Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi




Download 120,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.01.2024
Hajmi120,72 Kb.
#130235
1   2
Bog'liq
2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunch-fayllar.org

Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi.
Jahon axborot maydonini yaratish kishilik taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat oldida 
turgan ulkan vazifalardan biridir. Xalqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot 
maydonining bir qismi bo'lishi lozim. Xalqaro kompyuter tarmoqlari jahonning deyarli barcha 
mamlakatlarini qamrab olishi zarur. Bu jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy 
munosabatiar, shartnomalar tuzish, to'lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda yangi 
imkoniyatlar ochadi. Xalqaro kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi milliy tizimlarni 
takomillashtirish zarurati bilan bog'liq. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda axborot 
texnologiyalari sohasida ortda qolish qaytmas jarayonga aylanishi mumkinligiga ishonch 
kuchayib borayotir. O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi umumiy inqiroz 
va axborot inqirozi sharoitlarida kechmoqda. O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining 
rivojlanishi: axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya vositalari taraqqiyotidan ortda 
qolganligi; mamlakatda telefonlashtirish yetarli darajada zich emasligi; milliy axborot qonun 
hujjatlari taraqqiyotdan ortda qolganligi, bir qator muhim qonunlar hanuz qabul qilinmaganligi, 
amalga joriy etilgan qonunlar esa ko'pincha bajarilmasligi; jamiyat a’zolari huquqiy-axborot 
madaniyatining pastligi; O'zbekistonning jahon axborot hamjamiyatiga qo'shilishi masalalariga 
davlat hokimiyati organiari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari tomonidan 
yetarli darajada e’tibor berilmasligi bilan farq qiladi. O'zbekiston eng yangi axborot 
texnologiyalari sohasida rivojlangan g'arb mamlakatlaridan hatto optimistik baholashlar bo'yicha 
ham 25-30 yilga ortda qolgan. Jumladan, informatika vositalarini ishlab chiqarish hajmlari, EHM 
texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va axborot uzatish tizimlari bo'yicha O'zbekiston AQShdan 4-5 
baravar ortdadir. O'zbekistonning jahon axborot maydoniga kirishi konsepsiyasini shakllantirish 
negizida xalqaro tarmoq tushunchasi yotadi. Xalqaro tarmoq - bu komponentlari bir nechta 
mamlakatda joylashgan kompyuter tarmog'idir. Bunday tarmoqlar ilmiy tadqiqotlarni axborotlar 
bilan ta’minlash, iqtisodiy va texnologik vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladi. Jahondagi 
ilg'or mamlakatlarning axborot yig'ish, qayta ishlash va uzatish yagona jahon uyali axborot 
tarmog'ining zamonaviy telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega 
davlat aloqasi, yo'ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari, ko'chma va statsionar 
obyektlarga ega radioaloqa hamda hujjatlar almashish tizimlaridan foydalanadi. Bugungi kunda 
barpo etilayotgan va muvaffaqiyatli ish olib borayotgan jahon tijorat va bank tarmoqlarida global 
yo'ldoshli tizimlar, EHM tarmoqlari, xalqaro aloqa tizimlari va teleradioaloqa tarmoqlaridan 
keng foydalanilmoqda. Internet muhim xalqaro kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Internet jahon 
kompyuter tarmog'i davrimizning buyuk yutuqlaridan biridir. Bugungi kunda Internet, uning 
ilovalari va texnologiyalari ko'pgina mamlakatlarning iqtisodiyoti mudofaa qobiliyatiga ta’sir 
ko'rsatmoqda, ularning rivojlanishining muhim omili bo'lib xizmat qilmoqda, tijorat va savdo-
sotiqning o'sishiga yordam bermoqda. Internet global tarmog'i jahonning 200 dan ortiq 
mamlakatini birlashtirgan. Mazkur tarmoq faqat milliy miqyosdagi (AQSH va 
Kanada) infratuzilmalar bilan emas, Yevropaning shunday kontinental infratuzilmalari bilan ham 
ta’minlanadi. O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali axborot mahsullarini uzatish 
va olish, shuningdek axborot xizmatlari ko'rsatishni tartibga soladi. Mazkur qonun shuningdek 


O'zbekiston Respublikasining davlat axborot resurslarini to'ldirish uchun respublika hududiga 
olib kiriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaming (shu jumladan sotib olinadigan hujjatlashtirilgan 
axborotlaming) tarkibini aniqlash tartibini hamda ularni sotib olish tartibini ham belgilaydi. 
http://fayllar.org 

Download 120,72 Kb.
1   2




Download 120,72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi

Download 120,72 Kb.
Pdf ko'rish