2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja




Download 91.33 Kb.
bet10/12
Sana22.10.2022
Hajmi91.33 Kb.
#27853
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
g) belgi-daraja bildiruvchi nisbiy soʻzlar: qandayshunday, nechogʻlikshu darajada, qay darajadashu darajada;
d) oʻrin bildiruvchi nisbiy soʻzlar qaer — shu er, qay tomonshu tomon...
Shaxs bildiruvchi kimu (oʻsha, shu) soʻzlari koʻpincha ega ergash gapli qoʻshma gapda moslashgan holda qoʻllanadi. Predmet bildiruvchi nimashu (oʻsha, u) soʻzlarining qoʻllanishida oʻziga xos xususiyatlar mavjud.
Nima soʻzi ega, toʻldiruvchi ergash gaplar tarkibida kelib, bosh gapda koʻrsatish olmoshlari orqali ifodalangan boʻlakni izohlash uchun ishlatiladi: Nima buyurilgan boʻlsa, shu bajarildi. Nimani koʻrsaqalar, shuni keltirdim. Nimani ayqalar, shunga koʻnadi.
Nimaikihammasi (barchasi, bari) soʻzlari koʻpincha ega ergash gaplp qoʻshma gapda ishlatiladi: Stexda nimaiki boʻlsa, hammasi ishchilarning halol mehnati tufayli edi.
Qandayshunday soʻzlari miqdor-daraja ergash gapli qoʻshma gaplar tarkibida keladi: Choʻpon qoʻyini qanday parvarish qilsa, bogʻbon koʻchatlarini shunday parvarish qilardi. (S. A.)
Qancha (qanchalik)shuncha (shunchalik) soʻzlari miqdor-daraja ergash gapli qoʻshma gaplar tarkibida qoʻllanadi: Kuz qancha yaxshi kelsa, dehqonlar shuncha xursand boʻladilar.
Naqadarshu qadar soʻzlari ikki qismdagi voqeaning darajasini, oʻlchovinigina ifodalagani uchun ma’no jihatdan qanchashuncha, qanchalikshunchalik soʻzlariga yaqin turadi. Naqadarshu qadarnisbiy soʻzlari ishtirok etgan qismlarning kesimlari ham koʻiincha holat yoki belgi ifodalovchi soʻzlar bilan ifodalanadi: Bu kunlarda Sidiqjon naqadar xursand boʻlsa, Kanizak shu qadar xafa edi. (A. Q.)
Nechtashuncha soʻzlari ergash gapdagi voqea bilan bosh gapdagi voqeaning miqdoriga koʻra oʻlchovini bildiradi: Biz xotin- qizlar nechta boʻlsak, Joʻraxon opaning jonlari ham shuncha! (As. M.)
Qayershu yer (u yer) soʻzlari oʻringa munosabatni bildiruvchi qoʻshma gaplar tarkibida qoʻllanadi: Katta arava qayoqqa yursa, kichik arava ham shu yoqqa yuradi. (Maqol.) Koʻz qayyerda boʻlsa, mehr ham shu yyerda. (Maqol.)
Ergashgan qoʻshma gaplar tarkibida shunday soʻzlar ham ishlatiladiki, ular faqat ergashgan qoʻshma gapning bosh gapi tarkibida kelib, ergash gap tomonidan izohlanadi. Shuning uchun bunday soʻzlarni izohlanuvchi soʻzlar deb ataymiz. Izohlanuvchi soʻzlar ishtirok etgan qoʻshma gapning qismlari koʻpincha -kiorqali birikadi. Izohlanuvchi soʻzlar vazifasida koʻpincha shukoʻrsatish olmoshi va ba’zi, ayrim, hech bir, bir, harkabi soʻzlar ishlatiladi. Izohlanuvchi soʻzlar bosh gapda qaysi vazifani bajarsa, uni izohlab kelgan ergash gap ham shu funkstiyani bajaradi va shunga mos nom bilan ataladi: Sizdan oxirgi iltimosim shuki, bu yerdan tezda keting. (A. Q.) Shuni bilingki, uyushqoqlik, doʻstlik koʻpgina muvaffaqiyatlarimizning garovidir. Biz shunday ishlaymizki, hamma qoyil qolsin. Ertalabki shamol daryo boʻylab shunday esdiki, xuddi tinch oqayotgan suvning tekis yuzi burilib ketganday boʻldi. (0.) Hali Onaxonning bilmagani shu qadar koʻp ediki, soʻrab oxiriga etolmasday koʻrindi. (As. M.) Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab oʻrilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. (S. An.)
Ba’zi soʻzi noaniq belgini ifodalovchi olmosh boʻlgani uchun uning konkret ma’nosi ergash gap tomonidan ochib beriladi. Ba’zi soʻzi bosh gapdagi ot oldida kelib, uning aniqlovchisi vazifasida kelgani uchun, uni izohlab kelgan ergash gap ham aniqlovchi ergash gap sanaladi: Ba’zi kishilar borki, tanqidni yoqtirmaydilar.
Ayrim soʻzi bosh gapdagi ot oldida kelib, konkret boʻlmagan, noaniq belgi ma’nosini ifodalagani uchun ergash gap tomonidan izohlanib keladi. Aniqlovchi ergash gap ayrim soʻzining ma’nosini konkretlashtirib bosh gapdagi ot orqali ifodalangan boʻlaklarning belgisini ochib beradi: Oramizda ayrim qoloq ki shilar borki, ular kelajakdagi rejalarimizga toʻla ishonch bilan qaray olmayaptilar. (A. Q.)
Hech bir soʻzi aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gapning bosh gap qismida noaniq belgini ifodalovchi aniqlovchi vazifasida kelib, ergash gap tomonidan izohlanib keladi. Bu soʻz inkor ma’nosini ifodalagani uchun gapning kesimi ham boʻlishsiz shaklda qoʻllanadi: Naymanchada hech bir kishi yoʻqki, yangi fabrika qurilishiga qatnashmagan boʻlsin. (As. M.)
Bir xil soʻzi bosh gapda noaniq belgini ifodalovchi aniqlovchi boʻlib kelgani uchun, uning konkret ma’nosi ergash gap orqali izohlanadi: Bir xil yoshlarimiz borki, ular turmush masalasiga engil qaraydilar.
Ergashgan qoʻshma gaplar teng boʻlmagan qismlardan — bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Bosh gap mazmun va strukturasiga koʻra ancha mustaqilday tuzilgan boʻlib, ergash gap tomonidan izohlanadi. Bosh gapning kesimi, qaysi soʻz turkumi bilan ifodalanganligidan qat’i nazar, shaxs qoʻshimchalarini qabul qiladi. Ergash gap esa mazmun va strukturasiga koʻra bosh gapdan koʻra boshqacharoq tuzilib, bosh gapning biror boʻlagini yoki bosh gapni yaxlitligicha izohlaydi. Ergash gaplarning kesimi shaxs qoʻshimchalarini doimo qabul qilishi shart emas. Bunday qismlar ergash gap boʻlgani uchun ham, bosh gapga ergashib uni izohlab kelish vazifasini bajargani uchun ham, ularning kesimlari doimo shaxs qoʻshimchalari bilan qoʻllanavermaydi. Ergashgan qoʻshma gap qismlarini bir-biriga tutashtiruvchi grammatik vositalar ergash gapning kesimi tarkibida qoʻllanadi. Qoʻshma gapni tashkil etgan qismlarning mazmunini va ularni tutashtiruvchi vositalarni hisobga olgan holda ergash gaplarni 13 turga ajratamiz:
1) ega ergash gap; 2) kesim ergash gap; 3) toʻldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap; 5) miqdor-daraja ergash gap; 6) chogʻishtirish va oʻxshatish ergash gaplari; 7) sabab ergash gap; 8) maqsad ergash gap; 9) payt ergash gap; 10) oʻrin ergash gap; 11) shart ergash gap; 12) toʻsiqsiz ergash gap; 13) natija ergash gap.



Download 91.33 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 91.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja

Download 91.33 Kb.