2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari reja




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana25.01.2023
Hajmi449.9 Kb.
#39387
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ИН 2-мавзу маърўза матни
1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati


2-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
REJA: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar. 
2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari. 
3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyektlari va 
subyektlari. 
4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni. 
5. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari 
va usullari. 
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli 
bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o‘zgarishsiz qotib 
turmaydi. Ular doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra, mazkur mavzuda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab 
chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib 
chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. 
Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo‘ladi. 
Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy 
mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining o‘zgartirish yo‘llari 
va usullari kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi. 
 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro 
birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan 
iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos 
bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini 
bilishda muhim ahamiyatga egadir. 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari 
sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- tarixiy-formatsion yondashuv; 
- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv
- sotsial-iqtisodiy shakllar o‘zgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga тarixiy-formatsion yondashuvda ishlab 
chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) 
munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi 
kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini 

Download 449.9 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari reja

Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish