• IPT - sharhlovchi maruza IAT - mavzuga doir slayd Adabiyotlar
  • 2 - mavzu: Ergashgan qoʻshma gap. Ergash va bosh gapni bogʻlovchi vositalar.Ergashgan qo‘shma gap va sodda gap ma’nodoshligi (2 soat) Reja
  • Qoʻshma gap qismlarining har birida predikativ munosabat aks etgan boʻlishi kerak.
  • 2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja




    Download 91.33 Kb.
    bet1/12
    Sana22.10.2022
    Hajmi91.33 Kb.
    #27853
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02

    2 - mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat)


    Reja:
    1.Tobelanish yoʻli bilan tuzilgan qoʻshma gaplar.
    2. Bosh va ergash gapni aniqlash.
    3. Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar.
    4. Ergashgan qoʻshma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi.
    IPT - sharhlovchi ma'ruza
    IAT - mavzuga doir slayd
    Adabiyotlar:
    1)48-67b; 2) 25-35b;
    Tavsiya etiladi:
    1. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 41-55
    2. M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 12-24
    2 - mavzu: Ergashgan qoʻshma gap. Ergash va bosh gapni bogʻlovchi vositalar.Ergashgan qo‘shma gap va sodda gap ma’nodoshligi (2 soat)
    Reja:

    1. Tobelanish yoʻli bilan tuzilgan qoʻshma gaplar.

    2. Bosh va ergash gapni aniqlash.

    3. Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar.
    4. Ergashgan qoʻshma gap ‒ ta’kid ifodalovchi vosita .
    5. Ergashgan qoʻshma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi.
    IPT - sharhlovchi ma'ruza
    IAT - mavzuga doir slayd
    Ergashgan qoʻshma gaplar teng boʻlmagan qismlarning tobelanish orqali birikuvidan tuziladi. Bu qismlar orasida fikriy, grammatik va intonaqion butunlik mavjud boʻladi.
    Ergashgan qoʻshma gap qismlariga:
    1) fikrda nisbiy mustaqillik;
    2) predikativ munosabat;
    3) qismlar orasida nisbiy tugal intonatsiya xos.
    Ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi har bir sodda gap mazmunan nisbiy mustaqildir. Bu predikativ qismlar, bosh gap, ergash gap deb yuritilishidan qat’i nazar, bir-biriga mazmunan bogʻlanadi, bir-birini izohlaydi, aniqlaydi, toʻldiradi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap esa, mustaqilday koʻrinsa ham, ergash gap tomonidan izohlanadi. Shuning uchun ularni alohida-alohida mustaqil gap deb boʻlmaydi.
    Qoʻshma gap qismlarining har birida predikativ munosabat aks etgan boʻlishi kerak. Qiyoslash uchun misollar: Temur davlati parchalanib, shahzodalar orasida toj-taxt uchun urush-janjallar qizib ketgach, bu oilaning ovozasi asta soʻna boshlaydi. (0.)Nigor kanizlarning holiga qattiq achinib, gʻamgin boʻlib, koʻzini yoshlab, sunbul sochlarini orqasiga tashlab, qizlarga qarab bunday dedi. (I.)
    Birinchi qoʻshma gap uch sodda gapdan tashkil topgan boʻlib, bu sodda gaplarning har birida mustaqil ega va kesim mavjud. Keyingi gap esa shaklan bir necha qismlardan tashkil topganday koʻrinsa ham, unda faqat birgina ega va kesim boʻlib, qolgan fe’l shakllari hol vazifasida qoʻllangan. Shuning uchun ikkinchi misol ravishdosh oborotli sodda gapdir.
    Qoʻshma gap qismlarida ba’zan ega yashirinishi, bunday qism faqat kesim bilan ifodalanishi ham mumkin: Kelsam, yoʻq ekansiz.
    Ergashgan qoʻshma gaplar fikriy, grammatik va intonaqion butunlikdan iborat boʻlib, ular tarkibidagi sodda gaplar sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga tobe boʻladi. Bogʻlangan qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar esa biri ikkinchisiga teng holda birikadi. Ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi qismlar koʻpincha ergashtiruvchi bogʻlovchilar vositasi bilan birikadi. Ergashtiruvchi bogʻlovchilar hech qanday gap boʻlagi boʻlmay, ergash gap bilan bosh gapning grammatik aloqasini koʻrsatuvchi vosita sanaladi. Bogʻlangan qoʻshma gapda esa qismlar teng bogʻlovchilar vositasida bogʻlanadi.
    Ergashgan qoʻshma gaplardagi soda gaplarning bogʻlanishida nisbiy soʻzlarning roli muhimdir. Nisbiy soʻz vazifasida koʻpincha soʻroq, belgilash olmoshlari va ayrim ravishlar ishlatiladi. Nisbiy soʻzlar ergash gap bilan bosh gapni bogʻlabgina qolmay, har bir qismda ma’lum bir gap boʻlagi vazifasini ham bajaradi. Bularning ergash gap va bosh gap tarkibida ishlatilishi quyidagi tartibda boʻladi: oldingi gapdagi olmosh yoki ravishga mos holda keyingi gapda ham olmosh yoki ravish keladi. Bu soʻzlar koʻpincha savol-javob tarzida ishlatilib, odatda savol tarzidagi soʻz oldingi gapda, javob tarzidagi soʻz keyingi gapda keladi. Masalan: Qayerda bekorchilik bor ekan, u yerda bema’nigarchilik boʻladi. Kim devorning narigi tomonida boʻlsa, u omon qoldi. (R. F.)
    Bogʻlangan qoʻshma gapdagi birikish esa bundan boshqachadir: ular tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlashda fe’l kesimlarning zamon shakli, ayrim olmoshlarning ishlatilishi, soʻz shakllarining takrorlanishi kabi hodisalarning ahamiyati kattadir.
    Ergashgan qoʻshma gapdagi qismlar orasida tobelanish xarakteridagi intonaqiya, bogʻlangan qoʻshma gapda esa tenglik xarakteridagi intonaqiya qoʻllanadi. Ergashgan qoʻshma gapdagi ohang bogʻlangan qoʻshma gapdagi ohangga nisbatan boshqacharoq boʻladi: unda ovoz avvalgi qismda koʻtarilib, keyingi qismda ancha pasayadi.
    Ergashgan qoʻshma gaplar bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Bosh gap tuzilish jihatidan mustaqil sodda gaplarga oʻxshaydi, ergash gap doimo bunday xususiyatga ega boʻla bermaydi. Bosh va ergash gaplar maxsus ergashtiruvchi vositalarga ega boʻlishi jihatdan ham bir-biridan farq qiladi.
    Ergashgan qoʻshma gapdagi ergash gapni bosh gapga tutashtirishda kesimni shakllantiruvchi shakllar (ravishdosh, sifatdosh shakllari, shart fe’li shakli -sa va boshqalar) ham muhim rol oʻynaydi: Oʻktam oʻroqchilar qoʻshxonasi oldida otdan tushganda,chodirlarda hech kim yoʻq edi. (0.)Olma tagida tursam, bargi uzilib tushdi. (Qoʻshiqdan.)
    Ergash gap bosh gapga bogʻlanib, uning biror boʻlagini yoki butun bir bosh gapni izohlaydi. Ergash gap bosh gapdagi biror boʻlakni yoki butun bir gapni izohlab, toʻldirib, aniqlab kelish xususiyati bilan sodda gapdagi gap boʻlaklariga oʻxshaydi. Masalan: Yoshlarni har ishda etakchi qila bilsangiz - marra sizniki. Eshitdimki, qahramon nom olibsan.
    Keyingi misoldagi ergash gap — qahramon nom olibsan — bosh gapdagi harakat obyektini izohlaydi. Shuning uchun u toʻldiruvchi ergash gap sanaladi. Bu ergash gap toʻldiruvchiga oʻxshash n i m a n i? degan savolga javob boʻlishi mumkin.
    Ergash gaplarning deyarli hammasi mustaqil sodda gaplarga xos asosiy belgilarga — ma’lum mazmunni ifodalash, predikativlik munosabatini bildirish, pauza bilan ajralish xususiyatlariga egadir. Ba’zi ergash gaplarning sintaktik funkstiyasi ularning gap boʻlagiga oʻxshash ekanligini koʻrsatadi — ergash gaplarning ayrimlari sintaktik funkstiyasi jihatidan gap boʻlaklariga mos keladi. Masalan: payt, oʻrin, sabab, maqsad, oʻlchov- daraja kabi ergash gaplar payt, oʻrin, sabab, maqsad, daraja-miqdor hollariga oʻxshash sintaktik funksiyani bajaradi. Biroq ayrim gaplar (masalan, shart, toʻsiqsiz, chogʻishtirish-oʻxshatish, natija ergash gaplar) gap boʻlaklariga mos kelmaydi.
    Gap boʻlaklari ma’lum bir tushunchani bildirib, soʻz (yoki soʻz birikmasi) bilan ifodalanadi, ergash gap esa tugallanmagan boʻlsa ham, ma’lum bir fikrni ifodalaydi va mazmunan boshqa bir gapga bogʻlanib turadi, uni izohlaydi.
    Ergash gaplar ba’zi xususiyatlariga koʻra soʻz birikmalariga yaqin tursa ham, ayrim belgilariga koʻra ulardan farq qiladi:
    a) soʻz birikmalari koʻpincha ikki mustaqil soʻzdan tashkil topsa, ergash gaplar koʻpincha bir necha soʻzning (bir necha soʻz birikmasining) birikuvidan tashkil topadi, ba’zan esa birgina soʻzdan tuzilgan atov gap yoki soʻz-gaplar ergash gap boʻlib kelishi mumkin;
    b) soʻz birikmalari nutqning nominativ birligi sanaladi, tushuncha ifodalaydi, shuning uchun ham u predikativlik xususiyatiga ega boʻlmaydi. Ergash gap esa mustaqil boʻlmasa ham, predikativlik xususiyatiga ega boʻlib, fikr ifodalaydi.



    Download 91.33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 91.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja

    Download 91.33 Kb.