uzlukli ko’rinishli (diskret axborotlar) va uzluksiz axborotlar.
Axborot 3 ta muhim xususiyatga ega bo'lishi lozim:

  • Axborot ma'lum darajada qimmatli bo'lishi kerak;

  • Axborot to'liqlik xususiyatga ega bo'lishi lozim;

  • Axborot ishonchli bo'lishi lozim;

Yana sharoitdan kelib chiqib axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta'kidlab o'tish joiz.
Axborot turlari 2ta :

  1. Analog;

  2. Diskret;

Insonga uzluksiz ta'sir e'tib turuvchi axborotlar analog axborotlar deyiladi.

Inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli ko'rinishi diskret axborotlardir.


Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir.
Аxborot - atrof-muhit obyektlari va xodisalari,
ularning o’lchamlari, xususiyatlari va xolatlari to’g’risidagi ma’lumotlardir.
1960-yillarda Fransiyada “Informatika” atamasi yuzaga kelgan boʼlib, axborot informatio soʼzidan olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot maʼnosini anglatadi. Umuman Аxborot atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz.
Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi:
1. Matnli axborot; 2. Grafikli axborot;
3. Tovushli axborot; 4. Videolavhali axborot;
5. Belgili axborot; 6. Raqamli axborot.
Axborotning asosiy xossalari:
❑ To’liqlilik. Axborot o’rganilayotgan obyekt yoki
xodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim;
❑ Qimmatlilik. Axborot malum ma’noda qimmatli bo’lishi kerak, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug’lmaydi;
❑ Ishonchlilik. Axborot ishonchli bo’lishi kerak.
Axborotning o’lchov birliklari va axborotlarni kodlash
Har qanday kattalikni o'lchash uchun mos etalon birliklar mavjud. Masalan, uzunlikni o'lchash uchun metr, massani o'lchash uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko’lamga ega bo’lib, ularning o’lchov birligi mavjud. Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi 1 bit deb olingan. 1 bit 1 yoki 0 ga teng bo’ladi. Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi. Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi. Axborotlarni o’lchash uchun hosilaviy o’lchov birliklar ham mavjud:
1 bayt = 8 bit; 1 kilobayt(kb) = 210 bayt =1 024 bayt;
1 megobayt(mb) = 210 kb = 1024 kb =220 bayt =1 048 576 bayt;
1 gegobayt(gb) = 210 mb = 1024 mb = 230 bayt =1 073 741 824 bayt;
1 terobayt(tb) = 210 gb = 1024gb=240 bayt =1 099 511 627 776 bayt;
1 petobayt(pb) = 210 tb=1024tb = 250 bayt = 1125899906842624 bayt;
"Bit" so`zi “Binary digit” - “Ikkilik son” so'zlarini qisqartirish
natijasida olingan bo`lib, ikkilik raqam, ya'ni faqat ikkita qiymatni
oladigan son - 0 yoki 1 degan ma’noni bildiradi. Sakkizta bitlar
ketma-ketligi yoki boshqacha qilib aytganda, sakkizta 0 va 1 ikkilik belgilar (masalan, 10001101) bayt deb ataladi. 1 bayt = 8 bit.
Kompyuter klaviaturasidagi har qanday belgi (katta yoki kichik
harflar, raqamlar, belgilar, shu jumladan bo'sh joy belgisi) hajmi 1
baytni tashkil qiladi.
Endi biz matnning ma'lumot hajmini hisoblashimiz mumkin.
Undagi belgilar sonini hisoblash kerak. Olingan qiymat baytlarda
ko'rsatilgan ma'lumotlar hajmi bo'ladi.
Masalan, hujjat 30 sahifadan iborat bo'lib, har bir sahifada har biri 70 belgidan iborat 50 satr, shu jumladan so'zlar orasidagi bo'shliqlar mavjud. U holda har bir sahifada 70 * 50 = 3500 bayt ma'lumot, va butun hujjatda esa - 3500 * 30 = 105000 bayt bo'ladi. Natijadan ko'rinib turibdiki, atigi 30 varaqni o'z ichiga olgan hujjat hajmi katta son bilan belgilanadi. Gidromelioratsiya so’zida nechta bit bor?
Axborotlarni himoyalash.
Axborotlarni himoyalash ularni kodlash (shifrlash) orqali amalga oshiriladi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida komyuterda qayta ifodalash shu axborotni kodlash deb ataladi.
Axborotni himoyalashning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular axborotdagi belgilarni boshqa belgilarga almashtirish, axborotdagi belgilarni sanoq sistemalari orqali ifodalash va h.k.lar.
Axborot tеxnologiyalari dеb — biror ob’yеkt holati haqidagi yangi, sifatli axborotga ega bo’lish uchun, birlamchi axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari yig’indisidan foydalanish jarayoniga aytiladi.
Axborotlashgan jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi uning axborotlashtirish darajasi bilan baholanadi.
Аxborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud boʼlgan boʼlsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining oʼziga xos hususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy isteʼmol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, yaʼni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi oʼrinni egallamoqda.
Axborot tеxnologiyalari
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir vaqtning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yoʼlida xizmat qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Аxborot tizimlari
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir vaqtning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yoʼlida xizmat qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaktning uzida xam yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (ob’ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir anik maqsad yulida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo’lgan shaxar telefon tarmoklari tizimi, insondagi yurag’ kon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning xar biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni, xar biri uziga xos yagona maqsad yulida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Kuyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi kursatilgan xolda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murag’kab ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini anik aks ettiradi.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murag’kablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.
Kibernetik yondashuvga muvofik boshqaruv tizimi boshqaruv ob’ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub’ekti, boshqaruv apparati yig’indisini uzida namoyon etadi. Boshkaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshkaruv ob’ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining uzi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Boshkaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yunaltiriladigan axborot okimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda yuboriluvchi qabul kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti okimida uz aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoklari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob’ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qullanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
loyixalashtirishni avtomatlashtirish;
tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
texnologik jarayonlarni boshqarish.
Ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun muljallangan.
Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun muljallangan.
Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funk­tsiyalarini avtomatlashtirish uchun muljallangan. Bu sinf­ga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob’ektlari (bank, birja, suKurta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun muljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo buldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun muljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaktni bir kadar kiskartirishga olib kelgan.
60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay uzgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy xisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha kullana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funktsiyalarga ega bo’lgan EHM lar talab etila boshlandi.
70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni kullab-kuvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.
80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada uzgarib bormokda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o’z vaktida berib, tashkilot faoliyatida muvaffakiyatga erishishga yordam bermokda.
Тayanch so’z va iboralar: axborot tizimi, elementlar (ob’ektlar), tarmok, tizim, texnik vositalar, moddiy va nomoddiy ne’matlar, boshqaruv tizimi, kibernetik yondashuv, boshkaruv apparati, komponent, axborot okimlari (T va A), avtomatlashtirish, sun’iy intellekt usullari, ekspert tizimlari, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari, elektron pochta, telekonferentsiyalar, yalpi va lokal xisoblash tarmoklari, loyixalashtirish, tashkiliy boshqaruv, texnologik jarayonlar.
Savol va topshiriqlar:
Tizim tushunchasiga ta’rif bering.
Tizimga misollar ke
Quyosh sistemasi haqida nimalarni bilasiz?
Axborot tizimiga ta’rif be
Boshkarish deganda nimani tushunasiz?
Boshkaruv tizimi komponentlari va ularning vazifalarini aytib bering.
To’g’ri va aks aloqalarni tushuntirib bering.
Axborot tizimlarining qanday turlarini bilasiz?
Download 22,84 Kb.




Download 22,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari «Informatsiya»

Download 22,84 Kb.