155
barg hosil bo„lganga qadar davom etadi va naychalash davri boshlanadi. Tuplanish
davri eng muhim davr, sholining rivojlanishiga bog„liq bo„ladi. 8-9
barg hosil
bo„lganda naychalash davri boshlanadi. Bu davrda ro„vak va uning a‟zolari
rivojlanadi.
Gullash. Sholining gullashi uning ro„vak chiqarish davri bilan to„g„ri keladi.
Agar ro„vak chiqarish kunning birinchi yarmida bo„lsa, unda gullash kunning
ikkinchi yarmida, agar bordiyu ro„vak chiqarish kunning ikkinchi yarmida bo„lsa
unda gullash keyingi kuni keladi. Gullash kunning haroratiga bog„liq. Gullash
uchun maqbul harorat 30
o
C
ga yaqin, past 15-20
o
C va yuqori harorat 50
o
C
atrofida bo„ladi.
Gullash yuqoridan boshlanadi, lekin ro„vakda birinchi bo„lib
birinchi
boshoqcha gullaydi. Umuman olganda, gullash tartibi tez bo„zilib turadi. Ro„vak 5-
8 kun gullaydi. Gullayotgan boshoqchalarning eng ko„p soni 2-3 kunlari kuzatiladi.
Maqbul gullash uchun havoning namligi 70-80% bo„lishi kerak. Juda past
namlikda (40%) sholi gullamaydi. Gul o„rtacha bir soat gullaydi.
Bulutli havoda
esa bu jarayon cho„zilib ketishi mumkin.
Pishish. Donning shakllanish va pishish jarayoni bir necha bosqichda
kechadi, ya‟ni
bunda don shakllanadi, endosperm oziq moddalari bilan to„lishadi,
suvning miqdori kamayadi. Bu davr uchta pishish davriga bo„lingan: sut, mum va
to„liq pishish davrlari.
Sut pishish davrida don eniga va uzunasiga o„sadi. Changlanishdan sut
pishish davrigacha 11-12 kun o„tadi. Don tarkibida 70% suv bo„ladi. Mum pishish
davrida don unsimon, zichlikdarajasiga ega bo„lib tirnoq bilan kesiladi, bu davrda
suvning miqdori 35% gacha bo„ladi, bu davr 20 kun davom etadi. Mum pishish
davridan to„liq pishgunga kadar 5-7 kun o„tadi, umumiy pishish davri esa 30-40
kun davom etadi, albatta atrof-muhitga bog„liq holda.
Sholi navlari o„suv davrining davomiyligiga ko„ra
quyidagi guruhlarga
bo„linadi.