Toki jonim boʻlar ekan tanamda, Doʻstlik kuyin kuylay ulugʻ Vatanda. (Gʻ. Gʻ.) Na-nayordamchisi




Download 91.33 Kb.
bet5/12
Sana22.10.2022
Hajmi91.33 Kb.
#27853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
Toki jonim boʻlar ekan tanamda,
Doʻstlik kuyin kuylay ulugʻ Vatanda. (Gʻ. Gʻ.)
Na-nayordamchisi ham bogʻlovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bu yordamchi ergashgan qoʻshma gap tarkibida kelib, inkor ma’nosini kuchaytirib beradi. Bunday qoʻllanish bosh gapga nisbatan oʻzaro «teng huquqli»day tuzilgan uyushiq ergash gapli murakkab qoʻshma gaplarda uchraydi:
Na koʻkning fonari oʻchmasdan,
Na yulduz sayr etib koʻchmasdan,
Jontemir zavq bilan turardi. (U.)
Demak, bogʻlovchi orqali ergashishda qoʻshma gap qismlari -ki, chunki, negaki kabi sof bogʻlovchilar orqali, shuningdek, goʻyo, toki, agar, modomiki, basharti, bordiyu, garchikabi bogʻlovchi-yuklamalarni tobelik koʻrsatuvchi grammatik shakllar bilan birga ishlatish orqali birikadi.
Bogʻlovchi soʻzlar orqali birikish. Qoʻshma gap qismlarini biriktirishda demoqfe’lining desa, deguncha shakllari, shuolmoshining shuning uchunshakli bogʻlovchi soʻz vazifasini bajaradi.
Deb bogʻlovchi soʻzi koʻchirma gap tipida tuzilgan ergash gapni avtor gapi tipida tuzilgan bosh gapga bogʻlaydi. Odatda, bunday qoʻshma gaplarda ergash gap bir oz koʻchirma gapga oʻxshash mazmunni bildiradi. Bunday ergash gaplardagi fikr aytilmagan boʻlsa ham, orzu qilingan, xayol qilingan yoki moʻljallangan boʻladi. Shuning uchun ham koʻchirma gapga toʻla emas, qismangina oʻxshaydi va koʻchirma gaplardagi kabi tinish belgilar bilan yozilmaydi: Bo lasi bilan oʻralib qoldi, endi ishlay olmaydi, deb oʻylasa kerak u. (O.)
Deb bogʻlovchi soʻzi maqsad, toʻldiruvchi, sabab ergash gaplarni bosh gapga bogʻlaydi.

  1. Maqsad ergash gapli qoʻshma gap qismlarini bogʻlaydi: Etimlar oʻqisin deb, hukumat koʻp maktablar ochib, katta imkoniyatlar yaratib berdi. (P. T.) Ukrain qiz kiysin deb atlas, ipak qurtga pilla oʻratar. (A. U.)

  2. Deb yordamchisi toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap qismlarini bogʻlaydi: Gavhar muhabbat haqida yozishdan tortin- gan boʻlishi mumkin, deb sira oʻylamadi. (P. Q.)

  3. Sabab ergash gapli qoʻshma gap qismlarini bogʻlaydi: Hoshimjonning ishlariga qarab gʻoʻzalarimiz durust ekan deb, oz boʻlmasa gʻaflatda qolay dedim. (S. Ahm.) Shular quvib ketayotibdimi, deb jonim chiqayozdi. (P. T.) Farmonqul uzr tariqasida boʻlsa ham gap ocharmikan, deb xavotirda edim. (A. Q.)

Degunchabogʻlovchi soʻzi payt ergash gapni bosh gapga bogʻlaydi: Siz keldingiz deguncha, Eshon bir yoqqa joʻnaydilar. (P. T.)Bunday qoʻshma gaplarda ergash gapdagi voqea-harakat yuzaga kelishi bilanoq bosh gapdagi voqea-hodisa bajariladi.

Download 91.33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 91.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toki jonim boʻlar ekan tanamda, Doʻstlik kuyin kuylay ulugʻ Vatanda. (Gʻ. Gʻ.) Na-nayordamchisi

Download 91.33 Kb.