• 4. UzLiDeP -2003 5. Ekologik partiya-2020 1. Jamgarmalar 2. Markazlar 3. Jamiyatlar 4. Assotsiatsiyalar
  • «Tofifalash jadval»ga misol




    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/15
    Sana01.11.2023
    Hajmi1.23 Mb.
    #92756
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    O'zbekistonning eng yangi tarixi (4-kurs) (1)
    Konstitutsiya, Uzliksiz ta’lim konsepsiyasi, Temp ritmik buzilishi Bo`lgan bolalar tafakkurining psixologo-pedagogik tekshirish usullari, Asliddin - [MTA 1-amaliy ish], Abraqulova N 6 amaliy ish, BILOLIDDINOV ULUGBEK POST TEOREMASI, KIMYOVIY KINETIKA, kursovaya, MUSTAQIL IH, LABARATORIYA №1, Hasanov O\'tkir, MUSTAQIL IH, RjBW4IOqqd-8PnczdjjKaw, 1-Tajriba ishi. Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar
     
    «Tofifalash jadval»ga misol 



    Fukarolik jamiyat strukturasi 
    Siyosiy partiyalar 
    Nodavlat notijorat tashkilotlar 
    Mustakil OAV 
    1. XDP -1991 
    2. Milliy tiklanish -1995 
    3. Adolat -1995 
    4. UzLiDeP -2003 
    5. Ekologik partiya-2020 
    1. Jamgarmalar
    2. Markazlar 
    3. Jamiyatlar 
    4. Assotsiatsiyalar 
    5. Federatsiyalar va x.k 
     
    1. Blogerlar 
    2. Elektron gazeta va 
    jurnallar 
    3. Bosma 
    mustakil 
    gazetalar 
    4. TV va Radio 
    5. Ijtimoiy tarmoklar 
     
     
    KONSEPTUAL JADVAL grafigi 
    KONSEPTUAL JADVAL -  O‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq 
    jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi. 
    Tizimli fikrlash, ma’lu-motlarni tuzilmaga kelti-rish, tizimlashtirish ko‘nik-malarini 
    rivojlantiradi.
    -Uzunlik bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi; 
    Yotig‘i bo‘yicha taqqoslanish bo‘yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi. 
    «Konseptual jadval» ga misol 
    “Siyosiy soxadagi isloxotlar” mavzusidagi konseptual jadval: 
    Xokimiyatlar 
    Tavsiflar, toifalar, ajralib turadigan belgilar va hakozo 
    Vazifalari
    Tuzilma 
    Jamiyatdagi roli 
    Konunchilik 
    xokimiyati
    Konun chikaradi va 
    muxokama kiladi 
    Oliy majlis 
    Milliy manfaatlardan 
    kelib chikkan xolda 
    konun chikarish 
    Ijro etuvchi 
    xokimiyat 
    Konunlarni ijro etadi 
    Vazirlar maxkamasi 
    va xokimiyatlar 
    Axolini manfaatlarini 
    inobatga olgan xolda 
    farovon yashashaga 
    sharoit yaratish 
    Sud xokimiyati 
    Fuqarolarning 
    manfaatlarini himoya 
    kilish 
    Sudlar 
    Adolatli xukmlar 
    chikarish
    3. KEYS yechish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 
    Keys – (ang. sase – to’plam, aniq vaziyat) nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlarni yechish 
    jarayonida qo’llaniladigan ta’lim vositasi. Keys yechish ta’lim faoliyatining samarali interfaol, 
    imitatsion ulullaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayoniga o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida kirib 
    keldi. U talabalarning olgan bilimlarini real voqealar misolida amalda qo‘llash imkonini beradi. 
    Shuningdek, keys-metod plyuralizm g‘oyalaridan kelib chiqqan holda, talabalarning fikrlash 
    qobiliyatini rivojlantiradi, initsiativa ko‘rsatish ko‘nikmalarini rag‘batlantiradi, olayotgan ta’lim 
    yo‘nalishining jozibadorligini oshirib, motivatsiya beradi, ularning ijodiy-amaliy faoliyatini 
    shakllantirishga yordam beradi. 
    Keysni bajarishda talaba quyidagilarni amalga oshirishi zarur: 
    ● 
    Maslani yechish uchun qo’shimcha ma’lumotlar, ularning manbalarini aniqlash; 
    ● 
    Vaziyatning kelib chiqish sabablari va sub’ektlari yuzasidan prognozlar bayon qilish; 
    ● 
    Muammoga keng nuqtai-nazar bilan, tizimli va vaziyatdan kelib chiqib yondashish 
    mahoratini namoyish etish; 
    ● 
    muammo yechimiga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish (mavjud dalillarni tahlil 
    etib, ularni axborotga aylantirish; muammoni belgilash; maqsadni aniqlash va tasdiqlash; imkon 
    bo’lgan alternativlarni ilgari surish; variantlarni baholash va ulardan birini tanlash.) 
    Talabalar taqdim etilgan keysning tarkibidan qat’iy nazar quyidagilarni bajarishi lozim: 



    ●keysni tahlil qilish: nima va nimaga bunday bulayotganini aniqlash, nima oqibatlarga olib 
    kelishini tahmin qilish; 
    ● 
    vaziyatni tushuntirish; 
    ● 
    oldin belgilangan chora-tadbirlarni baholash; 
    ● 
    kelajakda mumkin bo’lgan xarakatlarni muhokama qilish va ularning samarasini tahmin 
    qilish. 
    Talabalar keyslar ustida ishlaganda quyidagi qobiliyatlarini namoyon etishlari zarur: 
    ● 
    muammoli vaziyatga jalb etilgan shaxslarni aniqlash, ular o’rtasidagi farqlarni, 
    ziddiyatlarni inobatga olish mahorati; 
    ● 
    holatni turgan doirasidan kengroq kontekstda tushunish: u qanday boshqa muammolar 
    bilan bog‘liq, atrofda nimalar o’zgarayapti va u vaziyatga qanday ta’sir qiladi; 
    ● 
    mavjud qanday ma’lumot vaziyatni oydinlashtirishini va u qay darajada ishonchli 
    bo’lishini aniqlay bilish; 
    ● 
    holat haqidagi tasavvurlarni sinchiklab muhokama qilish (sub’ektiv tasavvur muammoni 
    noto’g‘ri qabul qilishga va uni ijobiy tomonga o’zgartirishda to’siqlar yuzaga kelishiga olib 
    keladi); 
    ● 
    noaniqlik va qarama-qarshilikda ishlay olish, chunki aksariyat hollarda to’liq ma’lumot 
    bo’lmaydi. 
    ● 
    muammoli vaziyatni asl mohiyatini shunday aniqlash kerakki, unda talaba hodisani 
    haqiqatda sodir bo’layotgandek his eta olishi (asosiy muammolar, vaziyatni keltirib chiqargan 
    faktorlar, sababalari, uning ehtimoli bo’lgan oqibatlari); 
    ● 
    muammoni yechishga qaratilgan zarur harakatlarni ishlab chiqa olish; 
    ● 
    tanlangan xarakat yo’nalishining maqbulligiga ishontira olish. 
    Keysni yechish metodikasi: 
    1. 
    Masalani tushunish: keys mazmunan qaysi mavzuga tegishli, undan qanday natija 
    kutilmoqda (baholash, tavsiya berish, muammoni hal etish), prezentatsiyaning qanday formasi 
    talab etiladi, uning bajarilish muddati va talablari va h.k.) 
    2. 
    Keysni ko’rib chiqish (keys bajaralishiga oid birlamchi ma’lumotlar olingandan so’ng, 
    keysda berilgan situatsiyani «his etish» lozim): ishning mazmunini unda ko’rsatilgan 
    ma’lumotlar va asosiy g‘oyasini tushungan holda ko’rib chiqish, tekstni to’liq 
    o’qib, yuzaga kelgan savollarni, yangi g‘oyalarni, kursning mos kelgan konsepsiyasini yozish). 
    3. 
    Vaziyatni tasvirlash: ishning ayrim jihatlarini muhim va boshqalarini juz’iy deb baholash, 
    ishning yechimiga yordam beradigan barcha momentlarni aniqlash, muammoga to’g‘ridan-
    to’g‘ri aloqasi bo’lmagan faktorlarni ko’rib chiqish (ular hal etuvchi rol o’ynashi mumkin), 
    hodisaning qachon, qaerda bo’lgani yoki bo’lmagani, undan manfaatdor tomonlar, vaziyatni hal 
    etishga to’sqin bo’layotgan sabablar va h. k.) 
    4. 
    Diagnostika bosqichi (ushbu bosqich eng ko’p diqqatni talab etadi): o’tilgan mavzularni 
    yodga olib, keys uchun foydali bo’lgan nazariy bilmlarni aniqlash, vaziyatni kelib chiqish 
    sharoitini o’rganish, keysni sinchiklab o’rganib, diagnostik prognoz uchun zarur bo’lgan daliliy 
    ma’lumotlarni aniqalash va h.k.). 
    5. 
    Keys formulirovkasi: muammoning keyingi muhokamasida ahamiyatli bo’lgan 
    ma’lumotlarni yozib olish, ma’lumotlarni muhimlik darajasi bo’yicha saralab olish va h.k.). 
    6. 
    Masalani yechish mezonlarini aniqlash: 
    7. 
    Alternativlar yaratish: muammoni yechish xarakat yo’lini kreativ metodlar asosida, 
    imkon boricha ko’proq variantlar keltirgan holda ishlab chiqish. 
    8. 
    Masalani yechimining barcha variantlarini baholab, ulardan eng maqbulini tanlash. 
    9. 
    Xulosa prezentatsiyasi: unda keysning yechimi va tanlangan yechimning ishonchli 
    dalillari bo’lishi zarur. Keysning xulosasi yozma yoki og‘zaki, individual yoki gruppavoy 
    bo’lishi mumkin. 
    Keysni baholash mezonlari quyidagilardan iborat: 
    • 
    Masalaning mazmuni mavzuga doirligi; 
    • 
    Masalaning yechimi to‘g‘riligi; 



    • 
    Analitik va ijodiy yondashuvni o‘zida ifoda etishi. 

    Download 1.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish