• Abdulla Qahhorning” Kuydirish uchun kuyish,ardoqlash uchun ardoqlanish shart”
  • Ro’zmon Keldiyorovning “EHTIYOT BO”LING,QALB BOR!”
  • 2-mavzu. Nutq uslublari ustida ishlash metodikasi. Oʻquvchilarning og‘zaki, yozma va bog'lanishli nutqini oʻstirish mazmuni




    Download 395 Kb.
    bet1/4
    Sana18.02.2023
    Hajmi395 Kb.
    #42699
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot darslarida og
    Xumoyinmirzo topshiriq Botanika Slayd, Yong\'oqli dala xati, 1-amaliy mashg\'ulot, 3-mavzu, 1-amaliy, 2-mavzu, 1 ma`ruza, Borland C Builderda massivlar bilan ishlash, qozoqboyeva xayrinisobonu ona tili óqitish metodikasi amaliy ish, psixalogik xizmat asoslari, Axborot tizimlari amaliy, 1-MAVZU taqdimt, savollar, 3 dekabr 4.2

    2-mavzu. Nutq uslublari ustida ishlash metodikasi. Oʻquvchilarning og‘zaki, yozma va bog'lanishli nutqini oʻstirish mazmuni
    Farzandlar ta’lim-tarbiyasi,kamoloti haqida qayg’urish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardandir.Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda munosib o’rni va ovoziga ega,,yuragida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usi jo’shib turgan barkamol avlodni,jahon andozalariga to’liq javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlashda mehridaryo ustozlarning xizmati beqiyos.Bugungi kun o’qituvchisi-oddiy o’qituvchi emas,u zamon bilan hamnafas,hamqadam bo’lishi kerak.Bugungi kun o’qituvchisi o’quvchuga tayyor ma’lumotni berish bilan cheklanib qolmay,balki ta’lim oluvchini ijodiy fikrlashga yo’naltiradigan,uning o’zlashtirilgan ma’lumotini prognozlaydigan mutaxasis hamdir.Shu o`rinda buyuk adabiyotshunos yozuvchi Abdulla Qahhorning” Kuydirish uchun kuyish,ardoqlash uchun ardoqlanish shart” degan qimmatli fikrini e’tirof etish joizdir.
    Ona tili ta’limining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. Ona tili darslarida o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma usullarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir o`qituvchidan qaysi fan, qanday dars turidan qat’iy nazar har bir dars jarayonida bevosita o`quvchining o`g`zaki va yozma nutq salohiyatini rivojlantirib borish talab etiladi.Jumladan,ona tili va adabiyot darslarida debat usulini qo`llash ahamiyatlidir.Debatlar asosida darslarni tashkil etishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad muammoning yechimini topishda o`quvchi o`zgalarni o`z yondashuvining to`g`riligiga ishontirishdir.O`z fikrini aniq va mantiqiy bayon etish,buning uchun esa ishonarli dalillar va xulosalar topish ko`nikmalarini shakllantirishda debatlar o`tkazish samarali metod hisoblanadi.Ular o`quvchilarda ijtimoiy fikrni o`zgartirishga ta’sir etish qobiliyati mavjudligiga ishonch tuyg`ularini rivojlantiradi.Bahslashuv natijasida o`quvchilar nimalarni qo`lga kiritish mumkinligini tushunib yetsagina dars samarasi to`g`risida gapirish mumkin.Dars jarayonida o`quvchi o`z mulohazalarini kichik-kichik kontekslar orqali yozma tarzda yoritishlari lozimdir.Bu borada o`quvchilarni shunday dalil-isbot topish ko`nikmalarini egallashga o`rgatish kerakki,natijada bildirilgan fikrni qarshi tomonning muhokama qilishiga o`rin qolmasin.Shundagina o`quvchilar tengdoshlarining qarashlarini hurmat qilishga yoki xususiy tasavvurlarini sinfdoshining fikri oldida ojiz ekanligini tan olishga o`rganadi,eng asosiysi,ularda erkin fikr yuritish
    ko`nikmalari shakllana boradi.

    Dars davomida badiiy asar tahlili asosidagi suhbatlar o’qituvchining qiziqarli luqmalari,munosabatlari bilan jonliroq chiqadi. Lekin ayrim hissiyotlarga to’yingan asarlarning tahlili jarayonida o’qituvchi suhbat davomida kamsuqumroq bo’lishi ham zarar qilmaydi. U inson hissiyoti o’ta nozik ekanini,kichkinagina ehtiyotsizlik uni jarohatlab qo’yishi ,bu bilan o’quvchi samimiyati barbod bo’lishi mumkinligini bilishi lozim. Suhbat davomida shunday lahzalar bo’ladiki, o’qituvchining sukuti barcha xususiyatlari bilan savolga,luqmaga,ba’zan esa xulosaga teng bo’ladi.Shu o’rinda adabiyotshunos olim, Ro’zmon Keldiyorovning “EHTIYOT BO”LING,QALB BOR!” degan da’vatini qo’llash juda o’rinli bo’ladi.
    Zamonaviy o’qituvchiga xos bo’lgan muhim sifatlardan biri-har doim biror narsani o’ylab topishga intilish,o’quvchilarni ham shunga undash.Agar pedagog o’quvchini tushuna olsa,uning ichki hissiyotlari va intilishlarini anglasa, u, albatta , o’quvchining qalbini ochish uchun mos kalitni topadi.Ta’lim jarayonida o’quvchining og’zaki va yozma nutq salohiyatini rivojlantirish borasida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda hamda bunday ish uslubi o’z samarasini ko’rsatmoqda.Interfaol yondashuv o’qituvchilar uchun dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay muhit yaratadi.O’quvchilarning o’zaro fikr almashishlariga imkon beriladi,muvofiq sharoit yaratiladi.Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar.Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar.Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.Bir-birlaridan ilhomlanib,ruhiy qoniqish hosil qiladilar.Har bir ishtirokchi o’zini ta’lim mazmunining muallifidek his etadi.Ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar. asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.Bir-birlaridan ilhomlanib,ruhiy qoniqish hosil qiladilar.Har bir ishtirokchi o’zini ta’lim mazmunining muallifidek his etadi.Ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar.



    O ’qituvchi








    O’qitish jarayonida o’g’zaki nutqni o’stirish, erkin fikrlashga o’rgatish, o’z fikrini mantiqan izchil, ravon tilda bayon etish bilan birga, yana bir jihat e’tiborga olinadi. Bu yozma savodxonlikni oshirish, husnixati va yozuv texnikasini yaxshilash sanaladi.


    Ona tili ta’limi oldiga o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan- muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish maqsadi qo`yiladi. Bu bilan o’quvchilarning til qurilishi bo’yicha olgan bilimlari, bu bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmasi va nutq hosil qilish malakasini tarkib toptirishga qaratiladi.
    Ona tili ta`limi natijasida o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma, malaka hamda shakllangan kompetensiyalar quyidagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
    1.O`qish texnikasi.
    2. O`zgalar fikrini, matn mazmunini anglash va so‘zlash malakasi
    3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi
    Nazoratning yozma turlari sifatida diktant, ijodiy bayon va insholar olinar ekan, o’quvchilarning ona tili va adabiyotdan olgan bilimlarini amalda qo’llay olishi hamda yozma nutq malakalari to’la namoyon bo’ladi. Yozma ish turlarini tekshirish va ularni tahlil etish jarayonida o’quvchilarda quyidagi imloviy, ishoraviy xato va kamchiliklar kuzatiladi:

    T/r


    Download 395 Kb.
      1   2   3   4




    Download 395 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Nutq uslublari ustida ishlash metodikasi. Oʻquvchilarning og‘zaki, yozma va bog'lanishli nutqini oʻstirish mazmuni

    Download 395 Kb.