• Bogʻlovchi vositalar bilan ergashish.
  • Bogʻlovchi orqali birikish.
  • bogʻlovchisining
  • ERGASH GAP BILAN BOSH GAPNI BIRIKTIRUVChI VOSITALAR




    Download 91.33 Kb.
    bet2/12
    Sana22.10.2022
    Hajmi91.33 Kb.
    #27853
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    ERGASH GAP BILAN BOSH GAPNI BIRIKTIRUVChI VOSITALAR
    Ergashgan qoʻshma gap qismlarini biriktirishda ergashtiruvchi bogʻlovchilar, fe’l shakllari, yuklamalar, koʻmakchilar, bogʻlovchi soʻzlar, nisbiy soʻzlar, kelishik qoʻshimchalari, -day(-dek) affikslari, intonastiya va tartib kabi vositalar xizmat qiladi.
    Oʻzbek tilida ergash gap bosh gapga asosan ikki yoʻl bilan birikadi: bogʻlovchi vositalar bilan ergashish va bogʻlovchi vositalarsiz ergashish.
    Bogʻlovchi vositalar bilan ergashish. Ergashtiruvchi bogʻlovchilar ergash gaplarning koʻpgina toʻrin i bosh gapga bogʻlash uchun ishlatiladi. Bu bogʻlovchilar gapdagi vazifasi jihatidai ma’lum xususiyatlarga ega: ularning ayrimlari tamomila bogʻlovchiga aylangan boʻlib, faqat bosh va ergash gaplarni bir-biriga bogʻlaydi. Bunday yordamchilarga -ki, chunki, negaki, sababki kabi soʻzlar kiradi va ular sof bogʻlovchilar sanaladi.
    Ayrim yordamchilar oʻz tabiati bilan yuklamaga oʻxshab ketadi. Bundan yordamchilarga agar, bordiyu, basharti, mabodo, goʻyo, toki, garchi kabi soʻzlar kiradi va ular bogʻlovchi-yuklamalar deb yuritiladi.
    Uchinchi xil yordamchilar esa ergash gapni bosh gapga bogʻlashda oʻz asl ma’nosini ma’lum darajada saqlaydi. Bu gruppaga shuning uchun, deb kabilar kiritilib, bogʻlovchi soʻzlar1 deb nomlanadi.
    Bogʻlovchi orqali birikish.-ki bogʻlovchisi ergash gapni bosh gapga ergashtirib keladi. Ergash gap tomonidan izohlangan boʻlak koʻpincha olmosh bnlan ifodalanadi yoki olmosh bilan ifodalangan boʻlak «tushib qoladi».
    -ki bogʻlovchisi qoʻshilgan bosh gapning ayrim boʻlaklari turli olmoshlar (koʻpincha koʻrsatish olmoshlari) yoki mazmunan konkretlik talab qiladigan boshqa soʻzlar (ayrim, ba’zi, bir kabi) orqali ifodalanib, ergash gap tomonidan izohlanib keladi. Koʻpincha bosh gapdagi koʻrsatish olmoshining sintaktik vazifasiga qarab ergash gapning turi belgilanadi va nomlanadi: Shuni unutmangki, kitob kishining doʻstidir (shuni olmoshi toʻldiruvchi vazifasida kelgan). Bizda shunday odat borki, oʻzidan kichikni ham sizsiraydilar (shunday olmoshi sifatlovchi boʻlib kelgan) va hokazo.
    -ki bogʻlovchisining ishlatilishi ayrim holatlar bilan bogʻliq. Bu holatlarning birinchisi, yuqorida aytganimizdek, izohlanishni talab qiladigan boʻlakning mavjudligi boʻlsa (ba’zan u qoʻllanmay qolishi ham mumkin), ikkinchisi — qoʻshma gapning ahamiyat berib, ajratib koʻrsatilayotgan ayrim qisminingoʻrin almashinib ishlatilishi. Oldinga koʻchirilgan qism kuchli intonastiya bilan ta’kidlanadi.
    Ergash gaplar -ki bogʻlovchisi orqali bosh gapga bogʻlanganda, bosh gapdagi bir boʻlakni yoki bosh gapni butunicha izohlab kelishi mumkin. Ergash gap tomonidan izohlanayotgan boʻlak olmoshlar orqali ifodalanadi. Ayrim hollarda olmosh qoʻllanmasa ham, ergash gap bosh gapning bir boʻlagini aniqlaydi yoki toʻldiradi: Yana aytki, bu xalq sira oʻlmaydi. (H. 0.)

    Download 91.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 91.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ERGASH GAP BILAN BOSH GAPNI BIRIKTIRUVChI VOSITALAR

    Download 91.33 Kb.