2 Monetar nazariyasi




Download 28,8 Kb.
bet2/2
Sana01.02.2024
Hajmi28,8 Kb.
#149893
1   2
Bog'liq
Jami talab va jami taklifni tartibga solish va undagi davlatning roli bo`yicha monetar nazariyasi.

Keynschilik
Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan.
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. Keynschilikning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga „samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining „bandlik nazariyasi“ asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyaga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6 % ishsizlik norma deb qaraladi va „toʻla bandlik“ sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat klassik modeli

Klassik iqtisodchilaming bandlik nazariyasiga iqtisodiyotda

niiivjud boMadigan ishsizlik va inflyatsiya to‘g‘ri kelmaydi. Bilamizki,


Iqlisodiyotda to‘liq bandlik sharoitiga har doim ham erishib boMmaydi.
Shuning uchun ham iqtisodchilar klassik nazariyaning asosiy
IhxiiI larini tanqid qila boshladilar.
1‘136-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm
Iqllsodiyotiga yangi, ish bilan-bandlik nazariyasini kiritadi. U o‘zining
«Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asosida uning
noto‘g‘rijihatlarini isbotlashga urindi.
Keyns nazariyasining eng qat’iy jihati shundaki, u bozor
iqtisodiyotida ish bilan to‘la bandlikni ta’minlaydigan hech qanday
mexanizm yo‘qligini isbotladi. Makroko‘lamda iqtisodiyot
muvozanatga erishishi mumkin, lekin shunda ham ma’lum miqdorda
ishsizlik va inflyatsiya saqlanib qolishini, to‘la ish bilan bandlik
qonuniy holat emasligini, balki tasodif ekanligini, kapitalizm o‘zo‘zidan tartibga tushib, rivojlanib ketavermasligini isbotlab berdi.
SHuningdek, iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu
kabi vaziyatlargagina bog4iq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham
ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligini
asoslagan.
Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va
jamg‘armalarga bevosita bog'liq.
Narxlaming oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy
omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi. Keyns
nazariyasi Sey qonunini ham ma’lum darajada rnkor etadi. Sey qonuni
bo‘yicha tadbirkorlar faoliyati va jamg‘arish rejalari foiz stafkasida
mutanosiblashadi. Keynschilarning fikricha, agar tadbirkorlar
jamg‘armalami ko‘paytirishsa, firmalar investitsiyalarni ko‘paytirishlari mumkin. Quyidagi 7.1-chizmadan ko‘rinib turibdiki, jami
talab va taklifning tengligi sharoitida (AD=AC), ishlab chiqarish hajmi
uning potensial hajmidan kam (U0#U*).

Ihmday nomutanosiblikning asosiy sabablaridan biri rejalashtlrllgun investitsiyalar va jamg‘armalarning bir-biriga mos



kclma.sligidir.
( htinki, jamg‘aruvchi subyektlar va investorlar har xil guruhdagi
odiimliirdir. Korxonalar, ayniqsa, korporatsiyalar katta miqdordagi
Invcslilsiya qarorlarini qabul qilishadi. Katta hajmdagi ishlab
cliiqarishga cga bo‘lgan iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari ko‘p miqdorda
Innig’uiishadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, jamg‘arish va investitsiyalarlii liar xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishadi.
Kcynschilar fikricha, jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga
Img'llq bo'lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi.
MttMthm, ayrimlari qiymati o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan
mnliMilotlurni sotib olish uchun, uy xo‘jaliklari esa avtomobil yoki
Idwl/oi xarid qilish uchun jamg‘arishadi. Jamg‘armalar biror shaxs
yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida; ya’ni uy
4*»'liillkhiri oila boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini
y
Bundan tashqari, jamg‘arma tasodifiy vaziyatlarda foydalanish
maqsadida jamg‘ariladi. Keynschilar ta’kidlashicha, jamg'arma va
investitsiyalami aniqlashning eng asosiy omili milliy daromad
hisoblanadi.
Nima uchun tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini sotib
olishadi? Investitsiyalash uchun pul kapitaliga ega bo’lishga
to'lanadigan to‘lovlar, ya’ni foiz stavkasi investitsiya rejasini
tuzayotganda hisobga olinadi. Ammo, foiz stavkasi yagona omil
hisoblanmaydi. Investitsiyalar miqdorini aniqlashda asosiy omillardan
biri foyda normasi ham sanaladi.
Klassiklar nazariyasi bo'yicha jamg‘arma va investitsiyalar
miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadiлAgarda,
u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko'proq jamg‘arishga
harakat qilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalaming ko‘payishi kredit
narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z vaqtida
investitsiyaning o‘sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, pul bozorida boshqa ikkita manba
mavjud. Birinchidan, uy xojaliklarining- maqd jamg‘armalari va
ikkinchidan, pul taklifini ko‘paytiradigan kredit tashkilotlari faoliyat
ko‘rsatadi.
Keynschilar nazariyasi bo4yicha aholi o‘z mablag‘larini nafaqat
kunlik xaridlami amalga oshirish uchun, balki o‘z boyliklarini oshirish
uchun ham saqlashadi. Bu pul vositalari bir qismining kamayishi va
ularni pul bozorida investorlarga berish, joriy jamg‘armalarga nisbatan
solishtirganda vositalaming ortiqchaligiga olib kelishi mumkin. Shunga
o‘xshash kredit beradigan muassasalardan ssudalaming berilishi
pulning taklifini ko‘paytiradi. Bank yoki boshqa moliyaviy tashkilotlardan kreditlaming berilishi joriy jamg‘armalar ко‘payishiga asos
bo‘ladi. Natijada, uy xo‘jaliklari qo‘lidagi pul vositalarining kamayishi
va banklar. tomonidan ssudalaming berilishi investitsiyalar miqdori
joriy jamg‘armalar miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin.
Bunda iste’molning oddiy funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
S = So + MRS (U-Т);
Bu yerda; S -iste’mol xarajatlari;
a - mustaqil iste’mol (joriy daromadlar miqdoriga bog‘liq
bo'lmagan);
v - iste’molga chegaraviy moyillik;
U-daromad;
T-soliqlar;
(U-T)-ixtiyoridagi daromad. Makroiqtisodiy modellarda bu
ko’rsatkich U yoki ID ko‘rinishni bildiradi.
Keynschilar yondashuvi shundan iboratki, jamg‘arish va
investitsiyalar rejasi bir-biriga mos kelmaydi va shuning uchun ham
Ishlab chiqarish, daromad, bandlik, narxlar darajasida o‘zgarishlar
bo’lib turadi. Bundan tashqari, keynschilar fikricha, narxlar darajasi va
Ish haqi haqiqatda pasayishga yo4naltirilgan eguluvchanlikdan iborat
cmas. Ilatto ular shunday bo‘lgan taqdirda ham shubhalidir. Chunki
narxlar va ish haqining pasayishi keng tarqalgan ishsizlikni biroz
yinnshatishi mumkin, xolos.
Keynschilik yondashuvining shubhasiz afzalliklari qatoriga J.M.Keyns psixologik omillarning ahamiyatini tan olish, kelajakning noaniqligini tan olish va iqtisodiy sub'ektlar harakatlarining uzoq muddatli oqibatlarini bashorat qilishning iloji yo'qligini hisobga olgan holda iqtisodiyotga printsipial jihatdan yangi nuqtai nazarni taklif qilganligi kiradi. J.M.Keyns ilgari hukmron bo'lgan klassik qarashlarga qaraganda o'zining zamonaviy iqtisodiy haqiqatiga ancha mos keladigan yangi nazariy vositani taklif qildi.
Download 28,8 Kb.
1   2




Download 28,8 Kb.