2-Mavzu: chizmalarni taxt qilish. Standart. Format. Masshtab I. Darsning maqsadi va vazifasi




Download 457,35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.01.2024
Hajmi457,35 Kb.
#145299
Bog'liq
2-mavzu.CHIZMALARNI TAXT QILISH. STANDART.FORMAT. MASSHTAB



2-Mavzu: CHIZMALARNI TAXT QILISH. STANDART. FORMAT. MASSHTAB 
I.Darsning maqsadi va vazifasi: 
Talimiy maqsad.1.Mavzu boyicha oquvchilarga togri tushuncha berish. 
II.Rivojlantiruvchi maqsad. 
Oquvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. 
III.Tarbiyaviy maqsad. 
Tarbiyali, etiborli, xushmuomalali, intizomli bolishga tarbiyalash. 
Chizmachilikda qollaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qollay olish 
kompetensiyasi
Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri 
chiziqlar, korinishlar, geometrik figuralarning proeksiyalari, kopyoqliklarning yoyilmalarini 
bir-biridan ajrata oladi; 
Ish qurollaridan togri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda togri bajarish kompetensiyasi 
Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni 
bajarish, proeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proeksiyalarni yasash hamda detalning 
eskizi va texnik chizmani bajarish jarayonlarida ish qurollaridan togri foydalana oladi.
IV.Darsning turi. 
Oquvchilarning bilim, konikma va malakalarini rivojlantirish. 
V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy. 
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Korgazmali qurollar va plakatlar. 
VII.Darsning rejasi: 
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish sozi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi 
mavzu bayoni -20 m. 8.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi 4 m. 7.Uyga vazifa 2 m 
VIII.Darsning borishi. 
1.Tashkiliy qism. 
A)Oquvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash. 
IX.Uy vazifasini va otilgan darsni umumlashtirish. 
X.Yangi dars bayoni: Chizma chizishning birinchi bosqichi cliiziqlarni qalam bilan ingichka qilib 
chizib chiqishdan iboratdir. Qalam bilan chizma chizishda asosiy qoidalar. Oʻlchamlar 
chizmaga olchash chizgichi yoki rejalash sirkuli yordamida olchab qoyiladi. Agar cliiziladigan 
shakl simmetrik bolsa, u vaqtda awal simmetriya oqi chiziladi. Berilgan olchamning yarmi 


simmetriya oqining ikki tomoniga olchab qoyiladi. Yordamclii cliiziqlami chizishda grafit 
steijeni ingiclika bolgan sanga qalamdan foydalaniladi.Chizma chizishning ikkinchi bosqichida 
chizilgan chizmaning ustidan bostirib chiziladi. Chizmani bostirib chizishda qalam qogozning 
sifatiga qarab tanlanadi. Qogoz sathi gadir-budur bolsa, qattiqroq qalam, silliq bolsa, 
yumshoqroq qalam tanlanadi.Cliizmani eng avval markaz, simmetriya oq chiziqlari va 
ingichka cliiziqlami chizishdan boshlash kerak. Songra aylanalar, radiusli yoylar, keyin togri 
chiziqlar ustidan bostirib chizish tavsiya etiladi. Asosiy kontur, yani cliizmadagi barcha yogon
chiziqlar yordamclii ingichka chiziqlar ustidan chizmada korsatilgandek, ortada qoldirib 
chiziladi. Shuni unutmaslik kerakki, yogon kontur, yani yogon cliiziqlar ingichka chiziqlar 
ichidan chizilsa, detal konturi kichiklashib,
tashqarisidan chizilsa, kattalashib 
ketadi.Sirkulga ornatish uchun togri chiziqlarning ustidan bostirib cliiziladigan qalamga 
nisbatan biroz yumshoqroq qalam olish lozim. Shunda cliiziqlar aniq chiziladi va qogozdagi 
aylanalar markazlari joylashgan nuqta haddan ortiq kengayib ketmaydi. Markazlarni saqlab 
qolish uchun sirkul oyogidagi ignani chizma tekisligiga perpendikular bolishiga katta etibor 
beriladi. Aylana radiusining kattaligiga qarab ignani kerakli vaziyatga ozgartirib turish lozim. 
Bitta markazli konsentrik aylanalami chizishda sentrik degan moslamadan 
foydalaniladi.Chizma tayyor bolgandan keyin ortiqcha chiziqlar ochiriladi, xatolari bolsa 
togrilanadi. Ortiqcha yoki xato chizilgan cliiziqlami ochirishda shablonlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 
Standartlar, format (bichim) lar va asosiy yozuv. 
Standart O‘zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (O‘z KHYT) 
17.11.2003-yilda qabul qilingan va O‘z DSt 2.001:2003 deb belgilanadi. 
O‘z KHYT standartining belgilanishiga misol 
O‘z KHYT standartlarining barchasi standartlashtirish tarmoqlararo tizimining 2-klassiga 
kiradi. 
Format (bichim) lotincha so‘z bo‘lib, shakllantirish degan ma’noni anglatadi. O‘z DSt 
2.301:2003 ko‘rsatmasiga muvofiq, hamma chizmalar ma’lum bichimdagi standartda joriy 
etilgan o‘lchamdagi qog‘ozga chiziladi. Standartda asosiy beshta – A4, A3, A2, A1 va A0 
bichim tasdiqlangan. Barcha bichimlar uchun o‘lcham birligi sifatida o‘lchamlari 210x297 mm 
bo‘lgan A4 bichim qabul qilingan. Qolgan bichimlar A4 ning bir tomonini ikkiga, ikkala 


tomonini ham ikkiga va hokazo ko‘paytirishdan hosil qilinadi. 
Chizma bichimi hoshiyasi va asosiy yozuvi. O‘z DSt 2.401:2003 ko‘rsatmasiga muvofiq, 
mashinasozlik ishlab chiqarish chizmalarida asosiy yozuvlar chizma qog‘oz hoshiyasining 
pastki o‘ng tomoni burchagida joylashtiriladi. Asosiy yozuvga chizmada tasvirlangan jismning 
nomi, chizma kim tomonidan va qachon chizilganligi, kim tomonidan tekshirilgani va qabul 
qilingani, chizilgan jismning materiali, masshtabi kabilar 
yoziladi.
Chizmani albom yoki kitob qilib tikish maqsadida uning hoshiyasi chizma qog‘ozlarning chap 
tomonidan 20 mm, qolgan uchala tomonidan 5 mm dan joy qoldirilib chiziladi o‘quv 
chizmasining asosiy yozuvining o‘lchamlari va shaklida esa uning grafalarini to‘ldirish tartibi 
ko‘rsatilgan. 


Chizma masshtablari. Texnikada juda mayda detallar yoki juda katta, masalan, paxta 
terish kombaynining bunkeri, uylar, koprik kabilardan foydalaniladi. Ular juda katta 
olchamlarga ega. Lekin ularni chizmada haqiqiy kattaligida chizib bolmaydi. Chizma qogoziga 
sigdirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga 
to‘g‘ri keladi. Buning uchun cliizma masshtablaridan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik о 
‘Ichamlari bilan buyumning mos uzunlik o‘Ichamlari о ‘rtasidagi nisbat chizma masshtabi deb 
aytiladi.Kopincha narsalarning chizmalarini ozining haqiqiy olchami, yani haqiqiy korinishida 
1:1 (birga bir) masshtabda chizishga harakat qilinadi.Masshtabda yozilgan sonlarga qarab 
chizma qanday chizilgani bilinadi. Detal ikki marta kichiklashtirib chizilgan boIsa, 1:2 (birga 
ikki) deb belgilanadi. Detal ikki marta kattalashtirilib chizilgan bolsa, 2:1 (ikkiga bir) deb 
yoziladi. Shunday qilib, masshtabda kichik son birinchi bolib, masalan: 1:2, 1:5, 1:10 
korinishlarda yozilsa, kichraytirish masshtabi, katta son birinchi bolib, masalan: 2:1, 5:1, 10:1 
korinishlarda yoziladi. Kichraytirish masshtablari: 1:2, 1:2,5, 1:4, 1:5, 1:10, 1:15, 1:20, 1:25, 
1:40, 1:50, 1:75, 1:100, 1:200, 1:400, 1:500, 1:800, 1:1000. 
Haqiqiy kattalik masshtabi: 1:1. 
Kattalashtirish masshtablari: 2:1, 2,5:1, 4:1, 5:1, 10:1, 20:1, 40:1, 50:1, 100:1 va hokazo. 
Asosiy yozuvda masshtab uchun alohida ajratilgan grafaga M belgi qoyilmay 1:1 yoki 1:2, 
yoki 2:1 va hokazo korinishida yoziladi. Boshqa joylarga M harfi qoshib yoziladi. Masalan, 
M1:1 yoki M2:1, yoki M1:2 va hokazo korinishida yoziladi. 


chizmada qistirma har xil masshtablarda chizilgan. 0rtada haqiqiy kattaligida, yani M1:1 da, 
chap tomonda ikki marta kichik, yani M1:2 da, ong tomonda ikki marta katta, yani M2:1 
masshtablarda korsatilgan. Qanday masshtabda chizilishiga qaramay, chizmada uning 
haqiqiy kattalikdagi olchamlari qoyilgan. 
XI.Darsning xulosasi. 
Otilgan mavzu boyicha oquvchilar bilan savol-javob otkazish. 
XII.Uyga vazifa. 
A)Mavzuni oqib kelish. B)Konspekt qilish.V)Keyingi darsga tayyorgarlik korish. 
Tasdiqlayman:______________

Download 457,35 Kb.




Download 457,35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Mavzu: chizmalarni taxt qilish. Standart. Format. Masshtab I. Darsning maqsadi va vazifasi

Download 457,35 Kb.
Pdf ko'rish