• Darsning maqsadi
  • Darsning rejasi Reja
  • Dars bosqichlari dars taqsimoti va
  • O`quv jarayonining mazmuni Metod
  • Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari
  • 2-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakli va uslublari




    Download 21.12 Kb.
    Sana28.11.2022
    Hajmi21.12 Kb.
    #32104
    Bog'liq
    2-amaliy mavzu
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)

    2-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakli va uslublari (2 soat amaliy dars).

    Darsning maqsadi




    Talabalarga Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish shakli va uslublari haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash.

    Darsning rejasi




    Reja

    • Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari

    • O’qitishning guruhli shakli

    • Informatikadan laboratoriya mashulotlarini o’tkazish


    Dars turi




    Amaliy mashg`ulot, bahs-munozara.

    Dars bosqichlari
    dars taqsimoti

    va

    1. Tashkiliy qism

    2. Yangi mavzu bayoni

    III.Mavzuni mustahkamlash
    IV. Darsga yakun yasash

    O`quv jarayonining mazmuni

    Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
    Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar
    Usul: Og’zaki, yozma, videodarslik
    Baholash: 5baholik tizimda.

    Uyga vazifa

    Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish. Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.


    Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari
    Informatika didaktikasi va o’qitish metodikasida o’qitishning tashkiliy shakllari markaziy o’rinlardan birini egallaydi. O’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatlarini tashkil etish yo’llari tushuniladi.
    O’qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar bo’yicha tasniflanadi: o’quvchilar soni, o’qish joyi va boshqalar. Birinchi mezon bo’yicha tasnifni ko’rib chiqamiz.
    O’quvchi faoliyati ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o’zaro munosabatlarning bir bo’lagidir. O’quvchilarning individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllar ham mavjuddir.
    Boshqa shakllar esa, masalan kompyuterda amaliy mashg’ulot, guruhda ishlashni talab etadi.
    O’qitishning tashkiliy shakllari ko’pligi frontaldir.
    O’qish olib boriladigan joyiga qarab maktabda va maktabdan tashqari shakllarga ajratiladi. Birinchilarga ustaxonada, laboratoriyada ishlash shakllari kirsa, ikkinchisiga uy, ekskursiyalar va boshqalar kiradi.

    O’qitishning guruhli shakli


    AQSHda ta’lim bo’yicha guruhli ish olib borishni tavsiya etadilar.
    Zamonaviy tadqiqotlar, o’qitishning ushbu shakli o’quvchilar orasidagi dushmanlik munosabatlarining oldini olishning samarali taktikasi ekanligini ko’rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi. Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o’quv makoniga e’tibor berish lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. SHu sababli o’tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o’quvchilar o’zidan oldingi o’quvchi boshining orqa tomonini va o’qituvchining yuzini ko’radigan holatda joylashtirliishi maqsadga muvofiq emas. O’tirish joylarining o’rnini o’zgartirish, guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo’ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o’quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to’rt, yetti va hokazo). Guruh bilan ishlash usuliga bog’liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:
    E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. SHuning uchun avval boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor ekanligi o’z aksini topadigan guruhning emotsional iqlimi to’g’risida ham qayg’urish kerak bo’ladi.
    Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o’zaro muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi mumkin.
    Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli chiqadi. Yoki aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bo’lgan ta’vsirlanuvchi gamogen guruhlarni tuzish ham mumkin.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini qiziqarli tarzda kichik guruhlarga bo’lish yo’llaridan bir nechtasini keltirib o’tamiz. Ushbu usullar sinfning har birida 6-tadan o’quvchi bo’lgan 6-ta kichik guruhlarga bo’lishga imkon beradi. Guruhdagi o’quvchilar sonini 5, 7 yoki 8-taga o’zgartirib, sinfni 5, 7 yoki 8-ta guruhga ajratish ham mumkin:

    • Kichik bo’laklarga bo’lingan qog’ozlarga A1, A2, A3, A4, A5, A6, B1, B2, B3 belgilarni yozing. Stollarni A, B, V, G, D, E deb belgilang. SHundan so’ng qog’ozlarni ishtirokchilarga (o’quvchilarga) tarqating va unda yozilgan harfli stol atrofiga o’tirishni tavsiya eting.  6-ta rasm tayyorlang va har birini 6-ta bo’lakka bo’ling. Bo’lakchalarni aralashtirib stol ustiga qo’ying va ishtirokchidan (o’quvchidan) bittadan bo’lakchani tanlab olishni iltimos qiling. SHundan so’ng o’quvchilar bo’lakchalarni birlashtirib, yaxlit rasmni hosil qilishlari va bitta stol atrofiga o’tirishlari kerak bo’ladi.

    • Oltita ranglardan 6-ta qizil, 6-ta oq, 6-ta qora, 6-ta sariq, 6-ta ko’k, 6-ta yashil, jami 36ta kartochka tayyorlang. Sinfdagi o’quvchilarning har biri o’ziga yoqqan rangli kartochkani tanlab oladi va bir xil rangli kartochkani olgan o’quvchilar bitta stol atrofiga o’tirishadi.

    • Barcha o’quvchilar 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlar bo’yicha tartib bilan sanalishadi. SHundan so’ng 1 raqamlilar bitta guruhga, 2 raqamlilar ikkinchi guruhga va hokazo birlashishadi.

    • O’qituvchi biror bir belgi bo’yicha jamlangan predmetlar nomi yozilgan yoki rasmlari tushirilgan kartochkalarni oldindan tayyorlaydi. Masalan:

    daraxtlar - olma, olcha, o’rik, nok, xurmo, shaftoli; gullar – lola, atirgul, nartsiss, gladiolus, chinnigul, boychechak; idish-tovoqlar – qozon, choynak, piyola, likopcha, qoshiq, cho’mich va hokazo. O’quvchilar kartochkalarni tanlaydilar va belgilar bo’yicha (daraxtlar, gullar, idishtovoqlar va hokazo) guruhlarga birlashadilar.
    Download 21.12 Kb.




    Download 21.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakli va uslublari

    Download 21.12 Kb.