Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/73
Sana23.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#43316
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
5052 iboti texnologiyalari
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga nimalar kiradi? 
2. Klaster metodi qanday amalga oshiriladi? 
3. Toifali jadvaldan qanday foydalanish mumkin? 
4. Baliq skeleti qanday ishlatiladi? 
5. Texnologiya so‘zi qanday ma‘noni anglatadi? 
6. Interfaol metodlardan qaysilarini bilasiz? 


45 
tashqiqot etishda foydalanadigan ilm-fan yutuqlarining eng so‘nggi natijalariga 
tayangan texnik vositalar hamda undan foydalanish mahoratidagi yangicha g‘oya, 
qarashlar, uslublar majmuini anglatadi. 
Ularni quyidagi yo‘nalishlarda ifodalash mumkin:
1) 
Ta‘lim va tarbiya sohasiga doir zamonaviy texnologik uslublar; 
2) 
Fan va ilmiy muassasalarda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologik 
uslublar; 
3) 
Madaniyat 
va 
madaniy-ma‘rifiy 
muassasalar 
faoliyatida 
qo‘llaniladigan zamonaviy texnologik o‘zgarishlar; 
4) 
Adabiyot va san‘at sohasidagi yangiliklar. Undan foydalanishdagi 
texnologik uslublar; 
5) 
Din 
sohasida 
zamonaviy 
texnologiyalardan 
keng 
foydalanilayotganligi; 
6) 
Jismoniy-tarbiya va sport sohasidagi yangi texnologiyalar; 
7) 
Urf-odat, marosim va bayramlarni yangicha asosda tashkil etilganligi
8) 
Oila, mahalla, mehnat jamoalaridagi yangi yutuqlar, o‘zgarishlar; 
9) 
OAV va jamoat birlashmalari faoliyatidagi yangi texnik va texnologik 
o‘zgarishlarni hisobga olish. 
Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishda zamonaviy texnologik 
usulublardan unumli foydalanishni takomillashtirishning birinchi muhim sharti –
ularning tizimlashning o‘quv jarayonini rejalashtirish amaliyotida qo‘llash 
samaradorlikka erishish imkonini beradi. Milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy 
pedogogik interfaol usullardan foydalaniladi.
Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirish yo‘lida jamiyatimizdagi barcha 
kuchlar – partiyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar ish olib bormoqda. Ilg‘or 
jamoatchiligimiz, ziyolilarimiz bu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugun 
odamlarning ongi o‘zgardi. Ammo biz o‘z g‘oyamizni yurtdoshlarimiz, ayniqsa, 
yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirmasak, boshqalar o‘z g‘oyasini singdirishga 
harakat qiladi. SHuning uchun, yuqorida qayd etilgan sohalarning har bir subьekti 
bunga alohida e‘tibor berishi kerak. Bu sohalarni zamon bilan hamnafas holda 
faoliyat yuritishini, mamlakat istiqboli to‘g‘risida qayg‘urishni, tinmay izlanishni, 
ilmiy ixtirolarni amalga oshirish va uni hayotga tatbiq etishni taqozo etadi.
Hozirgi mafkuraviy kurash davom etayotgan sharoitda milliy g‘oya targ‘iboti 
uning: 1) maqsadlarni aniq bilishni; 2) targ‘ibot yangiliklarini o‘rganib borish va 
hisobga olishni; 3) mafkuraviy sohalarda alohida e‘tibor qaratilayotgan ijtimoiy 
qatlam, guruhlarning xususiyatlarini; 4) targ‘ibot mavzularining mazmun 
mohiyatini, uning strategik yo‘nalishlarini, o‘zgaruvchanligini hisobga olishni 
taqozo etadi. Milliy g‘oyani singdirishning zamonaviy texnologiyalari. Tizimli, 
muntazam va doimiy bo‘lishi kerak. Bu borada muhim ishlar davom etmoqda. 
Lekin zamon talablariga javob berish uchun targ‘ibotning o‘zi etarli emas. 
Ma‘naviyat sohasidagi bugungi tahdidlarni chuqur o‘rganish, ularni aniqlash, 
ularga nisbatan o‘z vaqtida munosib choralar ko‘rish, aholida mafkuraviy 
immunitetni shakallantirish zarur. Ayniqsa, yoshlarni g‘oyaviy tarbiyalash katta 
ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish 


46 
g‘oya va mafkuraning ko‘lamini oshiradi. Ong va tafakkurdan joy olib, uni o‘ziga 
qaratish, tobe qilish, g‘oya orqasidan ergashib, unga taqlid qilishga sabab bo‘ladi. 
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalaridan foydalanish uning jozibadorligini 
oshiradi. 
SHuning uchun ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni aniq maqsadga qaratilgan holda 
olib borish uchun uning metodologiyasini yaratish, jahon maydonlarida ro‘y 
berayotgan jarayonlarni o‘rganadigan, ilmiy dasturlar ishlab chiqish muhim. 
Axborotlashtirish sohasida ham ayrim yutuqlarimiz bilan birga muammolar 
mavjud. Masalan, virtual kutubxonalar, informatsion resurs markazlari paydo 
bo‘ldi. Nodavlat nashrlar, xususiy teleradio studiyalari, nashriyot va bosmaxonalar, 
jurnalistlar uyushmalari vujudga keldi. Ularda ishlaydigan, ularni boshqaradigan 
odamlarning ongi va tafakkuri keskin o‘zgardi. Holbuki, 90-yillarda bu narsalarni 
tasavvur ham qilib bo‘lmas edi. 
Albatta, axborot sohasidagi bu kuchlarning barchasi o‘z nizomi, amaldagi 
qonunlar doirasida faoliyat olib boradi. Davlat tomonidan ularning faoliyatini 
cheklash yoki nazorat qilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Bordiyu kimdir 
ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni istagan taqdirda 
ham buni imkoniyati yo‘q. CHunki tobora ko‘payib borayotgan ommaviy axborot 
vositalari ustidan nazoratni amalga oshirishning o‘zi imkonsizdir.
Ammo bir haqiqatni tan olish joiz. SHakli va faoliyat yo‘nalishidan qat‘i 
nazar, 
barcha 
ommaviy 
axborot 
vositalari 
yagona 
maqsadga 
– 
O‘zbekistonimizning gullab-yashnashiga o‘z xissasini qo‘shadi. Bu yo‘lda milliy 
g‘oya birlashtiruvchi va safarbar etuvchi kuch sifatida xizmat qiladi.

Download 1.08 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish