• Yerni ekishga tayyorlash
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Yetishtirish texnologiyasi 
     O„tmishdosh. Jo„xorini har qanday ekindan bo„shagan yerga ekish mumkin. 
    Uni asosan donli va dukkakli-don ekinlaridan, kartoshka ildizmevali ekinlardan va 
    g„o„zadan bo„shagan yerlarga ekish mumkin. Takroriy ekin sifatida kuzgi don 
    ekinlaridan keyin ham eksa bo„ladi.
    O„g„itlashJo„xori ekiladigan yerlarda organik va mineral o„g„itlar beriladi. 
    Yerni kuzda shudgorlash oldidan uning har gektariga 15-20 tonnadan chirigan 
    go„ng solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab har gektar jo„xori ekilgan 
    maydonlarga yil davomida 120-150 kg azot, 100-120 kg fosfor va 50-60 kg kaliy 
    o„g„itlari beriladi. Fosfor o„g„itining bir qismi (50-60 kg) kuzda yerni shudgorlash 
    oldidan beriladi. Boshqa mineral o„g„itlar, shu jumladan fosforli o„g„itning qolgan 
    qismi ham ekish vaqtida va o„suv davrida solinadi. Jo„xori o„suv davrida ikki 
    marta oziqlantiriladi. Birinchi marta ekinlar yagana qilingandan so„ng 
    oziqlantirilib, hargektar yerga 60-70 kg azot, 30-40 kg fosfor va 20-30 kg kaliy 
    solinadi. Ikkinchi marta o„simliklarda o„rtacha 8-10 ta barg hosil bo„lganda 
    oziqlantiriladi. Bunda ham har gektar yerga 60-70 kg azot, 30-40 kg fosfor va 20-
    30 kg kaliy solinadi.
    Jo„xorini qanday maqsadlarda ekilganligiga qarab azot yoki fosfor miqdorini 
    ko„paytirish yoki kamaytirish mumkin. Agar jo„xori don uchun ekilgan bo„lsa, 


    147 
    fosfor miqdorini ko„paytirib, azot miqdorini kamaytirish, aksincha, jo„xori ko„k 
    poya uchun ekilgan bo„lsa azot miqdorini ko„paytirish mumkin.
    Yerni ekishga tayyorlash. Jo„xori maysa hosil qilgandan so„ng dastlabki 
    davrda juda sekin o„sadi. Shu sababli u begona o„tlardan toza bo„lgan yaxshi 
    ishlangan erlarni xohlaydi. yer kuzda 27-30 sm chuqurlikda chimqirqarli yoki ikki 
    yarusli plug yordamida shudgor qilinadi. O„tloq botqoq tuproqlarda haydash 
    chuqurligi yer osti suvlarining sathiga bog„liq. Sho„rlangan yerlarda shudgor 
    qilishdan oldin tuproq yuviladi. Erta bahorda tuproqda nam saqlash maqsadida 
    shudgor boronalanadi. Jo„xori kechki bahorgi ekinlar jumlasiga kiradi. Shuning 
    uchun uni ekishga qadar shudgorni 1-2 marta 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya 
    qilinadi va ketma-ket boronalash mumkin. Buning natijasida yangi paydo bo„lgan 
    begona o„tlar yo„qotiladi, yer yumshatiladi. Borona qilingandan so„ng mola 
    bostiriladi.
    Ekish. Urug„li jo„xori quritilib, ro„vagida (yanchilmagan holda) shamollatib 
    turiladigan xonalarda saqlanadi. Ekishga 7-10 kun qolganda ro„vaklardagi don 
    yanchiladi, yanchilgan urug„ tozalanadi va ekish uchun bir xilda bo„lgan yirik va 
    sara don ajratib olinadi. Urug„likni ekishdan oldin issiq havoda shamollatib 
    qizdiriladi. Buning natijasida urug„lik to„la yetiladi, unib chiqish darajasi ortadi, 
    tez va qiyg„os unib chiqadi. Bu xol hosildorlikni oshirishga olib keladi.
    Toshkent davlat agrar universiteti O„simlikshunoslik kafedrasining 
    tajribalariga qaraganda, urug„ oftobda qizdirilib shamollatib ekilganda har 
    gektaridan 778 ts, qizdirilmay ekilganda esa 698 ts ko„k poya olingan.
    Davlat andozasi bo„yicha urug„likning tozaligi 90-95% dan va unib chiqish 
    darajasi 80-85% dan kam bo„lmasligi kerak.
    Jo„xori urug„i ekish oldidan dorilanadi. Jo„xori makkajo„xoriga nisbatan 
    kechroq, ya‟ni tuproq harorati 13-15 
    o
    C ga yyetganda ekiladi. O„zbekistonning 
    janubiy viloyatlarida (Surxondaryo, Qashqadaryo) jo„xori mart oylarining oxiri-
    aprel oyining boshlarida ekiladi. Qoraqalpog„istonda may oyining boshlarida 
    ekiladi. O„zbekistonning markaziy tumanlarida aprel oyining ikkinchi yarmida 
    ekiladi. Lekin, jo„xorini qandli va supurgisimon navlarini birmuncha erta ekish 


    148 
    mumkin, chunki bu navlarining urug„i qobiqli bo„lib, tuproq nami ortiqcha bo„lgan 
    taqdirda ham chirimaydi. Jo„xori qator orasi 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. O„simlik 
    qalinligi jo„xorining naviga qarab har xil bo„ladi. Baland bo„yli, kechpishar navlar 
    yuqori hosilli dalalarda don uchun ekilganda bir gektar yerga 60-80 ming tup 
    o„simlik ekiladi. Past bo„yli tezpishar navlar qalinroq qilib ekiladi. Jo„xorini keng 
    qatorli, ya‟ni qator orasini 90 sm qilib ekish ham mumkin. 
    Keng qatorli qilib ekilganda ham bir gektardagi o„simlik soni yuqoridan 
    ko„rsatilgan miqdorda bo„lishi kerak. Bu holda har 15-20 sm masofadan bittadan 
    yoki ikkitadan o„simlik qoldiriladi. Umumiy bir gektarda qoldiriladigan o„simlik 
    sonini aniqlashda yerning unumdorlik darajasini, suv va o„g„it bilan ta‟min 
    etilganligi hamda navning xususiyatini hisobga olish kerak. yer unumdor bo„lsa, 
    oziqlanish maydoni kichik, unumdorligi past bo„lsa, oziqlanish maydoni katta 
    bo„lishi lozim. Bo„yi baland o„sadigan, kechpishar navlari uchun oziqlanish 
    maydoni katta, past bo„yli navlar uchun kichik bo„lishi kerak.
    Jo„xori don yoki silos uchun etishtiriladigan bo„lsa, hargektar yerga 8-12, 
    ko„kpoya uchun ekiladigan bo„lsa 15-20 kg urug„ ekiladi. Urug„ ekish chuqurligi 
    tuproqning mexanik tarkibiga hamda ekish muddatiga bog„liqdir. Zichligi o„rtacha 
    bo„lgan tuproqlardan urug„ 4-5 sm, og„ir tuproqlarda esa 3-4 sm chuqurlikka 
    ekiladi.
    Erta muddatlarda tuproqda nam yetarli darajada bo„lgan vaqtda urug„ 3-4 sm 
    kechki muddatlarda, ya‟ni tuproq betida nam kam bo„lganda urug„chuqurroq 5-6 
    sm/ga ekiladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish