|
2-mavzu: qobiq va yordamchi dasturlar (utilitalar)
|
bet | 1/6 | Sana | 16.10.2022 | Hajmi | 2.02 Mb. | | #27338 |
Bog'liq 2m Qobiq dasturlar KIF Kontingent uchun Jadvallar 2-MAVZU: QOBIQ VA YORDAMCHI DASTURLAR (utilitalar). - REJA:
- Qobiq dasturlar (fayl menejerlari)dan keng foydalanish.
- Yordamchi dasturlar (utilitalar). Arxivatorlar.
- Dastur paketini ishga tushirish. "Xavfsiz" utilitalar.
- Qobiq dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander , Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o‘zida saqlab qolgan.
- Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib turadi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri – u operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.
- NC foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi.
- QOBIQ-DASTURLAR QUYIDAGI IMKONIYATLARNI BERADI:
- • diskdan kataloglar ro‘yxatini ekranga to‘liq chiqarish;
- • fayllardan nusxa ko‘chirish;
- • fayllarni qayta nomlash;
- • fayllarni o‘chirish;
- • kataloglarning pog‘onalik tuzilmasini ko‘rish;
- • bir katalogdan boshqa kataloglarga o‘tish;
- • kataloglar hosil qilish;
- • katalogni qayta nomlash va o‘chirish;
- • matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.
- Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash o`chirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi.
- TC turli funksiyalarni bajaradi, xususan:
- -diskdagi kataloglar royxatini yaqqol korsatadi.
- -diskdagi kataloglar daraxtini korsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, o`chirish imkoniyatlariga ega.
- - fayllar ustida nusxa ko’chirish, qo`yish, joyni o’zgartirish va o`chirish komandalarini qulayroq bajaradi.
- -turli matnli, arxiv fayllar, hujjatlar, malumotlar bazasi matnlarini korish, tahrir qilish imkoniga ega.
- TC ekranining pastki buyruqli satr va F3-F8, Alt+F4 boshqarish tugmalari joylashgan:
- F3 o’qish (View)- tanlangan faylni ko’rib chiqish.
- F4 to’grilash (Edit)- tanlangan faylni tahrir qilish.
- F5 nusxa(Sopy)- papkani (katalogni) yoki fayllarni nusxalash.
- F6 nom(RenMov)- papkani (katalogni) yoki fayllarni qayta nomlash yoki siljitish.
- F7 katalog - yangi papka (katalog) yaratish.
- F8 o’chirish(Delete)- kursor bilan tanlangan faylni (bosh katalogni) o`chirish.
- Alt+F4 chiqish(Quit)- TC dasturidan chiqish.
- Utilita-dasturlar bu operatsion tizimni imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi, kompyuter ishini tezlashtiruvchi, ma’lumotlar xajmini o’zgaruvchi, viruslarni aniqlovchi dasturlar va xokazo.
- Vinchesterni bo’laklarga bo’lish, uning ma‘lum bo’laklarini parol bilan ximoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi.
- Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dastursi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi.
- Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya qilish, ya‘ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir.
- Arxiv dasturlar maxsus usullarni qo’llagan xolda ma‘lumotlarni zichlagan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bo’larga misol bo’la oladi.
- Antivirus dasturlari- xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun xizmat qiladilar.
- Kommuniktsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar.
- Kompyuterni tekshirish(diagnostika) qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi.
- Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma‘lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroq topishga yordam beradi.
|
| |