2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Organogenez bosqichlariSholida 11 ta bosqich farqlanadi. 


156 
Birinchi bosqich - o„suv konusi hali tabaqalashmagan, murtakda 3 ta birinchi 
barglar joylashgan, tashqi barg koleoptile va keyingi barg shapalog„isiz. Uchinchi 
barg-murtak bargi shapalog„i bilan. Bu bosqich unish va maysalanishning 
boshlanishi bilan to„g„ri keladi.
Ikkinchi bosqich - murtak poya tabaqalashadi va barg qini hosil bo„ladi, barg 
hosil bo„lishi tugay boshlaydi, ikkilamchi ildizlar paydo bo„la boshlaydi. Bu 
bosqich tuplanish davri bilan maysalanish davrlari o„rtasida o„rin egallaydi.
Uchinchi bosqich - o„suv konusi tabaqalashadi. Ro„vakning bo„g„inlari hosil 
bo„la boshlaydi, birinchi tartibli o„qlari o„rin ola boshlaydi, bu bosqich qanchalik 
uzoq davom etsa, ro„vak shunchalik mahsuldor bo„ladi. Bu bosqich tuplanish 
davrida o„tadi.
To„rtinchi bosqich - bunda birinchi, ikkinchi va keyingi tartibdagi 
shoxchalarning o„sishi sodir bo„ladi, boshoqchalarning o„simtali o„rinlari paydo 
bo„ladi va alohida boshoqchalar paydo bo„la boshlaydi. Bosqichning oxiriga kelib 
ro„vak 1 sm gacha etadi. Bu bosqich tuplanish davrning oxiriga mos keladi.
Beshinchi bosqich - boshoqchalarning tabaqalanishi, boshoqchalar va gul 
tangachasimon parda hamdalodikulalar barpo qilish bilan birga generativ organlari 
rivojlanadi. Bu bosqich naychalash davrining oxirida o„tadi.
Oltinchi bosqich - changdon va tugunchada generativ to„qimalarning hosil 
bo„lishi, murtak xaltasi, urug„ kurtak va chang donlari shakllanadi. Bu bosqich 
naychalash davrining oxirida o„tadi.
Yettinchi bosqich - barcha to„pgul o„qlarining, tangachasimon qobiqlarning, 
qiltiqlarning va somonning bo„yiga o„sishi keladi. Gulning hamma organlarining 
bir necha marta ko„payishi sodir bo„ladi. Bu bosqich naychalash davrining oxirida 
kirib keladi.
Sakkizinchi bosqich - changlash va urug„lanish.
To„qqizinchi bosqich - murtak oldi shakllanadi, murtak rivojlanadi va 
endospermning murtagi ham rivojlanadi. Urug„ning embrional rivojlanishi o„tadi.
O„ninchi bosqich - endosperm hosil bo„ladi va unda kraxmal donachalar, 
aleyron qavat shakllanadi.


157 
O„n birinchi bosqich - donning to„liq pishishi, sut, mum va to„liq pishish 
davrlarining o„tishi. Endosperm va murtak o„zidagi namlikni yo„qotadi.
Tashqi muhit sharoitlari barcha bosqichlarning rivojlanishlarini tezlashtirishi 
yoki sekinlashtirishi mumkin.

Download 7.59 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish