Ergash gap bosh gapni butunicha izohlab kelganda




Download 91.33 Kb.
bet3/12
Sana22.10.2022
Hajmi91.33 Kb.
#27853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz
Ergash gap bosh gapni butunicha izohlab kelganda, bosh gapda deyarli hamma vaqt shunday, chunon kabi soʻzlar ishtirok etadi: Onaxon uch gazlik arqoqqa moʻguz mokini shunday qulochkashlab otar ediki, mokining chodir peshtoqiga tushib qolmagani hammani hayron qilardi. (As. M.)
Chunki bogʻlovchisi voqea-hodisalarning yuzaga kelish sababini ochib beruvchi ergash qismni bosh gapga bogʻlaydi va ergash gap tarkibida — uning boshida keladi.
Sabab ergash gapli qoʻshma gap qismlarini bogʻlashda bu bogʻlovchi boshqa ergashtiruvchi bogʻlovchilarga nisbatan koʻproq qoʻllanadi. Bunday qoʻshma gaplarda ergash gapning kesimi ot kesim shaklida va fe’l kesim shaklida uchraydi: Men bu sirni shu choqqacha ichimda saqlab kelayotgan edim, endi aytmasam boʻlmaydi, chunki bu mish-mish ogʻizga tushib borayotibdi. (A. Q. )
Negaki bogʻlovchisi bosh gapdagi harakat, voqeaning yuzaga kelish sababini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu bogʻlovchi ham, chunki bogʻlovchisi kabi, sabab ergash gap tarkibida qoʻllanadi: Endi chiroyli yozishga oʻrganmasak boʻlmaydi, negaki oʻzimizdan shoirlar paydo boʻlyapti.
Negaki bogʻlovchisi oʻrnida jonli soʻzlashuvda nega desangiz, nega deganda, nima uchun desangiz kabi birikmalar ishlatilishi mumkin: Hamma yaxshiroq joylashib olish harakatida, nimaga desangiz yoʻl uzoq.
Sababkibogʻlovchisi tarkibidagi sabab soʻzi asli ot boʻlsa ham, -ki yordamchisi qoʻshilishi bilan sababning izohini ifodalovchi bogʻlovchiga aylangan. Chunki, negaki bogʻlovchilariga oʻxshash, ergash gap tarkibida kelib, ularga sinonim boʻla oladi: Bu toʻgʻrida u kishidan oʻpkalamadim, sababki, ozodlik nima ekanini ozodlikdan mahrum boʻlgan odam biladi. (A. Q.)
Bogʻlovchi-yuklama orqali birikish. Agar, bordiyu, basharti, modomiki, garchi kabi yordamchilar funkstiyasiga koʻra ham bogʻlovchilarga, ham yuklamalarga oʻxshaydi. Ular tobe birikmalarva ergashgaplar tarkibida qoʻllanib, ulardagi shart, toʻsiqsizlik yoki boshqa ma’nolarni kuchaytiradi. Bu yordamchilarning oʻzigina hech qanday ergash gapni bosh gapga bogʻlay olmaydi.

Download 91.33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 91.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ergash gap bosh gapni butunicha izohlab kelganda

Download 91.33 Kb.