• Takrorlash uchun savollar
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Hosilni yig„ish. Jo„xori qanday maqsadlarda ekilgan bo„lsa, shu maqsadga 
    muvofiq yig„ishtirib olinishi kerak. Ko„kligicha molga yedirish maqsadida ekilgan 
    bo„lsa jo„xori ro„vak chiqargan davrida yig„ib olinadi. Don uchun ekilgan jo„xori 
    doni to„la pishib yetilganda yig„iladi.
    Don uchun ekilgan jo„xorining past bo„yli navlari qayta uskunalangan don 
    kombaynlarida o„rib olinadi, baland bo„yli navlarini esa kombaynda faqat 
    ro„vaklari qirqib olinadi va ular quritilib, don kombaynlarida yoki oddiy 
    molotilkada yanchib olinadi.
    Jo„xori yanchilgandan so„ng doni quritiladi va namligi 12-14% bo„lgan don 
    qoplarda yoki polda 1,5m qalinlikda omborlarda, urug„lik uchun qoldiriladigan 
    jo„xori bino ichida ro„vaklari bilan birga saqlanadi.
    Jo„xori silos hamda ko„kligicha molga yedirish maqsadida ekilgan bo„lsa, 
    uni KS-2,6 rusumli kombayn yoki KIR-1,5 rusumli o„rish mashinasida yig„iladi 
    (rasm-11).


    151 
    Takrorlash uchun savollar: 
     
    1. Sug„oriladigan yerlarda jo„xori uchun yaxshi o„tmishdosh ekin turlarini
    bilasizmi? 
    2. Jo„xori ekish muddati nimaga bog„liq bo„ladi? 
    3. Jo„xorini ekish usuli qanday bo„ladi? 
    4. Jo„xori ekish me‟yoriga nima ta‟sir ko„rsatadi? 
    5. Jo„xori oziqaga talabi qanday bo„ladi? 
    6. Jo„xori uchun o„g„itlar miqdori qanday aniqlanadi? 
    7. Jo„xori qaysi rivojlanish davrida qo„shimcha oziqlantiriladi? 
    8. Jo„xori qaysi rivojlanish davrida suvni ko„p talab qiladi? 
    9. Jo„xori qaysi rivojlanish davrlarida sug„oriladi? 
    10. Jo„xori hosilini yig„ib olish texnologiyasi? 
     
    2.9. SHOLI 
    Ahamiyati. Yer yuzidagi ko„pgina mamlakatlarda sholi eng qadimgi oziq-
    ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Sholi qimmatbaho yorma ekini, dunyoda 
    bug„doy ekinidan keyingi ikkinchi ekin.
    Sholi guruchi to„yimliligi bilan, tez hazm bo„lishi bilan ajralib turadi, 
    guruch tarkibida 75,2% karbon suvlari (asosan kraxmal), 7,18% oqsil, 0,26% moy, 
    2,2% kletchatka, 0,5% kul moddalari va 14% suv va har xil vitaminlar bor. Guruch 
    qaynatmasi tabobatda davolash maqsadida ko„p ishlatiladi. Guruch bilan parxez 
    yuqori qon bosimida foydalaniladi.
    Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatliligi va tez hazm bo„lishi bilan 
    ajralib turadi. Uning tarkibida inson organizmi uchun kerak bo„lgan oziq moddalar: 
    oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar mavjud. Guruchdan tayyorlangan ovqat 
    juda tez pishadi, inson organizmida u boshqa yormalarga qaraganda tez hazm 
    bo„ladi va to„liq o„zlashadi. Guruchning o„zlashtirilish koeffitsienti eng yuqori 
    96% ga, kaloriyaliligi 3594 ga, bug„doyniki esa 6310 ga teng.


    152 
    Sholining maxsus turidan (glyutinozli sholidan) Koreys xalqi non 
    tayyorlaydi. Sholini oqlag„idan spirt, aroqning alohida xillari (sake), pivo 
    tayyorlanadi va kraxmal olinadi. Guruchning kraxmali to„qimachilik sanoatida, 
    parfyumeriya, meditsina sohasida ko„p ishlatiladi.
    Sholi somonini yem-xashak sifatida chorvachilikda ishlatiladi, 1 kg 
    somonda 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi mavjud. Bundan tashqari sholi 
    somoni kiyim kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qog„oz va kompas 
    tayyorlashda ishlatiladi. Sholi somonida 1% protein, 0,55 moy, 30% uglevod bor. 
    Sholi somoni o„g„it sifatida ham ishlatiladi, chunki 1 t somonda 8 kg azot, 1 kg 
    fosfor va 12 kg kaliy mavjud.
    Sholi guruchi Osiyo mamlakatlarida ko„p ishlatiladi, aholining har biriga 
    Yaponiyada 104 kg, Xitoyda 120 kg, Pokistonda 98 kg, Hindistonda 66 kg, AQSh 
    2,5, Angliyada 1,1 kg dan to„g„ri keladi. 
    Sholini oqlaganda o„rtacha 48% guruch, 16% maydalangan don, 13% 
    qoldiqlari, 3% un va 20% qipiq chiqadi. Sholini oqlab guruch olganda don 
    ishqalanadi natijada guruchning sifati o„zgaradi. Ishqalanish natijasida oqsil 
    kamayadi: 8,44 dan 7,75% gacha, moy 1,82 dan 0,53% gachani tashkil etadi.
    Gen injeneriya uslubida olingan sholi doni yadrosida beta-karotin ishlab 
    chiqaradi va sholi sariq rangli bo„ladi. Beta-karotin tarkibida inson sog„lig„i uchun 
    o„ta muhim vitamin A bor va u sholining to„yimliligini oshiradi. Kelajakda yangi 
    modifikatsiya uslubida yaratilgan sholi navlari rivojlanayotgan davlatlarda 
    millionlab bolalarni ko„zi ojizlikdan saqlaydi.
    19
    Tarixi. Sholi eng qadimgi ekin hisoblanadi. Ekin qatoriga neolit zamonida 
    kiritilgan. Olimlarning fikricha sholi ekini birinchi Hindistondan kelib chiqqan 
    yoki Hindi-Xitoy va Xitoyda shu bilan birga Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyodan 
    kelib chiqqan. Hindistonda sholining yovvoiy shakllari topilgan. Tarixiy 
    arxeologik qazilmalardagi ma‟lumotga qaraganda sholining vatani Hindistonning 
    19
    Margaret J. McMahon, Anton m. Kofranek, Vincent E. Rubatzky “PLANT SCIENCE growth, development, and 
    utilization of cultivated plants” USA 2011 y, 112 p. 


    153 
    yarim oroli deyish mumkin, chunki bu yyerda ko„p miqdorda yovvoiy xolda o„sib 
    yotgan sholi ekini topilgan.
    O„rta Osiyoda sholining qadimdan ekilib kelayotgan rayoni O„zbekiston va 
    Tojikiston hisoblanadi. Bu mintaqalarda bizning eramizdan oldin sug„orma 
    dehqonchilik mavjud bo„lgan. Bu paytda Farg„ona vodiysida ham sholi ekilib 
    kelingan. Rossiyaning janubida 1927 yilda Astraxan viloyatida ekilgan.
    Sholi bug„doydan keyingi ko„p tarqalgan ekin. FAOning 2016 yil 
    ma‟lumotlariga ko„ra, sholi 164,7 mln. gektarni, o„rtacha don hosili 45,2 ts/ga ni, 
    umumiy don hosili 749700 ming tonnani tashkil etadi.
    20

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish